Kredit-iqtisod



Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/585
Sana03.01.2022
Hajmi8,74 Mb.
#315939
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   585
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi

Axloqiy  tarbiya

  oila  tarbiyasining  o‗zagini  tashkil  etadi.  Oilada 

uyushtirilajak axloqiy tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona 

hamda oilaning boshqa a‘zolari, shuningdek, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, 

kattalarga  hurmat,  kichiklarga  muruvvat,  kamtarlik,  to‗g‗riso‗zlik,  mehnatsevarlik, 

sahovat,  insonparvarlik,  adolat,  vijdon,  or-nomus,  g‗urur,  intizom,  ijtimoiy  burchni 

anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir. Shaxsda mazkur sifatlarning qaror 

topishida  oiladagi  sog‗lom  muhit,  oila  a‘zolarining  psixologik  jihatdan  o‗zaro 

yaqinliklari,  ehtiyoj,  qiziqish  va  hayotiy  yondashuvilaridagi  umumiylik,  bir-birlarini 

har  qanday  vaziyatda  qo‗llab-quvvatlay  olishlari,  ota-onalar  tomonidan  barcha 

farzandlariga  nisbatan  qo‗yilayotgan  talablar,  shuningdek,    ularga  ko‗rsatilayotgan 

e‘tiborning  bir  xil  bo‗lishi  oila  tarbiyasida  ijobiy  natijalarga  erishishning  omillari 

sanaladi. Oilada muayyan an‘ananing qaror topganligi, unga oila a‘zolari tomonidan 

bildirilayotgan hurmat, shuningdek, keksa avlod vakillarining shaxsi, ularning ijobiy 

sifatlari, mehnatda erishgan (garchi u oddiy bo‗lsa ham) yutuqlari, atrofdagilar bilan 

munosabati  borasidagi  suhbat  yoki  xotiralarning  tashkil  etilishi  bolalarda  hayotiy 

e‘tiqodning shakllanishini ta‘minlaydi. 

Oilada tashkil etiladigan estetik tarbiya bolalarda go‗zallikni his qilish, undan 

zavqlanish,  tabiat  go‗zalliklaridan  bahra  olish  asosida  his-tuyg‗u,  idrok,  tasavvur 

hamda  qarashlarni  yuzaga  keltirish,  ularni  hayotni  sevishga  o‗rgatishdek 

vazifalarning  ijobiy  hal  etilishini  nazarda  tutadi.  Axloqiy  va  estetik  qarashlar 

mazmuni  o‗zgargan  bir  sharoitda  oilada  axloqiy  va  estetik  tarbiyani  to‗g‗ri  va 

samarali  tashkil  etilishi  ayniqsa,  muhimdir.  Bolalar  juda  yoshligidanoq  soxta 

go‗zalliklar (yarim yalang‗och yoki yalang‗och badan, me‘yoridan ortiq qo‗llanilgan 

pardoz,  urfga  kirib  borayotgan  kosmetik  operatsiyalar  «mahsuli»,  o‗ta  darajadagi 

yaltiroq  mato  yoki  taqinchoqlar)  ning  timsoli  emasligini  anglab  yetishlari  lozim. 

Oilada tarbiyaviy ishlar haqida 58-rasmda berildi (58-rasm): 

Bola  tasavvurida  haqiqiy,  tabiiy  go‗zallik  (yam-yashil  tabiat,  nafis  qor 

uchquni, nozik gullar, beg‗ubor osmon, viqorli tog‗lar, tiniq zilol suv, toza, musaffao 

havo,  bepoyon  dalalar,  qushlarning  yoqimli  ovozi,  sharqiroq  suv,  «chuchvara»lar 

hosil  qilayotgan  yomg‗ir  tomchilari,  kamalak  jilosi,  shuningdek,  ochiq,  xushsurat, 

chiroyli tabassum, shirali ovoz, ta‘sirchan badiiy va san‘at asarlari, yuksak mahorat 

bilan  yaratilgan  o‗yinchoqlar  (bolaning  asabini  junbushga  keltiradigan  elektron 

o‗yinchoqlar  emas),  yarashiqli  liboslar  va  boshqalar)ning  namoyon  bo‗lishi  uchun 

shart-sharoit  yaratib  berish  maqsadga  muvofiqdir.  Bolalarda  haqiqiy  go‗zallikni  his 

etish  tuyg‗usi  tabiat  bag‗rida,  muzey,  ko‗rgazma,  kino  va  teatrlarda  bo‗lish  tufayli 

shakllanadi. Shu bois ta‘lim muassasagacha ta‘lim muassasalari hamda boshlang‗ich 



116 

sinf  o‗quvchilari  bilan  tabiat  bag‗riga,  muzey,  ko‗rgazma,  kino  va  teatrlarga 

uyushtiriladigan ekskursiya va tashriflar katta tarbiyaviy kuchga egadir. 

58-rasm 



Download 8,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish