Ko’z gigiyenasi
Bilamizki, ko‘z insonning eng muhim va kerakli a'zolaridan bir hisoblanadi. Ko‘zlarimiz orqali bu yorug‘ olamni ko‘ramiz, asosiy ma'lumotlarni olamiz.
Koʻz kasalliklari — ko'z soqqasi, qovoq, konʼyunktiva, koʻz yoshi aʼzolari va koʻz kosasi kasalliklari, yaqindan va uzoqdan koʻra olmaslik, koʻz astigmatizm ham koʻz kasalliklariga kiradi. Koʻz kasalliklari tugʻma va hayotda orttirilgan, yuqumli va yuqumsiz, oʻtkir va surunkali, boʻladi.
Organizmning umumiy kasalliklari: infeksion (sil, zaxm, revmatizm, gripp, difteriya, tif), parazitar (har xil gelmintlar, exinokokklar qoʻzgʻatadigan), endokrin (qandli diabet), qon tomir (gipertoniya kasalligi va boshqalar) kasalliklari, qon kasalliklari (leykoz), oʻsmalar (rak, sarkoma), markaziy nerv sistemasi kasalliklari (meningit, miya oʻsmasi), shuningdek, burun boʻshlig’idagi patologik jarayonning atrofga tarqalishi koʻz kasalliklariga sabab boʻladi. Koʻzga infeksiya tushishi, mexanik, kimyoviy (kislota va ishqorlar) va fizik omillar (issiqlik, yorugʻlik, radioaktiv nur)dan shikast yetishi ham koʻz kasalliklariga olib keladi. Glaukoma, traxoma kabi kasalliklarda, koʻz ogʻir shikastlanganda va kuyganda, koʻrish nervi atrofi yaxshi kishi vaqtida davolanmasa, koʻr boʻlib qolishi mumkin. Koʻz kasalliklarining paydo boʻlish sabablari, davosi va oldini olish masalalarini oftalmologiya oʻrganadi.
Oftalmolog bu ko’z bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarni tashxisini qo’yadigan va ularni davolash bilan shug’ullanadigan shifokor hisoblanadi. Oftalmologni xalq orasida ko’pincha okulist (“okulus”-ko’z, “ista”-kasb nomini anglatuvchi qo’shimcha) deb ham nomlashadi. Oftalmologiya - koʻzning normal holati va kasalliklarini oʻrganadigan fan. Klinik tibbiyotning bir boʻlimi. Oftalmologiya bu ko’z va uni tashkil etuvchi barcha qismlarni o’rganadigan tibbiyotning bir yo’nalishi hisoblanadi.
Ko’z kasalliklarini davolashda eng muhimi yaxshi oftalmolog shifokorni topish zarur. Shifokor davolashda dori-darmonlardan tashqari har-xil fizioterapevtik va ko’z uchun maxsus bo’lgan mashqlardan foydalanadi. Oftalmolog huzuriga borish uchun kasal bo’lish shart emas. Odam o’z ko’zlarini kasalliklardan saqlash uchun yilda ikki marotaba oftalmolog ko’rigidan o’tishlari tavsiya etiladi. Ayniqsa komputer va elektron asbob-uskunalardan ko’p foydalanadiganlar. Shuni yodda tutish zarurki biz 90% ma’lumotni ko’zlarimiz yordamida qabul qilamiz. Shuning uchun ko’zni sog’lom bo’lishu juda muhim.
Ko‘z xiralik xastaligiga duchor bo‘lgan insonlar (tibbiyot mutaxassislari atamasi bo‘yicha miopiya) uzoqdagi obyеktlarni xira ko‘rib, ma'lumotlarni o‘qib, anglashlari qiyinchilik bilan kеchadi. Lеkin bunday insonlar yaqin masofadagi obyеktlarni, masalan, kitob yoki kompyutеr monitoridagi yozuvlarni bеmalol o‘qishlari, anglashlari mumkin. Bu holat tasvir ularning ko‘z qorachig‘ida markazlashgan holda yo‘naltirilganidan emas, balki tasvir ularga yaqin masofada bo‘lgani uchun yuzaga kеladi. Tajriba va tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, miopiya maktab yoshidagi o‘quvchilarda va katta yoshdagi kishilarda ham ko‘z tizimining zo‘riqishi va aqliy mеhnat bilan shug‘ullanish natijasida rivojlanar ekan.
Kompyutеr oldida o‘tirib ishlovchi foydalanuvchilarda ham monitor ekranidagi dinamik harakatlanuvchi tasvirlarning almashishi, ayniqsa, yaqin masofadan turib, turli xildagi kliplar, filmlar yoki o‘yinlar bilan shug‘ullanish ko‘z tizimiga salbiy ta'sir etadi. Shuning uchun monitor ekrani bilan foydalanuvchi orasidagi masofa kamida 50 sm dan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Ko‘z xiralik xastaligini oldini olishda ish o‘rnidagi yorug‘lik manbaining to‘g‘ri yo‘naltirilganligi katta ahamiyatga ega. Lyuminеssеntli lampalar (lyuminessentli lampa – gazzaryadli yorug’lik manbai, unda elektr razryadi simob bug’larida ultrabinafsha nurlanish hosil qiladi va lyuminofor yordamida ko’rinuvchi nurga aylanadi) o‘rniga oddiy lampochkali chiroqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Sababi uminеstsеntli lampalar ishlashida yorug‘likning lipillashi, ba'zi noxush shovqinli tovushlar chiqishi kuzatiladi. Yorug‘lik manbaining nuri monitor ekranida akslanmasligi kеrak. Shuning uchun kompyutеr monitori quyosh nuriga qarama-qarshi bo‘lgan joyga o‘rnatilmagani ma'qul. Xonada chiroqni o‘chirib kompyutеr monitorini kuzatish yoki ishlash umuman mumkin emas. Sababi qorong‘i xonada ekran orqali tarqatilayotgan nur kuchlanishi ko‘z tizimining zo‘riqishiga olib kеladi.
Har bir soat oralig’ida ko‘z gimnastikasi mashqlarini bajarib turish tavsiya etiladi.
Hozirda maktab o’quvchilari orasida ham ko’plab ko’z kasalliklari uchrab turganlini guvohi bo’lishimiz mumkin. Shuning uchun maktab o’quvchilari va sinfxonalarga alohida gigiyenik qoidalar tavsiya etiladi. Ya’ni ular o’qish, yozish, chizish mashg’ulotlarida buyumlarni ko’zdan 40 sm masofada tutish kerak va har 15 daqiqada ko’zga 15 daqiqa dam berib, derazadan uzoqqa qarash kerak, kundalik taomlarimiz tarkibida A vitaminiga boy taomlar (baliq yog’i, sariyog’, sut, tuxum sarig’i, baliq ikrasi, jigar, sabzi, qovoq)ni muntazam iste’mol qilib borish lozim, transport vositalarida ketayotganda kitob o’qimaslik kerak (gavhar toliqib xiralashishiga olib keladi).
Yaqindan ko'rishning oldini olish ko'z toliqishini kamaytirishga qaratilgan bo‘lishi kerak,
o’qish,yozish va rasm solish paytida yorug'likning chap tomondan yetarlicha tushib turishi,
ravshan bosma matnnigina o'qishi lozim. Yaqindan ko'rishning avj olib ketishiga yo'l qo'ymaydigan zamonaviy profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun bu juda muhimdir. Yaqindan ko'radiganlarga o‘rinda yotgan holda, transportda ketayotgan paytda o'qish tavsiya
etilmaydi. Yaqindan ko'radigan bolalarni yorug'lik yaxshi tushib turadigan oldingi partalarga
o'tkazish zarur.
Andijon viloyati, Shahrixon tumani, 44-IDUM, Biologiya fani o’qituvchisi Meliboyev Javohir
Do'stlaringiz bilan baham: |