OʻQUV JARAYONIDA KREATIV FIKRLASHNI
ANGLASH VA BAHOLASH
24. Tutash kreativlik yondashuvlari ijodiy faollik uchun turli ichki
resurslarning ahamiyatiga hamda ijodiy faollik sodir boʻlayotgan atrof-
muhitning ahamiyatiga urgʻu beradi. Shuning uchun ham ular PISA tad-
qiqotining kreativ fikrlashni baholash yo‘nalishi uchun qulay sxemani
taqdim etadi. Lekin bolalarning kreativ fikrlashini yaxshiroq anglash
uchun, ushbu yondashuvlarni oʻquvchilarning maktabdagi kundalik
hayotiga mos ravishda kontekstga qoʻyish zarur (Glaveanu va boshqalar.,
2013 [44]; Tanggaard, 2014 [45]).
25. Oʻquv jarayonida kreativ fikrlashni kuzatishning bir qator muhim
jihatlari hamda tegishli elementlar orasidagi munosabatlar 1-shaklda
aks etgan. Ushbu model Kreativ fikrlash strategik konsultativ guruhi
(IHTT, 2017 [3]) taklif etgan kreativ fikrlashning besh oʻlchovli modeliga
asoslangan.
26. Maktablar oʻquvchi ichki resurslarining (bundan keyin «shaxsiy
yordamchi omillar» deyiladi) bir necha jihatlariga taʼsir oʻtkazishi mumkin,
jumladan, aqliy qobiliyatlar, soha bo‘yicha tayyorgarlik (domenga oid
bilim va tajribalar), yangi gʻoya va kechinmalarga ochiqlik, oʻzgalar bilan
hamkorlikda ishlashga hamda boshqalarning gʻoyasini takomillashtirishga
tayyor boʻlish, qiyinchilikka uchraganda davom etishga tayyor boʻlish
hamda kreativ yondashuv borasida oʻziga ishonch (maqsadning yoʻnalishi
va maslaklar), vazifa borasidagi ishtiyoq.
27. Kreativ fikrlashni qoʻllab-quvvatlashi yoki unga toʻsiq boʻlishi
mumkin boʻlgan oʻquvchining atrof-muhitiga kelsak (bundan keyin «ijti-
moiy yordamchi omillar» deyiladi), sinfda shakllangan madaniyat, maktab-
larning va umuman olganda taʼlim tizimining taʼlimga yondashuvi va umu-
miy ijtimoiy muhitlarning barchasi oʻquvchining ijtimoiy muhitini tash kil
etadi. Bularning bari oʻquvchi kreativ fikrlashga bergan ahamiyatga taʼsir
oʻtkazadi va kreativ fikrlash yoʻlida yo toʻsiq, yo madad boʻlishi mumkin.
28. Oʻquvchilarning shaxs sifatida yoki guruh boʻlib kreativ fikrlashini
kuzatish va baholash uchun maktablar qulay joydir. Sinfdagi ijodiy
marralar va ilgarilash deb, ijodiy ifodaning shakllari (yaʼni, ichki dunyosi
15
va kechinmalarini yozish, chizish, musiqa yoki boshqa sanʼat usullari orqali
ifodalash) bilimni orttirish (yaʼni, guruh uchun yangi boʻlmish bilimni
yaratish) yoki muammoni yechishga ijodiy yondashishga aytiladi.
29. Taʼlim jarayonida kreativ fikrlashning ushbu turli yordamchi
omillari oʻzaro chambarchas bogʻliqdir. Ijtimoiy yordamchi omillar madaniy
qadriyatlar ostida shakllanadi, bu esa, oʻz navbatda, oʻquvchining shaxsiy
yordamchi omillari qanday taraqqiy etishiga taʼsir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |