Minerallarning optik xossalari. Minerallarning shaffofligi- bu ularning nur yo’nalishini o’zgartirmasdan turib o’zidan yorug’lik o’tkazish xususiyatidir. Shaffoflik mineralning kristall strukturasi, rangining yorqinligi, mayda dispers qattiq va gaz-suyuq qo’shimchalarning mavjudligi, ularning tuzilishi, tarkibi va hosil bo’lish sharoitlari xususiyatlari bilan bog’liq. Minerallar shaffoflik darajasi bo’yicha shaffof, yarim shaffof, chetlari oqaruvchi, noshaffof turlarga bo’linadi.
Minerallarning rangi eng avvalambor beixtiyor inson diqqatini o’ziga jalb qiladi va shuning uchun ham muhim belgilaridan biri sanaladi.
Yorug’likning butun ko’rinuvchi spekto’ri bir tekis yutilganda vujudga keladi. Axromatik ranglarga misol qilib rangsiz tog’ xrustali, sutsimon-oq kvarst, kulrang osh tuzi va qora pirolyuzitni ko’rsatsa bo’ladi.
Mineral chizig’ining rangi - bu uning kukun holidagi rangidir. Bunda mineral mumkin qadar mayda talqon qilinishi lozim.
Noma’dan minerallar chizig’ining rangini aniqlashda oq notekis (g’adir-budur) chinni plastinkadan (glazurlanmagan oq bezak plitasi, hovancha tubining ostki qismi, oq chinni idishning siniq parchalari va h.k.) foydalanilgani ma’qul. Ma’danli mineral chizig’ining rangini aniqlashda qora rangli plastinkadan, masalan, liditdan (kvartsitning qora xili) foydalanish mumkin.
Mineral qattiq bo’lganda plastinkada chizig’ining rangini bilib bo’lmaydi. Bunda mineral bolg’a yordamida maydalanib, hovanchada kukunga aylantiriladi. Kukunining rangi oq fonda aniqlanadi.
Ko’pchilik qattiq minerallar kristallardan iborat bo’lib, bu kristallar ma’lum geometrik shaklga ega. Qattiq minerallar hosil bo’lish sharoitiga ko’ra asosan 2 xil: kristal va amorf-shaklsiz holda uchraydi. Minerallarning kristallanishini, geologiya fanining bir qismi kristolografiya o’rganadi.
Mineral kristallari aosan bir necha qirrali bo’ladi. Kristall tekisligi, qirralari va markazi kristallning simmetriya elementi deb hisoblanadi. Shuning uchun kristallarning o’xshashlarining simmetriya elementlari hamma kristallarda har xil va cheklangan bo’ladi. Bir xil simmetriyali kristallarni bir tur yoki bir singoniyaga kiritish mumkin.
Tabiatda uchraydigan barcha mineral kristallari hosil qilgan geometrik shakllarni simmetriya elementining murakkabligiga qarab quyidagi 7 singoniya yoki sistemaga bo’linadi.
Tiriklin singoniyasi. 2. Monoklin-prizmatik singoniyasi. 3. Rombik singoniyasi. 4. Trigonal singoniyasi. 5. Geksoganal singoniyasi. 6. Tetrogonal-kvadrat singoniyasi. 7. Kub singoniyasi.
Turli kristolografik shaklda kristallangan minerallardan tashqari boshqa qirrali va shaklsiz minerallar ham uchraydi. Bunga amorf yoki kolloid-amorf, amorf-shaklsiz minerallar kiradi.
Bu minerallar kristallarining ichki tuzilishini, ya’ni ularning strukturasini oddiy mikroskop ostida aniqlash qiyin.
Ammo 30000-40000 marta katta qilib ko’rsatadigan elektron mikroskoplar vositasida minerallarning amorf kristallari o’rganilib, ularning shakli aniqlanadi. Amorf minerallarga asosan tomma shakllar juda xarakterli.
Masalan: opal, xaltsedon, qaxrabo, malaxit, fosforit va boshqalar.
Amorf minerallarda zarrachalar tartibsiz joylashgan bo’lib, ularning fizik xossalari: nur issiqlik o’tkazishi va bjshqalar. Bunday xossalarga ega bo’lgan minerallar izotrop minerallar deyiladi. Kristallangan minerallarda atomlarning ma’lum tomonga yo’nalgan va birlashgan xillari o’zgarmas birligi xarakterlidir. Minerallarning tomonlari bo’yicha fizik xossalari o’zgarsa ular anizotrop minerallar deyiladi.
Savollar:
Kristall deb nimaga aytiladi?
Singoniya nima?
Qanday simmetriya jinslari bor va ularning aniqlashdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |