Buni qanday aniqlaymiz?
Bunda, biz “Bahslashuv” hamkorlik ta’lim texnologiyasidan foydalanamiz:
Texnologiyaning maqsadi - o’quvchilarning bir-birlariga tezlik bilan ko’nikishlari yoki o’zaro bir-birlari bilan yaxshi munosabatda bo’lishini ta’minlash.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:
Tanlanadigan mavzu o’quvchilarni bahsga chorlovchi, muammoli bo’lish bilan bir qatorda qiziqarli bo’lishi kerak, aks holda, bahs davomida o’quvchilar o’z fikrlarini davomli bayon eta olmaydilar. Texnologiya - to’g’ri sharhlashga, o’z fikrini himoya qilishgan, erkin muloqot qilishga, dadil bahslashishga, nutqiy madaniyatga ega bo’lishga o’rgatadi. Bahsga tayyorgarlik:
• bahs mavzusini tanlash va tarbiyaviy vazifasini aniqlash;
• bahsni o’tkazish uchun mas’ul va boshlovchilarni tayinlash;
Bahs qatnashchilari qoidalari:
• fikrini bayon etishdan avval yaxshilab o’ylab olishi va aniq, soda, mantiqan hamda ketma-ketlik bilan bayon qilishi ;
• kimningdir fikriga qo’shilmasa, xatosini aytmay haqgo’ylik bilan bahslashish;
• bahslashuv vaqtida muloqot madaniyatiga rioya qilish: ovozni balandlatmaslik, bahslashayotgan suhbatdoshini hurmat qilish.
Aytaylik, 6-sinf adabiyot darsida X. To’xtaboyevning darslikda(2017-yil) berilgan “Sariq devni minib” asaridan parchalar o’rganilgach, o’quvchilarga «Bilimsizlik pand beradi» mavzusida tahlil darsi tashkil etiladi. (Darslikda mavzu yakunlangach «Bilimsizlik pand beradi» mavzusida insho yozish topshirig’i bor. 81-bet) Buning uchun mavzu g’oyasini belgilovchi o’quvchi kutmagan parchalar jamoada tahlil qilinadi, so’ngra barcha fikrlar saralanadi.
Bahslashuv uchun matn:
……..Ishqilib, ana shu narsalarni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldim-u, ertalab nonushtadan so‘ng to‘ppa-to‘g‘ri folbin xolamning uyiga qarab yo‘l oldim. Hovlisida yettita xotin, beshta chol, uchta bola o‘tirishibdi. Hammasi ham kasal bo‘lsa kerak, rangi oftob urgan xamakdek sap-sariq. Qalpoqni kiyib sekin ichkari kirdim. Folbin xolam qorong‘i uyda o‘tirib olib rom ochyapti, qarshisida bola qo‘ltiqlagan mening oyimga o‘xshagan cho‘ziq yuzli bir ayol o‘tiribdi……
Savol: 1. Nega folbin xolaning uyi odamlar bilan gavjum?
2. …… yettita xotin, beshta chol, uchta bola… Nima anglashildi?
3…… rangi oftob urgan xamakdek sap-sariq. Bunda-chi?
4. Folbinning qorong’u uyda rom ochishini qanday tushundingiz?
Ko’rinib turganidek, o’quvchi asarda bilimsizlikning pand berishi faqat Hoshimjonning emas, kichik matnda tasvirlangan kishilarning xatti-harakatlarida ham yaqqol sezilishini anglaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |