Stratis (STRAT)
ning narxi 2016 yil iyulidan
ICO
tashkil qilingandan keyin 600 barobarga o’sgan bo’lsa, xuddi o’sha davrda bitkoin bor-
yo’g’i 30 barobarga o’sgan.
SpectroCoin
(
kriptovalyutalar birjasi
) narxi esa 2017 yil
yanvaridan buyon 400 barobarga o’sgan. Expertlarning fikricha, 2018 yil ham
kriptovalyutalar uchun oldingi yilga o’xshash buhronli bo’ladi. 2018 yil boshida
bitkoinning kapitalizatsiyasi 306,5 millard dollarga yetdi. Bunday katta miqdordagi
o’sishga bir qancha sabablar mavjud. Masalan,
CME
va
CBOE
Chikago birjalarida
kriptovalyuta bo’yicha fyucherslar va optsionlar ishga tushirilmoqda, boshqa bir
qancha mamlakatlarda esa kriptovalyutalar tan olinib, ular to’lov vositasi sifatida
ishlatilmoqda, boshqa bir davlatlarda esa kriptovalyutalar olamiga tegishli qonuniy
baza ishlab chiqilmoqda. Yana bir sabab, dollarning raqamli analogini chiqarayotgan
Tether Ltd
kompaniyasi yirik kriptovalyuta birjasi
Bitfinex
bilan kelishgan xolda
ta’minlanuvsiz raqamli dollar chiqarib, ulari bitkoinlarga investitsiya qilmoqda.
Undan tashqari, yirik jahon bank sektorlari o’yinchilari, avtomobil ishlab
chiqaruvchilar va riteyl-gigant
Amazon
ham asta-sekin kriptobozorga kirib kelmoqda.
2017 yilning noyabrida Shveytsariyaning
Vontobel
banki ham bitkoinlar uchun mini-
fyucherslar chiqara boshladi. Yaponiyada esa bitkoin rasmiy to’lov instrumenti sifatida
tan olindi. Xindistonda ham kriptovalyutalar boshqaruvi bo’yicha qonunlar ishlab
chiqish jarayoni amalga oshmoqda. AQSH bitkoinni birja mahsuloti deb tan olgan va
Evropa mamlakatlari ham kriptovalyutani boshqarish bo’yicha tartibotlarni amalga
kiritdilar. Kanada va Lotin Amerikasida ham bu xolatlar kuzatilayapti. Belorussiya
davlati “
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
” deb nomlangan dekret kuchga kirgandan
so’ng, milliy darajada smart-kontraktlarni legallashtirgan dunyodagi birinchi
mamlakat bo’ldi [2]. Bu haqda Belorussiya
Yuqori texnologiyalar parki
saytida habar
berilgan. Ushbu texnopark tokenlar bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish
loyihalarni hayotga tadbiq qilish uchun mo’ljallangan tajriba maydoni hisoblanadi.
Mamlakat prezidentining bildirishicha, dekret respublikada information
texnologiyalarni, kriptovalyutalarni va blokcheyn texnologiyasini rivojlantirishga
hamda mamlakatga transmilliy
IT
-kompaniyalar kelishiga qulay imkoniyatlar
yaratadi. Uning aytishicha, “Yangi dekret ICO larni, kriptovalyutalarni va smart-
kontraktlarni (
blokcheyn texnologiyasi asosida kontraktlar tuzish va uni bardavom
etishga mo’ljallangan komp’yuter dasturi
) qonuniylashtiradi”.
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 2, апрель, 2018 йил
Do'stlaringiz bilan baham: |