I. Kirish Bugungi kunga kelib dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar kengayib bormoqda. Kino kashf qilinganida, «Endi teatrning keragi yo`q» deyishgandi. Radio ixtirosidan so`ng esa, telefonga xojat qolmaydi, deb aytganlar. XX asrning oxiriga kelib esa kinoga xam, radioga xam, telefonga xam xojat qolmaydigan texnika kashf etildi: Bu esa INTERNET texnologiyalari shiddat bilan kirib kelayotir. Bu tizim orqali axborot almashuv tobora kengaymoqda . axborot soxasidagi bunday globallashuv dunyoning barcha xududlaridagi odamlarning o`zaro muloqati uchun ilm-fanni o`zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi. O`zbekiston yoshlari bu imkoniyatlardan xabardor qilish va ularni internet bilan muloqat olib borishga o`rgatish bugungi kunda o`ta dolzarb bo`lib qoldi. SHu yilning sentyabr oyida esa O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati ko`magi bilan Respublikamizda ilk bor INTERNET-FORUM o`tkazildi. SHu asnoda juda o`rinli bir savol tug`iladi. O`zbekistonda internetning ommalvshuvi uchun, eng avvalo yoshlarni internet bilan ishlashga o`rgatish zarur. Xush qanday qilib? Xozircha bizda internetda ishlashni o`rgatadigan maxsus dasturlar kam. SHu o`rinda bir taklif kiritmoqchi edim. 2000 yilda talabalarga, maktab va liцey o`quvchilariga mo`ljallangan o`zbek tilida internetni o`rganuvchi yangi dastur va Web-saxifa yaratildi. Mazkur dastur internetni o`zbek tilida o`rgatish bo`yicha birinchi bo`lib nashr etilgan.elektron darslik xisoblanadi. YAratilgan ilk kunlarda, u 200 nusxada ko`paytirilib bir necha o`quv yurtlarga tarqatilgan edi. YAngi axborot texnologiyalarini Respublikamizga keng joriy etish vaqti allaqachon kelgan. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng bank, «O`zbekiston xavo yo`llari» aviya kompaniyasiga «O`zbekiston temir yo`llari» davlattemir-yo`l akцionerlik korxonasida va boshqa korxona va o`quv maskanlarda kompyuterlar bilan jixozlashga imkon berildi. O`zbekiston uchun mulkchilikning xususiy va aralash shakllariga o`tish, energetik, xom-ashyo va odam resurslaridan unumli foydalanish davrida kom’pyuter texnologiyalaridan milliy iqtisodni boshqarishda foydalanish tobora muxim bo`lib bormoqda. 1993-95 yillarda davlat boshqarma va bank muassalarini infarmaцion tizimlarini kom’yuterlashtirishga asosiy e’tibor berildi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng, rivojlanishning yangi yuqori bosqichiga ko`tarildi. SHu borada zamonaviy kom’pyuter texnologiyalarining ishlab chiqarishga, iqtisodga biznesga va o`qitish jarayoniga tatbiki tobora kengaymoqda. Xar bir inson o`z mexnat faoliyatida komp’yuterlardan unumli foydalana bilishi zarur bo`lib qoldi. Bizning o`quv yurtimizda kompyuterlarga katta axamiyat berilmoqda. Bu erda bizga o`qituvchilar kom’pyuter xaqida ko`pdan –ko`p ma’lumotlar va kom’pyuterda ishlash xaqida ma’lumotlar beradilar.
Xurmatli O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov shunday degan edilar: «Bizning va O`zbekistonning kelajagi yosh avlodning qo`lida»
SHunday ekan biz yoshlar tinmay izlanib bilim olishimiz va yurtimizni ximoya qilishimiz kerak.