5. Markaziy bankning hisob (diskont) stavkasi. Markaziy bankning lombard
stavkasi.
Markaziy bankning xisob (diskont) siyosatining moxiyati shundaki, u tijorat
banklardan veksellarni sotib oladi. Aytaylik mol sotib oluvchi korxonaning etkazib berilgan
mol (tovar va xizmatlar va x.k)ning kakini to’lash uchun mablag’i etarli bo’lmasa, u tovar
uchun tulovni ma’lum vavk 5tgandan keyin amalga oshirishi tugrisida veksel berotpi
mumkin. Mol sotuvchi korxonaga pul mablag’lari zarur bo’lgan vaktda u vekselni tijorat
bankiga sotishi mumkin. Tijorat banki vekselni sotib olganda unda ko’rsatilgan summadan
kam summaga (ma’lum foiz ushlab uolgan xolda) sotib oladi. Zarur bo’lganda tijorat banki
vekselni Markaziy bankda xisobga qo’yishi mumkin. Bu xolda Markaziy bank ham o’z
foydasiga ma’lum foiz -xisob stavkasini ushlab qolishi mumkin. Markaziy bankning xisob
stavkasi alohida olingan davlatlarda zkar xil - 5% dan 15 % gacha bo’lishi mumkin-Tijorat
banklari veksellarni sotib olishda Markaziy oankning xisob stavkasiga tayanadilar. Markaziy
bankning xisob stavkasi tijorat bavklari o’rnatadigan xisob stavkaning eng past chegarasi
xisoblanadi. Odatda tijorat banklarining xisob stavkasi markaziy bankning xisob stavkasidan
yukori (0,5dan - 2%gacha) bo’ladi.
Tijorat banklarining qaytamoliyalashtirish siyosati -bu to’g’ridan-to’g’ri kreditlash,
veksellarni xisobga olish, kimmatbaho vrgozlarni garovga olgan xolda kreditlar berish va
kredit auktsionlarni utkazish yuli bilan amalga oshiriladi. Bundan kelib chikkan xolda
markaziy bankning qaytamoliyalashtirish operatsiyasi quyidagi usullarda olib borilishi
mumkin:
- tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni xisobga olish yo’li bilan kreditlash,
- tijorat banklari ixtiyoridagi kimmatbaho qog’ozlarni garovga olish yo’li bilan
kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi.
O’zbekiston Respublikasida Markaziy bank o’rnatilgan qoidalarga asosan, quyidagi
aktivlarni garovga olgan xolda 3 oygacha bo’lgan muddatda kreditlar berishi mumkin:
- oltin, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari va
boshqa boyliklar,
- davlatning karz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolatlangan. boshqa karz
vositalari,
- Markaziy bankda depozitga o’tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul
bo’lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan va Markaziy bank ular bilan ushbu
qonun doirasida boshqa xil operatsiyalar o’tkazishi mumkin bo’lgan aktivlar,
- to’lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari asosida kreditlar berilishi
mumkin.
Lombard kreditini berish, qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun foizlar to’lash
tartibi umumiy asoslarda amalga oshiriladi va u alohida qarz hisobvarag’i bo’yicha kredit
tartibiga o’xshashdir.
Asosiy faoliyat bilan bog’liq tovar moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan
xizmatlar haqini to’lash maqsadida to’zilgan pul hisob - kitob hujjatlari pulini to’lash uchun
qabo’l qilinadi. Qarz oluvchi bankka garovga qo’ygan qimmatli qog’ozlar bo’yicha
olinadigan daromadlarga foizlar qo’shilmaydi.
Qimmatli qog’ozlarni garovga olib kredit shartnomasi tuzilgandan keyin bank
qimmatli qog’ozlar emitentiga uning qimmatli qog’ozlarini garovga qo’yish bitimi
to’zilganligini hamda qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar kiritilishi lozim bo’lgan
depozit hisobvarag’i nomerini ma’lum qiladi. Lombard krediti beriladigan hollarda garovga
qo’yilgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha olinadigan daromadlar qarz oluvchining muddatsiz
depozit hisobvarag’iga qo’yiladi (depozit shartnomasini rasmiylashtirmasdan) va, birinchi
navbatda, ularni saqlash xarajatlarini qoplashga, shuningdek, kreditdan foydalanish uchun
foizlarni to’lashga yo’naltiriladi.
Kredit jarayonida bank garovga qo’yilgan qimmatli qog’ozlar kotirovkasi birja
kursidagi o’zgarishlar to’g’risida teleks, kompyuter aloqasi va aloqaning boshqa turlari
yordamida axborot to’plab boriladi.
Kredit davomida fond birjasida o’tkazilgan savdo natijalariga ko’ra, garovga
qo’yilgan qimmatli qog’ozlar qiymati pasaygan bo’lsa, u holda kredit qo’mitasining qaroriga
muvofiq qarz oluvchiga shu summada qo’shimcha ta’minot berish talabi bildirilishi yoki
kredit miqdori qaytariladi.
Tovar (mol) garovi ostidagi lombard krediti. Lombard krediti uchun garov
ko’rinishida faqatgina nisbatan baholi tovarlar, qaysiki ularning savdosi birjada yuritilishi,
tovar partiyasini miqdori va sifatini belgilash bilan bir vaqtda bahosini ham aniqlash imkonini
berishi shartidir.
Qimmatbaho metall garovi ostidagi kredit. Bu lombard kreditining eski usullaridan
bo’lib, hozirda u juda kam ishlatiladi. Garovni baholashdagi qiymati bu asosan oltin tangalar,
slitkalar, kumush, platina va boshqalar qariyb 95% foiz qimmatbaho metall narxiga mos
keladi.
Lombard krediti - kreditlashning bu usuli asosan likvid mol mulk hisoblangan tillo
taqinchoqlar garov asosida kredit berishga asoslanadi. Bu kredit kredit muassasi uchun
deyarli risk darajasi past xisoblanadi. Chunki tillo buyumlar eskitdan yuqorilikvidli tovar
sifatida tarixga ega. Biz kreditlashning bu usuli orqali pul mablag’lariga muxtoj bo’lgan
ishlab chiqarish va savdo majmualarini moliyaviy qo’llab quvvatlnib boriladi.
Shu tarzda Markaziy banklar bozorlarning o’rtacha foiz stavkalarini belgilaydi.Bu
mazkur sharoitda barcha bozorlar xususan kredit va kapital bozorlari uchun bazaviy foiz
stavkalari qabo’l qilinadi.
Bank kredit siyosati bank resurslari, ularning joylashtirilish bilan chambarchas
bog’liq. Bank resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag’lar, jumladan yuridik va
jismoniy shaxslarning depozitlaridan tashkil topadi. Shuningdek, hozirgi kunda jalb qilingan
resurslar ichida banklararo kredit xam alohida o’rin egallaydi. Depozitlar bo’yicha
belgilangan foiz stavkalari, hamda boshqa bankdan olingan kredit uchun foiz stavkalari bank
tomonidan beriladigan kreditning foiz stavkalari bilan bog’liq bo’ladi. Kredit siyosatining
aniq va mukammal tayyorlanish va izohlanish xar bir bank uchun kreditlash jarayonini ijobiy
tashkil etish uchun asos bo’ladi. Bank tomonidan to’plangan resurslarni to’g’ri va oqilona
joylashtirish bankning kredit siyosatining sifatiga bog’liq bo’ladi. Kredit siyosati sifatiga va
xolatiga qarab bank jalb qilgan resurslarini to’g’ri joylashtirish va oldindan ko’zlangan
daromad olish imkoniyati yaratiladi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |