8. Bank quyidagi huquqlarga ega:
a) Qarzdorning/mijozning to„lovga layoqatlilik qobiliyatini yanada to„laroq tahlil qilish
uchun undan qo„shimcha hujjatlar talab qilish;
b) kreditlash davrida Kredit byurosidan Qarzdor/mijoz va kafil haqida kredit hisoboti olish;
v) Qarzdor/mijoz tomonidan ushbu shartnoma bo„yicha asosiy qarzni qaytarish va (yoki)
hisoblangan foizni to„lash muddati buzilganda nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan o„z
talabnomasini Qarzdorga/mijozga yetkazish;
(Bank kengashining 2019 yil 28 iyundagi 95-qarori
bilan tasdiqlangan va 533-son bilan ro„yxatga olingan ichki normativ hujjatga muvofiq
kiritilgan kichik band)
g) talabnoma yetkazilgandan so„ng o„ttiz kun ichida Qarzdor/mijoz unda ko„rsatilgan
talablarni lozim darajada bajarmaganda, tegishli talab bilan sudga murojaat qilish;
(Bank
kengashining 2019 yil 28 iyundagi 95-qarori bilan tasdiqlangan va 533-son bilan ro„yxatga
olingan ichki normativ hujjatga muvofiq kiritilgan kichik band)
Bank kengashining 2019 yil 28 iyundagi 95-qarori bilan tasdiqlangan va 533-son bilan
ro„yxatga olingan ichki normativ hujjatga muvofiq
“v” va “g” kichik bandlari mos ravishda “d”
va “e” kichik bandlari deb hisoblandi:
d) kredit va unga hisoblangan foizlar belgilangan muddatda so„ndirilmaganda, qarzdorlikni
kafildan undirish;
e) kredit va unga hisoblangan foizlar belgilangan muddatda so„ndirilmaganda, O„zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 783-moddasiga asosan, Qarzdorning/ mijozning bank
plastik kartasi maxsus hisobvarag„i va boshqa depozit hisobvaraqlarida turgan pul mablag„ini
to„lov talabnomasi yoki memorial order vositasida aksepsiz tarzda yechib olish orqali kredit
qarzdorligini qoplash.
9. Qarzdor/mijoz quyidagi huquqlarga ega:
a) kredit summasi _________________________________________________________
[ishlab chiqaruvchining rasmiy dileri (avtosalon) yoki sotuvchi-komissioner]
hisobvarag„iga o„z vaqtida o„tkazib berilishini Bankdan talab qilish;
b) ushbu shartnoma tuzilgandan keyin va Qarzdor/mijoz tomonidan pul mablag„i
olingunga yoxud kredit hisobidan avtomobil uchun to„lov amalga oshirilgunga qadar bo„lgan
davrda kredit olishdan bepul asosda voz kechish;
(Bank kengashining 2020 yil 24 fevraldagi 15-
qarori bilan tasdiqlangan va 554-son bilan ro„yxatga olingan ichki normativ hujjatga muvofiq
kiritilgan kichik band)
v) kredit bo„yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizni jarima sanksiyalarisiz istalgan
vaqtda muddatidan oldin to„liq to„lagan holda Bank bilan ushbu shartnomani muddatidan oldin
bekor qilish.
(Bank kengashining 2020 yil 24 fevraldagi 15-qarori bilan tasdiqlangan va 554-son
bilan ro„yxatga olingan ichki normativ hujjat tahriridagi kichik band)
10. Bank quyidagi majburiyatlarni o„z zimmasiga oladi:
a) kreditni Qarzdorga/mijozga 20__ yil “__” ___________ dan 20__ yil “__”
______________ gacha bo„lgan muddatga berish;
b) Qarzdorga/mijozga o„z vaqtida kredit hisobvarag„i ochish;
v) Qarzdor/mijoz tomonidan kredit ajratilishiga oid shartlar [sotuvchi-komissioner,
komitent va qarzdor/mijoz o„rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlatish
(avtomobil ikkilamchi bozordan olinganda), o„z mablag„i bilan qatnashish, kredit ta‟minoti
sifatida kreditga sotib olinayotgan avtomobilni (yoki boshqa mulkni) garovga qo„yish va garov
shartnomasini notarial tasdiqlatish, garov qo„yilgan avtomobilni (yoki avtomobil o„rniga garovga
qo„yilgan boshqa mulkni) kreditdan foydalanishning butun davriga yo„l-transport hodisasi holati
va boshqa noxush holatlardan sug„urtalash] bajarilgandan so„ng, avtomobil qiymatini to„liq
miqdorda _____________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: