Bog'liq Tarmoq qurilmalari. Modem, uning turlari va parametrlari
Tarmoq qurilmalari. Modem, uning turlari va parametrlari
Reja:
Tarmoqlararo ekranning bazaviy sozlanmasi
Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar
Modemlarning turlari
«Kriptografiya» atamasi dastlab «yashirish, yozuvni berkitib qo’ymoq» ma’nosini bildirgan. Birinchi marta u yozuv paydo bo’lgan davrlardayoq aytib o’tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya deganda xar qanday shakldagi, ya’ni diskda sakdanadigan sonlar ko’rinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko’rinishidagi axborotni yashirish tushuniladi. Kriptografiyani raqamlar bilan kodlanishi mumkin bo’lgan xar qanday axborotga nisbatan qo’llash mumkin. Maxfiylikni ta’minlashga qaratilgan kriptografiya kengroq qo’llanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda, kriptografiyada qo’llaniladigan usullarning o’zi axborotni himoyalash bilan bogliq bo’lgan kup jarayonlarda ishlatilishi mumkin.Kriptografiya axborotni ruhsatsiz kirishdan himoyalab, uning mahfiyligini ta’minlaydi. Masalan, to’lov varaklarini elektron pochta orqali uzatishda uning o’zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qo’shilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning yaxlitligini ta’minlash zaruriyati paydo bo’ladi. Umuman olganda kompyuter tarmog’iga ruhsatsiz kirishning mutlako oldini olish mumkin emas, lekin ularni aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tekshirishning bunday jarayoni, ko’p hollarda, axborotning haqikiy-ligini ta’minlash deyiladi. Kriptografiyada qo’llaniladigan usullar ko’p bo’lmagan o’zgartirishlar bilan axborotlarning hakiqiyligini ta’minlashi mumkin.Nafakat axborotning kompyuter tarmog’idan ma’nosi buzilmasdan kelganligini bilish, balki uning muallifdan kelganligiga ishonch hosil qilish juda muxim. Axborotni uzatuvchi shaxslarning haqiqiyligini tasdiklovchi turli usullar ma’lum. Eng universal protsedura parollar bilan almashuvdir, lekin bu juda samarali bo’lmagan protsedura. Chunki parolni kuligakiritgan xar qanday shaxe axborotdan foydalanishi mumkin bo’ladi.
MODEM (MOdulyator-DEModulyator) — aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to`g`ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o`zgartirish qurilmasidir.
Еng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo`ljallangan:
• uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o`zgartirish;
• qabul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya`ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o`zgartirish.
Ma`lumotlarni uzatishda bajariladigan o`zgartirish odatda ularning modulyaciyasi bilan bog`langan.