|
xorijiy valyutada joylashtirish bo’yicha kimoshdi savdolari o’tkazish tartibi belgilangan
|
bet | 18/18 | Sana | 10.02.2022 | Hajmi | 110,8 Kb. | | #440337 |
| Bog'liq KREDIT BO’YICHA FOIZ STAVKALAR VA UNGA TA’SIR QILUVСHI OMILLAR
xorijiy valyutada joylashtirish bo’yicha kimoshdi savdolari o’tkazish tartibi belgilangan. Kimoshdi savdolarida quyidagi turda operatsiyalar amalga oshiriladi: - O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan keyin - Markaziy bank) kreditlarini kimoshdi savdosida joylashtirish; - depozit omonatlarini kimoshdi savdosida joylashtirish; - banklararo kreditlarni kimoshdi savdosida joylashtirish. Kredit resurslari kimoshdi savdosini amalga oshirishdan asosiy maqsad ichki moliya bozorini sog’lomlashtirish va mustahkamlash hisoblanadi. 4.Kreditning bahosiga ta’sir qiluvchi omillar. Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo’limi hisoblanadi. Bu siyosat turli kreditlar va qarzdorlar bo’yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan quyidagi 3 omillarni o’z ichiga oladi: O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi; kredit resurslari (o’z va jalb qilingan mablag’lari) manbalari; kreditlash, qarzdorlar turlari va yo’nalishlari Kreditlarni bahosiga quyidagi omillar ta’sir etadi. Bank tomonidan berilgan kreditlarning iqtisodiyotning tarmoqlari o’rtasida joy lashtirilganlik holati. Ushbu yo’nalishning ahamiyati shundaki, tijorat banklari kredit portfelini Ushbu yo’nalishning ahamiyati shundaki, tijorat banklari kredit portfelini diversifikatsiya qilishning asosiy mezonlaridan biri kreditlarni mijozlarning tarmoq xususiyatiga ko’ra joylashtirilganligi hisoblanadi. Shu jixatdan olganda, ushbu yo’nalish kredit siyosatining samaradorligini belgilashda hisobga olinadigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. II. Tijorat banki tomonidan berilayotgan qisqa va o’zoq muddatli kreditlarning o’zaro nisbati. Tijorat banklari faoliyatining mazmuniga ko’ra, avvvalo, qisqa muddatli kreditlash institutlari hisoblanadi. Ular xo’jalik sub’ektlarining aylnma mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o’ynaydi. Ko’pchilik rivojlanayotgan davlatlarda inflyatsiya darajasining nisbatan yuqori va nobarqaror ekanligi tijorat banklarining kredit portfelida qisqa muddatli kreditlarning salmog’ining yanada oshishiga sabab bo’ladi. Inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori bo’lmagan va barqaror bo’lgan sharoitda o’zoq muddatli kreditlar xajmini oshirish tijorat banki daromad bazasini mustaxkamlashning sinalgan usullaridan biri hisoblanadi. III. Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o’tgan kreditlar salmog’ining o’zgarishi. Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o’tgan kreditlar salmog’ining o’zgarishi kredit siyosatining samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|