182
O‗qituvchining ko‗p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni
barkamol shaxc sifatida tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi
muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o‗qituvchining xilma-xil
faoliyatiga bog‗liq: o‗quvchi-talabalarni o‗qitish va darsdan tashqari tarbiyaviy
ishlarni tashknl eta bilish va o‗tkazish, ota-onalar va jamoatchilik o‗rtasida pedagogik
bilimlarni targ‗ibot qilish ishlarini olib borish va hokazo. Bularning hammasi
o‗qituvchidan chuqur bilimga ega bo‗lishni, o‗z sohasini, o‗quvchi-talabalarni
sevishni talab qiladi. O‗zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o‗qitish va
tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo‗shayotgan ijodkor va fidoyi o‗qituvchilar
soni yildan yilga ko‗payib bormoqda va bunday pedagoglarni el-yurt izzat-hurmatga
qilmoqda. Hukumatimiz esa ularning mehnatlarini munosib taqdirlamoqda.
Ta‘lim muassasalarida ta‘lim va tarbiya ishlarini tashkil etuvchi va amalga
oshiruvchi shaxs – bu o‗qituvchi. Yaxshi o‗qituvchi bo‗lish uchun pedagogik
nazariyani egallashning o‗zigina etarli emas. Chunki pedagogik nazariya o‗quvchi-
talabalarni o‗qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan,
uslubiy g‗oyalarni bayon etadi. Biroq ta‘lim berish jarayonida pedagogik nazariyaga
mos kelmaydigan vaziyatlar ham uchrab turadiki, ularning oqilona yechimini topish
uchun o‗qituvchidan bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik
mahopat va ijodkorlik talab qilinadi.
O‗qituvchi yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida
javob beradigan, o‗quvchi-talabalarga ta‘lim-tarbiya berishga maxsus tayyorgarlik
ko‗rgan, kasbiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‗ullanayotgan insondir. Bu
yerda ―kasbiga muvofiq‖ jumlasiga e‘tibor berish lozim, chunki nokasbiy pedagogik
faoliyat bilan deyarli barcha odamlar shug‗ullanadi, ammo faqat o‗qituvchigina
qachon, qayerda, qanday tarbiya berish kerakligini biladi va bu tarbiyaning samarali
usullaridan foydalanish hamda pedagogik qoidalarga mos holda olib borishni uddalay
oladi, o‗z kasbiy burchini bajarish uchun mas‘uliyatni his qilgan holda mehnat qiladi.
O‗qituvchilik ishi inson faoliyatining murakkab turlaridan biridir. ―O‗qituvchi o‗zi
nima ish qiladi? Uning pedagogik vazifalarini qanday so‗zlar bilan ifodalash
mumkin?‖, – degan savolga mohirona javob topishga harakat qilamiz. Pedagogik
faoliyatga tayyorgarlik ko‗rayotgan yoshlar pedagogik professiogrammada keltirilgan
ixtisoslik xususiyatlarini bilishlari lozim. Professiogramma quyidagi xususiyatlarni
o‗z ichiga oladi (105-rasm):
105-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: