Kreditni qaytarishning operatsiyalarining hisobi



Download 51,5 Kb.
Sana31.07.2021
Hajmi51,5 Kb.
#134327
Bog'liq
BBH ON 2 Karimov Islombek


Toshkent moliya instituti Bank ishi fakulteti BI 61-guruh talabasi Karimov Islombekning Banklarda buxgalteriya hisobi fanidan 2-oraliq nazirati.

10-variant.



  1. Kreditni qaytarishning operatsiyalarining hisobi.

  2. Faktoring operatsiyasi bo’yicha sud jarayonlaridagi bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlari undirib olinmaganligi sababli, shu maqsadda tashkil etilgan zahira hisobidan qoplandi. Faktoring summasi – 9000000 so’m, diskont – 16%

Topshiriqlar:

  1. Faktoring operatsiyasi bo’yicha to’lov hujjatlarining hisobi qanday yuritiladi;

  2. Moliyaviy natijani aniqlang;

  3. Tegishli buxgalteriya provodkalarini tuzing.

1. Bank berilgan kreditlarga kredit shartnomada kelishilgan kunlik foizlarni hisoblaydi va tegishli hisobvaragʻida hisobga olib boradi.

Jismoniy shaxsga berilgan kredit bo'yicha foiz hisoblandi.


  • Debet 16309 - “Kreditlar bo'yicha hisoblangan foizlar”

  • Kredit 44301 - “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo'yicha foizli daromadlar”

Yuridik shaxsga berilgan kredit bo'yicha foiz hisoblandi.

  • Debet 16309 - “Kreditlar bo'yicha hisoblangan foizlar”.

  • Kredit 42605 - “Xususiy korxonalar, xo jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o'tgan kreditlar bo yicha foizli daromadlar”

Bank tomonidan hisoblangan foizlar bankning memorial orderi asosida kredit oluvchining hisobvaragʻidan undirib olinishi yoki kredit oluvchining toʻlov topshiriqnomasiga asosan to’lab beriladi. Jismoniy shaxslar ish haqidan, plastik kartochkadan yoki naqd pulda toʻlab berishlari mumkin.

Jismoniy shaxsdan kreditga hisoblangan foiz undirib olindi.



  • Debet 10301 yoki 22618 yoki 10101

  • Kredit 16309 - “Kreditlar bo'yicha hisoblangan foizlar”

Yuridik shaxsdan kreditga hisoblangan foiz undirib olindi.

  • Debet 20208 - “Xususiy korxonalar, xo jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari”

  • Kredit 16309 - “Kreditlar bo'yicha hisoblangan foizlar”

Agar hisoblangan foizlarni toʻlash uchun yuridik shaxsning hisobvaragʻida mablag'lar yetarli yoki mavjud boʻlmasa, bank ushbu summaga memorial order rasmiylashtirib kartoteka ikkiga joylashtiradi, qarzdorning hisobvaragʻida mablag vujudga kelganda toʻlov ketma-ketligiga rioya etgan holda, dastlab kredit foizlari undiriladi va undan so'ng kreditning asosiy summasi soʻndiriladi. Berilgan kreditlar shartnoma asosida kelishilgan jadvalga asosan kredit oluvchining toʻlov topshiriqnomasi yoki bankmemorial orderi asosida ularning hisobvarag'idagi mablagʻlar hisobidan soʻndiriladi, jismoniy shaxslar bankdan olgan kreditlarni ish haqi hisobidan, plastik kartochkasidan yoki naqd pulda soʻndirishi mumkin.

Bank jismoniy shaxsning kreditini soʻndirdi.



  • Debet 10301 yoki 22618 yoki 10101

  • Kredit 14901 - “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”

Bank yuridik shaxsning kreditini soʻndirdi.

  • Debet 20208 - “Xususiy korxonalar, xo jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari”

  • Kredit 13101 - “Xususiy korxonalar, xo jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”

Agar jadval boʻyicha kreditni soʻndirish muddati kelganda yuridik shaxsning hisobvaragʻida mablagʻlar yetarli yoki mavjud boʻlmasa bank ushbu summaga memorial order rasmiylashtirib kartoteka ikkiga joylashtiriladi va kelgusida belgilangan tartibda undirib olinadi. Kredit oluvchilarning mablagʻlari mavjud boʻlmaganligi sababli olingan kreditlar muddatida toʻlanmasa ushbu kreditlar muddati oʻtgan kreditlar hisobvarag'ida hisobga olinadi.

Jismoniy shaxslarga berilgan, lekin muddatida qaytmagan kreditlar boʻyicha.



  • Debet 14905 - “Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta koʻrib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar”

  • Kredit 14901 - “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”

Yuridik shaxslarga berilgan, lekin muddatida qaytmagan kreditlar boʻyicha.

  • Debet 13105 - “Xususiy korxonalar, xo’jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o’tgan kreditlar”

  • Kredit 13101 - “Xususiy korxonalar,xo’jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”

2.1. Tovar sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchilarning debitor qarzlarini sotib olish bilan bog’liq operatsiyalar faktoring operatsiyalar hisoblanadi. Faktoring operatsiyalari banklar tomonidan maxsus tashkil etilgan faktoring kompaniyalari tomonidan o’zaro tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Faktoring operatsiyalarining maqsadi sotilgan tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni faktoring kompaniyalari yoki bank mablag’lari hisobidan to’lash asosida muddati o’tgan to’lovlar va umidsiz qarzdorliklar miqdorini kamaytirishdan iborat.

Faktoring operatsiyalari bank tomonidan amalga oshirilganda banklarda maxsus bo’lim tashkil etiladi. Bankda faktoring operatsiyalari moliyaviy manbasi bo’lib bankning o’z mablag’lari, jalb etilgan mablag’lari va kredit mablag’lari hisoblanadi.

Bank sotilgan tovar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov summasini zudlik bilan to’lab berish maqsadida sotuvchidan to’lov talabnoma yoki schyot-fakturada ko’rsatilgan summani diskont asosida sotib oladi va debitorga nisbatan barcha huquqni o’ziga o’tkazadi. Bank to’lov hujjatlarini sotib olishda asosiy e’tiborni sotib oluvchining moliyaviy barqarorligi, uning tovar yoki xizmatlarining sifati va bozordagi jozibadorligiga e’tibor qaratadi.

Banklarda faktoring operatsiyalari ko’zda tutilmagan 90966-“Sotib olingan debitorlik qarzlari - Faktoring” hamda balansli 11101-“Sotib olingan debitorlik qarzlari - Faktoring” va 11103-“Muddati o’tgan sotib olingan debitorlik qarzlari - Faktoring” hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi.

2.2. Bank sotib olingan 9 000 000 so’mlik debitorlik qarzlarini sotib oldi va diskont 16%ga teng. Bank factoring operatsiyasi natijasida mijoz belgilangan muddatda mablag’ni qaytara olmasligi natijasida bank operatsiyani faktoring bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun shakillantirilgan zaxira kapitalidan qopladi. Natijada bank 9 000 000 so’mlik zarar ko’ryapti.

2.2. Bank faktorining summasini zararlarni qoplash bo’yicha shakllantirilgan zaxira hisobidan qopladi:



  • Debet 11199- “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha

      • ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi”

  • Kredit 11103- “Muddati o’tgan sotib olingan debitorlik qarzlari - Faktoring”

Banklarda muddati o’tgan yoki to’lovchining moliyaviy beqarorlik holatiga tushib qolishi natijasida vujudga kelgan zararlar bank boshqaruv kengashining qarori asosida zararlarni qoplash hisobidan yopiladi va ushbu summa kelgusida undirib olish maqsadida bankning tegishli ko’zda tutilmagan hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi.
Download 51,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish