Ko’z kasaliklari va unda ishlatiliniladigon dori vositalarning kimyoviy tarkibi


I.I.3. Ko’z nurini tiklash — usullari, mashqlar, ko’rishni yaxshilash uchun xalqona vositalar



Download 372,73 Kb.
bet9/9
Sana21.04.2022
Hajmi372,73 Kb.
#570782
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Odam lotin

I.I.3. Ko’z nurini tiklash — usullari, mashqlar, ko’rishni yaxshilash uchun xalqona vositalar
Inson ko’rish orqali tashqi muhit haqidagi ma’lumotlarning 90% ni qabul qiladi. Ko’z nurini tiklash va yaxshilash usullarini bilish orqali nafaqat miopiya yoki gipermetropiyani davolash, balki ko’rish qobiliyatini ancha yaxshiroq qilish mumkin. Ko'z nurini yaxshilash. Misol uchun, uy sharoitida bajariladigan mashqlar yordamida, teleskopik ko’rish — oddiy odamlar ko’ra olmaydigan masofadagi jismlarni aniqroq ko’rish qobiliyatini rivojlantirish mumkin. Bu qobiliyatni Indeyslar bolalikdan shug’ullantirishadi. Natijada ular ufqda bazo’r ko’rinadigan nuqtada qabila vakilini osongina tanib olishgan. Bu qobiliyat shuningdek, dengizchilar, uchuvchilar va ovchilarda ham bor.
Mikroskopik ko’rish qobiliyati guruch urug’i kesimiga uzun matnlarni yozish imkonini beradi. Ko’rish qobiliyatini yaxshilash: to’g’ri odatlarga amal qilish
ko’z nurini tiklash maqsadida u yoki bu usulni izlashga to’g’ri kelmasligi uchun, ko’z nuri yomonlashishini o’z vaqtida oldini olish kerak:
Ko’rishni yaxshilashning eng aniq va mashhur choralardan biri — ish vaqtida mahalliy yorug’lik yetarli bo’lishini ta’minlashdir. Yorug’lik yetishmasligi tezda vizual charchashga olib keladi, natijada ko’rish qobiliyati pasaya boshlaydi.Yorug’lik ortqichaligi uning yetishmasligi kabi bir xil zarar. Stol lampasidagi yorug’lik ko’z qorachig’iga tushmasligi kerak. Bundan tashqari, quyosh nurlari ostida kitob o’qish tavsiya etilmaydi — ravshan oq qog’oz ko’zning zo’riqishiga olib keladi.Miyaning ensa qismida joylashgan ko’rish bo’limi yetarli miqdorda kislorod bilan ta’minlanishi kerak. Agar bosh uzoq vaqt davomida stol yuzasiga egilib tursa, qon ta’minoti yomonlashadi. Darslarni tayyorlash davomida bolalarda ko’rish yomonlashishining oldini olish uchun, ustki yuzasi biroz qiya bo’lgan va yerga parallel bo’lmagan stol-parta tanlash afzaldir.Ajoyib profilaktika — stolda o’tirib, kitob sahifasining tekisligini yuzga qat’iy tekis perpendikulyar qilib o’rnatish. Buning uchun kitob yoki darslikni maxsus o’rnatgich yordamida o’qish qulay. Bosh va orqa bir chiziqda bo’ladi, bu shuningdek miyani qon bilan yaxshi ta’minlanishiga yordam beradi.Uy sharoitida ko’z nurini qanday qilib tiklash mumkin. Turli masofalardagi ob’yektlarni zaif ko’rishning asosi — u yoki bu vizual zo’riqish. Qo’shimcha zo’riqish ko’zning kuchini yaxshilashga xalaqit beradi. Shuning uchun uyda ko’z nurini tiklashni zo’riqishni bartaraf etishdan boshlash kerak. Bu chora ruhiyatni faoliyatga tayyor bo’shashgan holatga keltiradi. Palming qanday amalga oshiriladi?
Ko’z zo’riqishini yengillashtiradigan eng oddiy va eng samarali mashqlar Amerikalik oftalmolog doktor Beyts tomonidan o’ylab topilgan. U palming deb ataladi, uni uyda yoki ishda bajarish qiyin emas, bu orqali ko’z nurini o’tkirlashtirishga erishish mumkin:
Tirsaklarni stolga qo’yib, o’tirish kerak. Qulaylik uchun, tirsaklar ostiga bir necha marta qatlangan junli mato yoki kichik yostiqcha qo’yish mumkin. Ensa, bo’yin va orqa bitta to’g’ri chiziqda bo’lishi kerak, shunda miya qon bilan optimal ta’minlanadi.Ko’z nurini tiklashni qo’llarni yengil silkitishdan boshlash yaxshi. Hech kimga sir emaski, ruhiyat tarang bo’lsa, barmoqlar mushtga yig’iladi, bilaklar esa taranglashadi. Qo’llarni silkitish teskari ta’sir beradi: ruhiyat qo’llar bo’shashgan bo’lsa, u ham bo’shashishi mumkinligi haqida signal oladi.Kaftlar issiqroq bo’lishi uchun ularni bir-biriga ishqalash foydali, bunda ular kuch va energiyaga to’layotganini tasavvur qilish tavsiya etiladi.Qo’llaringizni hovuch kabi qilib, ularni yumilgan ko’zlaringizga qo’ying, bunda jimjimaloqlar asosi burun va peshona tutashgan joyda birlashishi kerak, huddi ko’zoynak tutashtirgichi kabi. Kaftning asosi esa yonoqlarda bo’ladi. Qo’l bilan kuchli bosishga hojat yo’q, bunda ko’zni ochib-yumish imkoni bo’lishi kerak. Shu bilan birga, kaft va yuz aloqa qiladigan joylardan yorug’lik o’tmasligi lozim. Bilaklar bunda bo’shashgan holatda saqlanadi.Ko’zlarni yumib, yoqimli narsalar haqida o’ylash kerak. Xotiralar juda turlicha bo’lishi mumkin. Asosiy talab — ular yaxshi va kishiga orom bag’ishlashi kerak. Uy sharoitida ko’rishni takomillashtirish ruhiyatning bo’shashishidan kelib chiqadi.Ko’rish uchun mashq to’g’ri bajarilayotganini tekshirish uchun, xotiralarni yodga olish vaqtida vaqti-vaqti bilan rangga e’tiborni qaratish lozim. Agar ruhiyat butunlay bo’shashsa, rang qora bo’ladi. Aks holda, yoqimli xotiralarni eslashni davom ettirish kerak.
Palming charchoq yoki zo’riqish sezilishining birinchi belgilarida va o’zingiz xohlaganingizcha bajarilishi mumkin. Palming ko’z nurini tiklovchi deyarli har qanday usulda foydalaniladi, chunki aniq va ravshan ko’rish faqat turli xil ko’z mushaklarining muvofiqlashtirilgan faoliyati natijasi emas, balki ixtiyor bilan boshqarilmaydigan ruhiy jarayon hamdir. Shunday qilib, uy sharoitida ko’rishni yaxshilash uchun, ko’zning ishlariga ruhiyat orqali ta’sir qilishni o’rganish kerak. Agar ko’z mushaklari zo’riqqan bo’lsa, bo’shashishga erishish qiyin. Palming bu to’siqni yengib o’tishga yordam beradi. Bundan tashqari, kaftlarni to’g’ri ishlashi ham ko’z nurini tezda tiklashning samarali usuli hisoblanadi. Kichik darajadagi miopiyalarda uyda yoki ishda bunday bo’shashish usuli natijalari hatto bir haftada sezilishi mumkin. Ko’zoynaklar ko’zlarini kuchli ravishda harakatsizlantirishi sir emas. Ko’zoynak linzalari orqali eng aniq tasvirni olish uchun, uning optik markazidan qarash kerak. Chap yoki o’ng tomondagi narsalarni aniq ravshanlik darajasida ko’rish uchun siz ko’z mushaklarini emas, balki boshingizni burishingiz kerak bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan ko’z mushaklari zaiflashib boraveradi.
Ko’rish o’tkirligini tiklash: ko’z mushaklari uchun mashqlar
Zaiflashgan ko’z mushaklarining kuchini tiklash va aniq ko’rish qobiliyatini yaxshilash uchun har kuni oddiy mashqlar bajarish kerak: Maksimal amplituda bilan chap va o’ng tomonga qarash.Maksimal amplituda bilan yuqori va pastga qarash.Ko’zlarni aylana bo’yicha harakatlantirish, bunda ko’zlar bilan imkon qadar keng aylana «chizish» kerak. Yo’nalishi navbati bilan soat millari bo’yicha va soat millariga qarshi bo’lishi kerak.Bir necha marta ko’zingizni qattiq yuming, so’ngra keng qilib oching.Diagonal harakatlar. Yuqori chap burchakka qaray boshlang va nigohni quyi o’ng burchakkacha tushiring. Boshlang’ich holatga qaytaring. Ko’zlarni ochib-yuming. Yuqori o’ng burchakka qarang, nigohni chap pastki burchakka qarata tushiring. Ko’zlarni ochib-yuming. Boshlang’ich holatga qaytaring.Ikkita ko’zni ham burun va peshona tutashgan joyga qaratishga harakat qiling. Agar bosh aylanishi belgilari mavjud bo’lsa, mashqlar intensivligini kamaytirish yoki mashqni o’tkazib yuborish kerak.Bir daqiqa davomida ko’zni ochib-yuming. Bunday holda, ko’z qovoqlari yengil tabiiy harakatlar bajarishi lozim, hech qanday qo’shimcha kuch ishlatish kerak emas.Oynaga qora rangli qog’ozli doiracha yopishtiring. Oyna yoniga borib, birinchi bo’lib qora qog’ozchaga qarang. Keyin derazadan tashqaridagi biron 6-8 metr uzoqlikda joylashgan ob’yektlarga. So’ng nigohni yana qog’ozchaga qaytaring. Bir necha marta takrorlang.O’n daqiqa palming qiling. Bu mashqlar ko’z nurini tiklashga yordam beradi. Asosiy qoida — ularni amalga oshirishning muntazamligi va to’g’riligi.
Ko’zlar tez-tez charchasa, qanday qilib ko’rishni yaxshilash mumkin
Ishda va uyda ko’zdan foydalanish shartlarini yaxshilaydigan oddiy mashqlar bajarish kerak. Ular, shuningdek, ko’z charchasini oldini olishda va ko’rishni yanada ravshanroq bo’lishiga yordam beradi: Chuqur nafas oling, ko’zlarni qattiq yuming. Keyin bo’yin va yuzingizni kuchantiring. Nafasingizni 3-5 soniya ushlab turing. Nafasni chiqarib, ko’zlarni katta oching. 5-7 marta takrorlang.Ko’zni yumib, barmoq bolishchalari bilan qosh yoyi bo’ylab yengil massaj qiling. Shunindek pastki qovoqlar ostida ham, shu yo’nalish bo’yicha.Ko’zlarni yumib, avval soat millari bo’yicha bir necha aylanali harakatlarni amalga oshiring, so’ngra soat millariga teskari yo’nalishda.O’n daqiqa palming qiling.Ko’z nurini xalqona vositalar yordamida yaxshilash. Ko‘z mushaklari, har qanday boshqa mushak kabi mashq qilib turilmasa, zaiflashib qoladi. Adme.ru ko’z nurini tiklash, shuningdek, ko‘rish qobiliyatini yaxshilash 9 sinalgan usulini taqdim etdi.
Kun davomida ko‘zingizni toliqtirmaslikka harakat qiling. Har 2-3 soatda bir necha daqiqaga ko‘zlaringizni yuming va biroz tin oling. Quyidagi suratdan 16 ko‘z mashqini o‘rganib olish mumkin. Ularni har kuni ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha bajaring. Agar siz ko‘zoynak taqsangiz, ulardan foydalanish vaqtini imkon qadar qisqartiring yoki vaqti-vaqti bilan ko‘zoynakni olib turing. Ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlaringizdan foydalanib, aylanma harakatlar bilan ko‘zlaringizni yengil uqalang. Mashqlarni bajarishda siz u qadar kuchli bo‘lmagan bosimni his qilishingiz kerak, lekin og‘riqni emas. Quyida ko‘rsatilgan nuqtalar yo‘nalishi bo‘ylab harakat qiling. Ko‘chaga chiqayotganingizda oyoq ostiga emas, uzoqlarga qarang. Imkon qadar tez-tez sabzi sharbatini ichib turing (iloji bo‘lsa har kuni). Sabzi sharbati maksimal darajada foyda berishi uchun unga 1-2 tomchi zaytun yog‘i qo‘shing. Bu uning ta’mini buzmaydi, u sharbatning ijobiy ta’sirini yanada oshiradi. Ko‘zlaringizda charchoqni his qilsangiz, ularni iliq suv bilan yuvib tashlang. Uyquga 2 soatcha qolganda kompyuter, televizor yoki smartfon ekraniga qaramaslikka harakat qiling. Yoga mashqlaridan biri bo‘lgan tratakni sinab ko‘ring. U ko‘zlarga yordam beradi va xotirani mustahkamlaydi.
Ochiq kenglikda joylashgan kichik harakatsiz predmet qarshisiga o‘tiring (masalan, shamlar). Nigohingiz va butun diqqatingizni unga qarating. Ko‘zingizni pirpiratmaslikka harakat qiling. Xotirangizda ushbu predmet tasvirini detallashtiring. Shundan so‘ng ko‘zingizni yuming va nigohingizni qoshlar orasidagi masofaga qarating-da, predmet obrazini imkon qadar miyangizda ushlab turing. Shu mashqni taxminan 10 daqiqa bajaring. Mashq maqsadi — ko‘zlar charchagunga qadar xotirada predmetning aniq tasviriga erishish. Ko’z nurini tiklash uchun ovqatlanish tartibi qanday bo’lishi kerak?
Ko’z nurini tiklash uchun xizmat qiladigan, ko‘zlaringiz uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar quyidagilardir: Baliq va dengiz mahsulotlari;Sut mahsulotlari;Mol, tovuq, kurka jigari;Sabzavotlardan tayyorlangan sharbatlar.
Albatta yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarning hammasi ovqatlanish tartibingizda har kuni bo‘lishi shart emas, hech bo‘lmaganda ikkitasi bo‘lsa ham kifoya. Baliqqa keladigan bo‘lsak yog‘li, dengiz turidagilarni tanlash kerak. Haftada ikki marta baliq mahsulotlari iste’mol qilib turish organizm, ayniqsa ko‘zlar uchun ancha foydali. Piksha, semga, paltusa, losos, skumbriya kabi mahsulotlar o‘zida omega-3-yog‘ kislotalarini ko‘proq saqlaydi.
Bu moddalar ko‘z uchun foydali, hamda miyada qon aylanishini ham yaxshilaydi. Muntazam ravishda baliq mahsulotlarini iste’mol qilib turish ko‘zda qon aylanishini, ateroskleroz hosil bo‘lmasligini ta’minlaydi va stress holatlaridan chiqib ketishga yordam beradi. Jigar temir mikroelementiga boy, ular qon hosil bo‘lishiga yordam beradi. Yosh buzoqcha, tovuq yoki kurka jigarini iste’mol qilish foydalidir. Sut mahsulotlaridan qayta ishlovdan o‘tmagan sutni iste’mol qilish kerak. Bunday sut mahsulotlarini supermarketlardan bemalol topsa bo‘ladi, ular sterilizatsiyadan o‘tmagan, lekin pasterizatsiyadan o‘tgan, ya’ni qaynatilmagan, ammo iste’molga yaroqli hisoblanadi.
Sabzavotlar sharbati yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlardan ham ko‘roq foydali hisoblanadi. Ko‘z o‘tkirligini yaxshilash uchun sabzi, petrushka, selderey va ismaloq kerak bo‘ladi. Aynan mana shu o‘simliklar tarkibida vitamin va mikroelementlar ko‘p va ular ko‘z uchun juda foydali. Ulardan tayyorlangan sharbatlarni vaqti-vaqti bilan iste’mol qilib turish tavsiya etiladi.
Ko’rishni xalqona vositalar yordamida tiklash va yaxshilash uchun to’r pardaga yetarli qon borishini ta’minlash kerak. Tabiiyki, chernika iste’mol qilib ko’rish qobiliyatini butunlay tiklab bo’lmaydi. Lekin ijobiy natija biroz bo’lsada bo’ladi. Har kuni muzdan eritilgan brusnika yoki chernika yeyish foydali, mavsumida esa — yangi uzilganini. Shuningdek A, B, C vitaminlari ham ko’z nurini tiklashga yordam beradi, ular ham bolalar, ham kattalar uchun kerak.
Sabzida A vitamini va beta-karotin ko’p. Ko’rishni ravshan bo’lishiga yordam berish uchun, A vitaminini o’z ichiga olgan oziq-ovqat va turli xalqona vositalarni yog’ bilan iste’mol qilish kerak, chunki bu vitamin yog’da eriydi. Masalan, sabzidan tayyorlangan salatlarga zaytun yoki qovoq moyini qo’shish foydalidir.
Ko‘z shifokori Andrey Sorokin o‘z blogida ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun rasionga kiritilishi kerak bo‘lgan foydali mahsulotlarni sanab o‘tdi:
Ismaloqning muhim ustunligi - unda antioksidant lyuteinning mavjudligidir. Ushbu modda ko‘zlarni quyosh nurining zararli ta’siridan himoya qiladi. Shuningdek, ismaloq tarkibida foliy kislotasi, beta-karotin, C, K vitaminlari, B guruhi vitaminlari, magniy va kaliy ham mavjud. CHernika antioksidantlar, A, C vitaminlari va ruxga boy, ular yorug‘lik past sharoitlarda ko‘rishni moslashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, rezavorda katarakt rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi YE vitamini mavjud. Tuxum sarig‘i ikki antioksidant- lyutein va zeaksantinlarning ajoyib manbasi. Ikkala pigment ham ko‘zlarni oziqlantirishga yordam beradi, shuningdek, to‘r pardasini shikastlanishdan himoya qiladi. Bundan tashqari, tuxumda A, B2, B5, B12 va YE vitaminlari, shuningdek foliy kislotasi, selen, kalsiy, temir, kaliy, rux, magniy, to‘liq proteinlar mavjud. 
Zaytun moyi tarkibida foydali to‘yinmagan yog‘ kislotalarga qo‘shimcha ravishda A va YE vitaminlari mavjud. Birinchisi ko‘rishni yaxshilaydi, ikkinchisi ko‘zlarga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Oz miqdordagi zaytun moyini iste’mol qilish ayniqsa retinal kasalliklarga chalingan insonlar uchun tavsiya etiladi. 
Yog‘li baliq, ayiqsa losos, tunes, skumbriya kabi baliqlar ko‘z to‘r pardasi uchun zarur bo‘lgan to‘yinmagan omega-3 yog‘ kislotalarining ajoyib manbaidir. Omega-3 yetishmasligi quruq ko‘z sindromini keltirib chiqarishi mumkin. Agar siz baliqni yoqtirmasangiz, yog‘ kislotalarini zig‘ir yoki zaytun moylaridan topishingiz mumkin.
Bodom tarkibida E vitamini ko‘p miqdorda. Bu to‘r pardasi emirilishining oldini oladi. Pomidor S vitamini va likopen manbai hisoblanib, keksalarda ko‘rish qobiliyati pasayishini to‘xtatadi. Yangi pomidorlarni zaytun moyi bilan birga iste’mol qilish ko‘z uchun juda foydali. Sabzi beta-karotinga eng boy sabzavotlardan. Uning tarkibidagi A vitamini alohida e’tiborga loyiq: u to‘r pardasi degenerasiyasi xavfini 50 foizga kamaytiradi va ko‘zlarni namlaydigan modda ishlab chiqarishni ko‘paytiradi. Brokkoli ko‘z yaxshi ko‘rishi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarga - lyutein, zeaksantin, B2, C vitaminlariga, shuningdek kuchli antioksidant-sulfforafanga boy. Ushbu moddalar ko‘rish qobiliyatini yoshga bog‘liq kasalliklardan himoya qiladi. To’r pardada katta miqdorda rux mikroelementi mavjud. Shuning uchun, ushbu mikroelementni o’z ichiga olgan mahsulotlar bilan ko’rishni yaxshilash mumkin. Organizmdangi rux zahiralarini shirin bulg’or qalampiri, qovoq urug’i va yangi siqilgan lavlagi sharbati qayta tiklaydi. Sharbatni ichishdan oldin, uni ikki soat tindirgan yaxshiroq. Yarmini suv bilan suyultirib ichish tavsiya etiladi.

Download 372,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish