Kriptografiya2 fanidan



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
Sana27.03.2022
Hajmi0,59 Mb.
#513389
Bog'liq
11-amaliy



O’ZBEKISTON RESPUBLIKАSI АXBOROT TEXNOLOGIYALАRI VА 
KOMMUNIKАTSIYALАRINI RIVOJLАNTIRISH VАZIRLIGI 
MUHАMMАD АL-XORАZMIY NOMIDАGI TOSHKENT АXBOROT 
TEXNOLOGIYALАRI UNIVERSITETI 
 
 
 
Kriptografiya2 fanidan 
11-Topshiriq 
Mavzu:
OpenSSL kutubxonasidan foydalangan holda X.509 sertifikatini hosil 
qilish.
 
Bajardi: 715-18 guruh
talabasi Saloxiddinov Sirojbek 
Tekshirdi: Olimov Iskandar
 
 
 
 
 
Toshkent 2021 
 


Ishdan maqsad
: X.509 sertifikatini hosil qilish va sertifikat bo’yicha bilim 
ko’nikmaga ega bo’lish.
Nazariy qism 
X.509 sertifikati.
Kriptografiyada X.509 standarti ochiq kalitli 
infratuzilmalar (public key infrastructure (PKI)) va imtiyozga asoslangan 
boshqarish infratuzilmalari (Privilege Management Infrastructure (PMI)) uchun 
mo‘ljallangan.
Ushbu protokol ko‘plab Internet protokollari, xususan, HTTPS uchun asos bo‘lgan 
SSL/TLS protokolida veb brauzerda xavfsiz kanalni qurishda foydalaniladi. 
Bundan tashqari u offlayn ilovalarda, masalan, elektron raqamli imzoda 
foydalaniladi.
Ushbu sertifikat ochiq kalit, identifikatorlar (uzel nomi, organizasiya yoki 
tashkilot nomi), sertifikat bergan tashkilot nomi va imzosi yoki o‘zi 
imzolaganligini tasdiqlovchi ma'lumotlardan iborat. Ushbu sertifikat ishonchli 
tashkilot tomonidan imzolanganda yoki boshqa vositalar orqali tasdiqlanganda, 
ushbu sertifikatni olgan odam undagi ochiq kalit bilan ikkinchi tomon bilan aloqa 
o‘rnatishi mumkin yoki shaxsiy kalit bilan imzolangan imzoni ushbu ochiq kalit 
bilan tekshirish mumkin bo‘ladi. X.509 standarti asosidagi sertifikatlar odatda 
tijoriy tashkilotlar yoki ularning offislari va ochiq holda generatsiya qilinishi 
mumkin. Bundan tashqari ushbu sertifikatda, sertifikatni amal qilish muddati va 
unda qanday algoritmlardan foydalanilganligi qayd etiladi.
X.509 sertifikati International Telecommunications Union standartlash 
bo‘limi tomonidan aniqlangan va ASN.1 (Abstract Syntax Notation One) 
interfeysni ifodalash tiliga asoslangan.
Ushbu sertifikat 1988 yil 3 iyulda yaratilgan va X.500 standarti to‘plamiga 
kiritilgan. Sertifikatni olish uchun tashkilot quyidagi ketma-ketlikdagi amallarni 
bajaradi.
Talabgor o‘ziga tegishli bo‘lgan raqamli sertifikatni olishi uchun CSR
(
certificate signing request)
so‘rovini sertifikatni berish markaziga (
certificate 
authority
) yuboradi. CSR ni generatsiya qilishdan oldin talabgor dastlab kalit 


juftlarini generatsiya qiladi va maxfiy kalitni sir saqlaydi. CSR so‘rovi 
talabgorning ochiq kalit ma'lumoti, identifikator ma'lumotlari (masalan, domen 
nomi) va butunlik himoyasi (masalan, raqamli imzo) dan iborat bo‘ladi. CSR 
uchun eng ko‘p foydalanilgan format bu - 
PKCS #10 
va ba'zi veb brauzerlar 
tomonidan generatsiya qilinadigan 
SPKAC (Signed Public Key and Challenge)
formatlaridir.
Talabgor CSR so‘rovini imzolovchi tashkilot ham dastlab kalit juftlarini 
generatsiya qiladi va CSRni imzolashda foydalaniladigan maxfiy kalitni sir tutadi. 
CSR so‘rovi imzolovchi tashkilot tomonidan imzolangandan so‘ng, imzo, imzo 
algoritmi va o‘zi haqidagi ma'lumotlarni qo‘shib X.509 sertifikatini hosil qiladi.
Imzolovchi tashkilotlarning ishonchli root sertifikatlari barcha ishchi 
tizimlarda (masalan, brauzerlarda) uzatiladi. Brauzerlarda, masalan, Internet 
Explorer, Firefox, Opera, Safari va Chromeda ushbu root sertifikatlar oldindan 
o‘rnatilgan bo‘ladi. X.509 v3 sertifikatining tuzulishi quyidagicha:
Certificate
Version (versiya)
Serial Number (serial raqami)
Algorithm ID (algoritm ID si)
Issuer (sertifikat beruvchi tashkilot, emitent)
Validity (amal qilsih muddati)
Not Before
Not After
Subject (sertifikat oluvchi tashkilot, istemolchi)
Subject Public Key Info (istemolchi ochiq kalit ma’lumoti)
Public Key Algorithm (ochiq kalit algoritmi)
Subject Public Key (ochiq kalit)
Issuer Unique Identifier (optional) (emitetning takrorlanmas identifikatori)
Subject Unique Identifier (optional) (istemolchining takrorlanmas
identifikatori)


Extensions (optional) (kengaytirilgan imkoniyatlar)
Certificate Signature Algorithm (sertifikatda fopydalanilgan ERI 
algoritmi)
Certificate Signature (sertifikat qo’yilgan imzo)
RSA algoritmi yordamida ochiq yopiq kalit va Sertifikat hosil qilish 
 
pem farmatli kalitni pfx farmatga o’zgartirish 


 
pfx farmatdan pem farmatga o’zgartirish 
 
pfx farmatdan pem farmatga o’zgartirilgan holati 
 
 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish