Axloqiy tarbiya
oila tarbiyasining o‗zagini tashkil etadi. Oilada
uyushtirilajak axloqiy tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona
hamda oilaning boshqa a‘zolari, shuningdek, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat,
kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat, kamtarlik, to‗g‗riso‗zlik, mehnatsevarlik,
sahovat, insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus, g‗urur, intizom, ijtimoiy burchni
anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir. Shaxsda mazkur sifatlarning qaror
topishida oiladagi sog‗lom muhit, oila a‘zolarining psixologik jihatdan o‗zaro
yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondashuvilaridagi umumiylik, bir-birlarini
har qanday vaziyatda qo‗llab-quvvatlay olishlari, ota-onalar tomonidan barcha
farzandlariga nisbatan qo‗yilayotgan talablar, shuningdek, ularga ko‗rsatilayotgan
e‘tiborning bir xil bo‗lishi oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari
sanaladi. Oilada muayyan an‘ananing qaror topganligi, unga oila a‘zolari tomonidan
bildirilayotgan hurmat, shuningdek, keksa avlod vakillarining shaxsi, ularning ijobiy
sifatlari, mehnatda erishgan (garchi u oddiy bo‗lsa ham) yutuqlari, atrofdagilar bilan
munosabati borasidagi suhbat yoki xotiralarning tashkil etilishi bolalarda hayotiy
e‘tiqodning shakllanishini ta‘minlaydi.
Oilada tashkil etiladigan estetik tarbiya bolalarda go‗zallikni his qilish, undan
zavqlanish, tabiat go‗zalliklaridan bahra olish asosida his-tuyg‗u, idrok, tasavvur
hamda qarashlarni yuzaga keltirish, ularni hayotni sevishga o‗rgatishdek
vazifalarning ijobiy hal etilishini nazarda tutadi. Axloqiy va estetik qarashlar
mazmuni o‗zgargan bir sharoitda oilada axloqiy va estetik tarbiyani to‗g‗ri va
samarali tashkil etilishi ayniqsa, muhimdir. Bolalar juda yoshligidanoq soxta
go‗zalliklar (yarim yalang‗och yoki yalang‗och badan, me‘yoridan ortiq qo‗llanilgan
pardoz, urfga kirib borayotgan kosmetik operatsiyalar «mahsuli», o‗ta darajadagi
yaltiroq mato yoki taqinchoqlar) ning timsoli emasligini anglab yetishlari lozim.
Oilada tarbiyaviy ishlar haqida 58-rasmda berildi (58-rasm):
Bola tasavvurida haqiqiy, tabiiy go‗zallik (yam-yashil tabiat, nafis qor
uchquni, nozik gullar, beg‗ubor osmon, viqorli tog‗lar, tiniq zilol suv, toza, musaffao
havo, bepoyon dalalar, qushlarning yoqimli ovozi, sharqiroq suv, «chuchvara»lar
hosil qilayotgan yomg‗ir tomchilari, kamalak jilosi, shuningdek, ochiq, xushsurat,
chiroyli tabassum, shirali ovoz, ta‘sirchan badiiy va san‘at asarlari, yuksak mahorat
bilan yaratilgan o‗yinchoqlar (bolaning asabini junbushga keltiradigan elektron
o‗yinchoqlar emas), yarashiqli liboslar va boshqalar)ning namoyon bo‗lishi uchun
shart-sharoit yaratib berish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda haqiqiy go‗zallikni his
etish tuyg‗usi tabiat bag‗rida, muzey, ko‗rgazma, kino va teatrlarda bo‗lish tufayli
shakllanadi. Shu bois ta‘lim muassasagacha ta‘lim muassasalari hamda boshlang‗ich
116
sinf o‗quvchilari bilan tabiat bag‗riga, muzey, ko‗rgazma, kino va teatrlarga
uyushtiriladigan ekskursiya va tashriflar katta tarbiyaviy kuchga egadir.
58-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |