Tijorat banklari kredit resurslari tarkibida jalb qilingan
mablag‘larning tutgan o‘rni.
Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarishda asosiy e’tibor bank balansi passividagi mablag‘larning manbalariga qaratiladi. Ushbu mablag‘lar ikkita yirik guruhga majburiyatlar va kapitalga bo‘linadi.
Majburiyatlar – bank tomonidan jalb etilgan mablag‘lar hisobidan, kapital esa bankning o‘z mablag‘lari hisobidan shaklanadi. Ushbu mablag‘larning barqaror manbalar hisobidan shakllantirilishi tijorat banklarining samarali ishlashini va iqtisodiy jihatdan baquvvatligini ta’minlaydi.
Tijorat banklari balansi passivining asosiy ulushinip majburiyatlar tashkil etib, ular 85-90 foizdan iborat bo‘ladi. Majburiyatlarni muddati va vujudga kelish manbasiga qarakb barqaror va nobarqaror, ular uchun to‘lanadigan xarajatlar qiymatidan kelib chiqib, arzon va qimmat mablag‘larga ajratish mumkin.
Demak, bank resurslarining mohiyatini ochib berishda ularning shakllanish manbasining asosini tashkil etadigan passiv operatsiyalarni e’tiborga olish juda muhum hisoblanadi. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari xususida xorijlak, Mustaqil davlatlar hamdustligiga a’zo mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodchi olimlari tadqiqotlar olib borgan. SHu bois, ushbu masalani chuqur o‘rganishda real ehtiyoj yo‘qligini ta’kidlagan holda, yuqorida qayd etilgan fikrimizning tasdig‘i sifatida ularning ayrimlarini keltirib o‘tsam.
Professor SH.Abdullaevaning fikriga ko‘ra, bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi3.
Xuddi shuningdek, yana bir guruh o‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar “Passivlar haqida bankning shunday operatsiyalari tushuniladiki, ularning natijasida passiv yoki aktiv-passiv hisob varvqlarida mablag‘larning ko‘payishi yuz beradi, jumladan, passivdagi mablag‘lar aktivdagidan ortib boradi4“- deb ta’riflanadi. Demak bankning passiv operatsiyalari asosida uning resurslari shakllantiriladi.
Xalqaro bank amaliyotida passiv operatsiyalarning quyidagi to‘rtta shaklidan keng foydalaniladi:
а) banklarning foydasidan fondlarni shakllantirish va ularni ko‘paytirishga
ajratmalar;
б) depozit operatsiyalar;
в) yuridik shaxslardan olingan kredit resurslar;
г) qimmatli qog‘ozlar, pul biletlar va tangalarni muomalaga chiqarish (emissiya).
SHulardan depozit operatsiyalarga to‘xtaladigan bo‘lsak. Depozit operatsiyalar- banklarning depozitorlar bilan tuzgan shartnomalari asosida depozit maqsadlarga ko‘ra muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalardir5.
Depozit operatsiyalarini tijorat banklari o‘zlarining depozit siyosatlari asosida olib boradilar. Depozit operatsiyalarini amalga oshirishda bu operatsiya turining ob’ekt va sub’ektini aniqlash lozim.
Depozit operatsiyalarining sub’ektlari bo‘lib bir tomondan tijorat banklari qatnashsa, ikkinchi tomondan:
davlat korxona va tashkilotlari;
moliya, sug‘urta, investitsion va trast kompaniyalar;
xususiy korxona va tashkilotlar;
aksioner kompaniyalar;
banklar va boshqa kredit muassasalari;
qo‘shma korxonalar, koorperativlar;
jamoa tashkilotlari va fondlar;
alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari qatnashadilar.
Depozit operatsiyalarining ob’ekti bo‘lib ehtiyojdan ortiq pul mablag‘lari hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning asosi bo‘lib, balans likvidligi, mijozlarning moliyaviy ahvolining barqarorligi hisoblanadi. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining depozit siyosatini amalga oshirish orqali ta’minlanadi, ya’ni:
depozit operatsiyalari bank daromadlarining oshishiga yoki kelajakda daromad olishga sharoit yaratishi kerak;
bank balansining likvidliligini saqlash maqsadida depozit siyosatini amalga oshirish kerak; depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qo‘yilmalarga e’tibor qaratish lozim;
depozitlarni jalb qilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan bog‘liq bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini ko‘rish zarur va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |