KRISTALDA RENTGEN NURLARINING DIFRAKSIYaSI
Kristall strukturasini amaliy tekshirish uchun to’lqin uzunligi 1Ǻ (10
-8
sm)
va atomlar bilan ta’sirlasha oladigan to’lqinlar kerak bo’ladi. Katta to’lqin
uzunlikdagi nurlanishlar atom o’lchamidagi struktura haqida ma’lumot bera
olmasa, qisqa to’lqin uzunlikdagi to’lqinlar esa difraksiya kichik sochilish
burchagida yuz beradi. Yaxshi ajrata olishni olish uchun to’lqinlarni atomlar bilan
o’zaro ta’sirlashishi kuchsiz bo’lib, to’lqinlar kogerentligicha qolgan xolda
kristallga 1000 panjara doyimisiga teng chuqurlikkacha kira olishi kerak. Ko’pgina
xollatlar uchun rentgen nurlanishlari bilan bog’liq bo’lgan to’lqinlar qulay bo’lsa,
elektron va neytron bilan bog’liq bo’lgan to’lqinlar maxsus qo’llanishlar uchun
qulaydir. Rentgen nurlanishlarida 1Ǻ ga teng to’lqin uzunlikdagi to’lqinni olish
uchun 10
4
eV energiya kerak bo’lsa, elektronlar uchun bu energiya 10
2
eV ni
tashkil qiladi. Neytronlar uchun bu energiya 10
-1
eV ni tashkil qiladi. Rentgen
nurlanishlari uchun to’lqin uzunlik
E
hc
ifoda orqali aniqlansa, elektron va
neytronlar uchun
ME
h
2
ifoda orqali aniqlanadi. Bu yerda Ye – energiya, M –
zarra massasi.
Elektro magnit nurlanishlari ta’sirida atom elektronlari tezlanish oladi va o’z
navbatida tushuvchi nur chastotasiga teng chastota bilan elektro magnit
nurlanishlari chiqaradi. Optik chastotalarda kristallning alohida atomlarida
sochilgan to’lqinlarning superpozisiyasi optik sindirishga olib keladi. Tushuvchi
nurlarning to’lqin uzunligi panjara doimiysiga teng yoki kichik bo’lsa, ma’lum bir
sharoitlarda difraksiya yuz beradi. Optik chastotalarda (
10
15
gs) faqatgina
sindirish yuz bersa, rentgen nurlanishlariga mos keluvchi chastotalarda (
10
18
gs)
difraksiya ustivor bo’ladi.
Rentgen nuri va uni olinishi. Rentgen nurlanishning fotonlari 100 eV dan
250 keV gacha bo’lgan energiyaga ega bo’ladi. Bu esa chastotasi 3·10
16
Gs dan
6·10
19
Gs gacha va to’lqin uzunligi 0,005 – 10 nm orlig’idagi nurlanishlarga to’g’ri
keladi. Past energiyali fotonlar va chastotali nurlanishlarni (katta to’lqin
uzunlikdagi) yumshoq rentgen deyiladi. Qattiq rentgen esa fotonlar energiyasi va
nurlanish chastotasi yuqori (kichik to’tqin uzunlikda) bo’ladi.
Rentgen trubkasining sxematik tasviri. X – rentgen nuri, K – katol, A – anod, S – issiqlik olib
ketgich, U
h
– katod qizitgichi kuchlanishi, U
a
– tezlashtiruvchi kuchlanish, W
in
– sovutuvchi
suvning kirishi, W
out
– sovutuvchi suvning chiqishi
Rentgen nuri zaryadlangan zarralarni kuchli tezlashtirilganda (asosan
elektronlar) yoki atom elektron qobiqlarida yuqori energetik o’tishlar tufayli
vujudga keladi. Bu ikki effekt rentgen trubkalarda ishlatiladi. Qizdirilgan katoddan
chiqqan elektronlar tezlashtiriladi (bunda rentgen nuri hosil bo’lmaydi, chunki
tezlashtirish juda kichik) va anodga uriladi. U yerda elektron keskin ravishda
to’xtaydi (bunda to’xtovchi rentgen nurlanishlari hosil bo’ladi) va bir vaqtning
o’zida anod yasalgan metall atomining ichki elektron qobiqlaridan elektronlarni
urib chiradi. Qobiqdagi bo’sh o’rinlar atomning boshqa elektronlari tomonidan
egallaniladi. Bunda anod materialiga xos bo’lgan ma’lum bir energiyaga ega
bo’lgan rentgen nurlanishlari chiqadi. Hozirgi kunda anodlar asosan keramikadan
tayyorlanib, elektronlar kelib uriladigan joyi esa molibdendan tayyorlanmoqda.
Tezlashish – to’xtash jarayonida elektronlarning kinetik energiyasining faqatgina
1% rentgen nurlanishini hosil qilishga sarflansa, qolgan 99% energiya issiqlikka
aylanadi.
Turli rentgen trubkalar uchun xarakterli rentgen nurlanishlarning to’lqin
uzunliklarning qiymati 1 – jadvalda keltirilgan.
1 – jadval. Rentgen trubkasining turli anodlari uchun rentgen nurlanishlarning to’lqin uzunliklari