Klavisha | Vazifasi | CtrlQAltQDel | DOS ni qayta yuklash | CtrlQBreak |
Bajarilayotgan dasturning ishini to’xtatish
| CtrlQC |
Bajarilayotgan dasturning ishini to’xtatish
|
CtrlQNum Lock
|
Dasturning bajarilishini to’xtatib turish
|
CtrlQS
|
Dasturning bajarilishini to’xtatib turish
|
R1—R12 funktsional klavishalari klaviaturaning yuqori qismida joylashgan. Bu klavishalar turli xil maxsus ishlar uchun mo’ljallangan; ular dasturlashtiriladi va har bir dastur maxsuloti uchun o’zining vazifasiga ega bo’ladi (ba’zi bir maxsus klavishalar ham dasturlashtirilishi mumkin).
Ko’pchilik dasturlarda bunday qabul qilingan: F1 klavishasi (Help — yordam klavishasi) aytib berishni chaqirish bilan bog’langan. Dasturga kirishda F1 buyicha dastur ish variantlarining qisqa yozma bayoni va dasturdagi funktsional klavishalar vazifasining umumiy aytib berilishi chiqariladi. Dastur bilan ishlashda F1 bo’yicha kontekstga bog’liq aytib berish chiqariladi, ya’ni dastur tomonidan xozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan rejim bo’yicha, vazifa bo’yicha aytib berish chiqariladi.
Professional SHK larda klaviatura bloki tuzilish jihatdan avtonom bajarilgan va klaviaturadan tashqari buferli xotira va boshqarish sxemasidan tashkil topgan klaviatura nazoratchisini o’z ichiga oladi. U asosiy plataga 4 ta simli interfeys yordamida ulanadi (interfeys liniyalari mos ravishda taktli impul’slarni, qiymatlarni, Q5 B manba kuchlanishini va nolni uzatish uchun ishlatiladi).
Ekzotik klaviaturalardan quyidagilarni ta’kidlab utish kerak:
• simsiz klaviatura, u xona bo’yicha erkin harakatlanish va komp’yuterda istalgan qulay joyda, hatto divanda yotgan holda ishlash imkonini beradi;
• egiluvchan rezinali klaviatura, chiroyli turli xil rangli — u shovqinsiz, ishonchli (turli xil mexanik va kimyoviy ta’sirlarga muvaffaqiyatli qarshilik ko’rsatadi), shunchalik ingichkaki, uni tsilindr shaklida urash mumkin;
• telekommunikatsiey tizimlar elementlari bor bo’lgan ko’p
funktsionalli klaviaturalar va b.
Klaviatura nazoratchisi quyidagilarni amalga oshiradi:
• klavishalar holatlarini skanerlash ( so’roqlash );
• MP tomonidan klaviaturani ikki qo’shni so’roqlash orasidagi teng vaqtga 20 tagacha klavishaning aloxida kodlarini buferlash (vaktincha eslab kolish );
• dasturlashtiriladigan tizimli jadvallar yordamida (klaviatura drayveri) klavishalarni bosish kodlarini (SCAN-kodlar) ASCII kodlariga uzgartirish;
• SHKni ulanganda klaviaturani testlash (ishga layoqatliligini tekshirish).
Klavishani bosganda va qo’yib yuborilganda klaviatura nazoratchisining buferli xotirasiga baytning ettinchi bitiga bosish va qo’yib yuborish kodi (mos ravishda 0 va 1) va baytning qolgan 7 ta bitiga klavishaning nomeri yoki uning SCAN-kodi keladi. Buferli xotiraga istalgan ma’lumot kelganda, klaviatura tomonidan yuzaga keltiriladigan apparatli uzishga so’roq yuboriladi. Uzilish bajarilganda SCAN-kodi ASCII kodiga aylantiriladi va ikkala kod (SCAN-kod va ASCII-kod) mashina TeEQQ, sining moc maydonlariga yuboriladi, bunda qo’yib yuborish kodi bor bulganda, navbatdagi klavishani bosish vaktida qolgan hamma klavishalar qo’yib yuborilganligi tekshiriladi (bu Shift, Ctrl va Alt klavishalari bilan birgalikda ishlashni tashkil etish uchun kerak).
Klaviatura nazoratchisi klavishali amalni avtomatik takrorlashni ham tashkil etadi: agar klavisha 0,5 s dan ortiqroq bosilsa, u holda doimiy oraliqlar orqali klavishalarni bosishni takroriy kodlari shunday yuzaga keltiriladiki, xuddi klavisha qaytadan bosilgandek bo’ladi.
Izoh. Har qanday ASCII-kod klavituradan kichik raqamli klaviturada (44-rasm o’ngda) io’nlik kodni terish yo’li bilan kiritilishi mumkin, bu O’NLIK kod UN oltilik ASCII-kodiga teng va Alt klavishasini bir vaqtning o’zida (va terish vaqtida ushlab turish bilan) bosish bilan kiritiladi. Shunday qilib, ASCII-kodlar jadvalida ko’rsatilgan (18-jadval) istalgan boshqarish belgisini va psevdografika belgisini displey ekraniga ham, SHK ga ham kiritish mumkin. Masalan, belgini kiritish uchun Alt klavishani bosilgan holatda ushlab turish va 25 sonini terish kerak, klavishalarni quyib yuborilgandan keyin ekranga belgi chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |