II.SHKning asosiy tashqi qurilmalari
Klaviatura
Klaviatura foydalanuvchi uchun muhim qurilma bo’lib, uning yordamida SHK ga qiymatlar, buyruqlar va boshqarish tasirlari kiritiladi. K lavishalarga lotin va rus alfavita harflari: o’nli raqamlar; matematik, grafik va maxsus xizmat belgilari; tinish belgilari; ba’zi buyruqlar, jadvallar nomlari va b. belgilangan.
SHK tipiga bog’liq ravishda klavishalarning vazifalari, ularning belgilanishi va joylashishi o’zgarib turishi mumkin.
Klaviatura ko’pincha 101 klavishaga ega, lekin holi ham 84 klavishali eski klaviatura va yangi Windows sistemasida ishlatish uchun qulay 104 klavishali klaviatura ham uchrab turadi. Sozlangan (ichiga qurilgan) Trekbol tipidagi (TrackBall) manipulyatorli va b. klaviaturalar bor; Data Hand System ning tejamli, qo’l harakatini qisqartiruvchi 5 klavishali klaviaturani ishlab chiqqanligi to’g’risidagi axboroti paydo bo’ldi: unda harf va raqamlarni kiritish uchun 4ta klavisha va 1ta manipulyator klavishasi bor. Har bir klavisha 5 ta harakat yo’nalishiga ega: chapga, o’ngga, oldinga, orqaga va pastga. Ishlashda qo’l panjasi maxsus chuqurlikda yotadi, klavishalarni esa faqat barmoq uchlari boshqaradi.
IBM PC SHK ning rus alfaviti uchun tipik moslashtirilgan klaviaturasi 101 ta klavishaga ega va u 44-rasmda ko’rsatilgan.
Barcha klavishalarni quyidagi gURO’hlarga bo’lish mumkin:
Harf-raqamli klavishalar, ular raqamlarni va matnlarni kiritish uchun mo’ljallangan;
Kursorni boshqarish klavishalari, bu gURO’hdagi klavishalar sonli qiymatlarni kiritish ekranda matnni ko’rib chiqish va taxrirlash uchun ishlatilishi mumkin;
Maxsus boshqaruvchi klavishalar: registrlarni qayta ulash, dastur ishini o’zish, ekrandagi narsalarni bosishga chiqarish, SHK ning OT sini qayta yuklash va b.;
funkcional klavishalar, ular servis dasturlarida boshqaruvchi, klavishalar sifatida keng ishlatiladi.
Harf-raqamli klavishalar klaviaturaning markaziy qismini egallaydi.
Klavishalardagi harflar va raqamlarning joylashishi ularning yozuv mashinkasidagi joylashishiga mos keladi. Lotin harflari klaviaturada harfli klaviaturaning yuqori qismidagi birinchi oltita harf ketma-ketligi bo’yicha nomlangan — QWERTY standarti bo’yicha joylashgan.
Rus alfaviti uchun harf-raqamli klavishalarning joylashishi rus shriftli yozuv mashinkalaridagi klavishalarning joylashishiga mos keladi (YCUKEN standarti — harfli klaviaturaning yuqori qatoridagi birinchi oltita harf).
Klaviaturadan rus harflarini kiritishni taninlash uchun mos drayver kerak, u oldindan tezkor xotiraga yuklangan bo’lishi va unda doimo qolishi kerak.
Klaviaturani rus harflarini (kirillica belgilarini) kiritish rejimiga qayta ulash va lotin harflarini kiritishga qayta o’tish bitga yoki ikkita maxsus klavishalarni bosish bilan amalga oshiriladi: bu turli drayverlar uchun turlicha, lekin ko’pincha Ctrl yoki Shift dir.
Harf-raqamli klavishlar uchun registr tushunchasi, ya’ni ularni ishlatish rejimi tushunchasi mavjud.
Ikki juft registrlar bor: yuqori/pastki va lotincha/ruscha.
Yuqori registrda bosh harflar, pastkida esa kichik harflar kiritiladi hamda mos ravishda klavishani yuqorigi va pastki qismlarida joylashtirilgan maxsus belgilar va raqamlar ham kiritiladi.
Ruscha registrda kirillica belgilari, lotinchada esa lotin belgilari kiritiladi. Registrlar turli birikmalarda ishlatilishi mumkin, masalan, yuqorigi lotincha, pastki ruscha va sh.o’.
Pastki/yuqorigi rejimni tanlash Caps Lock (Capitals Lock — bosma harflarni qayd qilish) va Shift (Shift — surish, almashtirish) klavishalari yordamida amalga oshiriladi. Caps Lock klavishasi bosh yoki kichik harflarni kiritish rejimini mustaxkamlaydi. Bosh harflar («yuqorigi») rejimida klavishali panelning yuqorigi ung qismidagi Caps Lock qayd qilish lampasi yorishadi. Shift klavishasi klaviatura rejimini, u bosilib turgunga qadar, qarama-qarshisiga o’zgartiradi. Space klavishasi belgilar qatoriga probelni — bo’sh joyni kiritadi.
Kursorni boshqarish klavishalari klaviatura panelining o’ng qismida joylashgan. Ishlash qulay bo’lishi uchun ular takrorlangan va uchta gURO’hdan tashkil topgan:
—raqamli klaviatura;
— matnni ekranda ko’rib chiqish va uni taxrirlash klavishalari;
— kursorni boshqarish klavishalari.
Kichik raqamli klaviatura klavishalari ikki rejimda ishlatilishi mumkin:
— kursorni boshqarish rejimi;
— raqamlar, matematik amallar belgilari va nuqtani kiritish rejimi.
Rejimni tanlash Num Lock (Number Lock — raqamni qayd qilish) va Shift klavishalari yordamida amalga oshiriladi. Num Lock raqamlarni kiritish rejimini mustaxkamlaydi, Shift esa, u bosilib turgunga qadar, klaviatura rejimini qarama-qarshisiga o’zgartiradi.
Raqamlar, matematik belgilar va nuqtani kiritish rejimida klavisha panelining yuqorigi o’ng qismidagi Num Lock qayd qilish lampasi yorishadi, klavishalar quyidagi ma’noga ega:
Kursorni boshqarish (klaviaturadan boshqariladigan kursor belgicha (odatda bu tor milt-milt qiladigan to’g’ri to’rtburchak yoki qalin chiziq) bo’lib, u displey ekranida holatni ko’rsatadi va bu holatda ekranga navbatdagi chiqarilayotgan belgi aks etgiriladi) rejimida klavishalarning vazifasi:
Maxsus boshqaruvchi klavishalar (ularni yana xizmatchi deb ham ataladi) alfavit-raqamli klavishalar gURO’hi atrofida joylashgan.
Klavishalarni ba’zi bir muxim maxsus birikmalari (klavishalar bir vaqtning o’zida bosiladi):
Do'stlaringiz bilan baham: |