pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari
ajratib ko‗rsatilgan:
1. O‗z kasbiga muxabbat, o‗quvchilarni seva olishi.
2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.
3. Pedagogik taktga (odob va go‗zallikka) ega bo‗lish.
4. Bolalar jamoasiga singib keta olish.
5. O‗z mehnatiga ijodiy yondashish.
6. Javobgarlikni his etish.
7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.
O‗qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‗ziga xos tizimlari mavjud.
Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:
asosiy xususiyatlar;
tayanch xususiyatlar;
yetakchi xususiyatlar;
yordamchi xususiyatlar.
Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyatning samarali bo‗lishini va
shart-sharoitini ifodalamasdan, balki ko‗p jihatdan muvaffaqiyatli ishlashning
natijasi hamdir. Pedagogik qobiliyatda o‗qituvchining o‗zaro fikr almashuvi bilan
bog‗liq xususiyatlari asosiy rol o‗ynaydi. Quyidagi pedagogik qobiliyatning
asosiy
xususiyatlari
o‗qituvchining yuksak pedagogik-psixologik bilimlari natijasida
doimiy shakllanib boradi:
Kommunikativ qobiliyat:
o‗qituvchining pedagogik jamoa va ota-onalar,
mahalla ahli bilan bo‗ladigan o‗zaro muloqotida, ularning ruhiy holatlarini
tushunish va ularga hamdard bo‗lish, muloqotga kirishishida pok ko‗ngillilik.
O‗qituvchi bunda psixologik bilimlarga ega bo‗lishi, muomala madaniyatini
muntazam o‗zida shakllantirib borishi lozim.
77
O‘qituvchining komumnikativ ko‘nikmasi: o‘zini namoyon qila bilish, nutq
vositasi hamda so‘zsiz holatda inson ruhiyatini tushuna olish.
O‘qituvchining faoliyatida eng muhim narsa – bu uning nutqi va o‘quvchilar bilan
muloqatidir. Nutq - bu og`zaki kommunikatsiya, ya`ni til yordamida munosabat qilish
jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron – bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar
og`zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. So‘zlar eshittirib yoki ovoz
chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi yoki kar – soqov kishilarda biron - bir
mohiyatga ega bo‘lgan imo - ishoralar bilan almashtirilishi mumkin.Odamlar
o‘rtasidagi munosabatni telegraf orqali axborot berishga o‘xshatish mumkin emas.
Odamlar munosabatiga aloqa bog`lovchilarning his - hayajoni ham qonuniy
ravishda jalb etilgan bo‘ladi. U kommunikatsiyaning mazmuni hisoblanishi
narsaga ham, munosabatga kirishganlarga nisbatan ham taalluqli bu his- hayajonli
munosabatda o‘zgacha nutqsiz kommunikatsiya tarkib topadi. Nutqsiz
kommunikatsiya vositalariga qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo - ishora, ohang,
pauza, tark - tarovat, kulgu, ko‘z yosh qilish va shu kabilar kiradiki, bular og`zaki
kommunikatsiya vositalari – so‘zlarni to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba`zan esa
o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |