16-MAVZU: “KOXONALAR FAOLIYATIDA BANKROTLIK AMALIYOTI
VA UNING TASHKILIY XUSUSIYATLARI”
Reja:
1. Korxonalar bankrotligi va uni bashorat qilish mezonlari
2. Korxonalar bankrotligiga sabab boʻluvchi omillar
3. Korxonalarning bankrotligini oldini olish, ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish
va restrukturizatsiya qilish yoʻnalishlari
Tayanch soʻz va iboralar:
bankrotlik, kelishuv bitimi,
kreditorlar, kreditorlar
yigʻilishi (kreditorlar qoʻmitasi) vakili, kuzatuv, majburiy toʻlovlar, moratoriy, pul
majburiyati,
sud boshqaruvchisi, sudgacha sanatsiya qilish, sud sanatsiyasi,
tashqi
boshqaruv, Altman modeli, moliyaviy sogʻlomlashtirish
1. Korxonalar bankrotligi va uni bashorat qilish mezonlari
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini takomillashib borishi munosabati bilan
Respublikada faoliyat olib borayotgan xoʻjalik yurituvchi obyektlarini barqaror va
samarali faoliyat koʻrsatishi uchun etarli shart-sharoitlar vujudga keltirilmoqda.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik jamiyat
qurish
maqsadida
ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar
bosqichma-bosqich
amalga
oshirilmoqda. Jamiyatni boshqarishning yangi tizimi ishlab chiqilib, yoʻlga qoʻyildi.
Iqtisodiyotni boshqarish va tartiblashtirishda davlatning rolini pasaytirish hamda ushbu
jarayonning asosan turli iqtisodiy vositalar orqali
amalga oshirilishi bozor
iqtisodiyotining
asosiy
talablaridan
biridir.
Islohotlarni
huquqiy
jihatdan
mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qonunlar,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek turli tegishli me’yoriy hujjatlar qabul
qilindi.
Bozor infratuzilmasi mexanizmlarining faoliyati yoʻlga qoʻyilgach, u oʻz
samarasini bera boshladi. Chet el investitsiyalari kirib keldi, qoʻshma korxonalar barpo
etildi, ishlab chiqarishning yangi tarmoqlari ishga tushirildi va hokazo. Shu bilan birga
iqtisodiyotga bozor qonunlari oʻz ta’sirini oʻtkaza boshladi. Aksariyat korxonalar
bozor qonunlarini mukammal oʻrganmasligi, bozor talablari doirasida faoliyat
koʻrsatmasligi natijasida iqtisodiy inqirozga yuz tuta boshladi.
Ushbu holatda
jamiyatda yana bir institutni yaratish zarurati tugʻildi. Shunday yangi yoʻnalishlardan
biri xoʻjalik yurituvchi obyektlarning iqtisodiy nochorligi, bankrotlik bilan bogʻliq
boʻlgan jarayon hisoblanadi.
Xoʻjalik yurituvchi obyektlarni bankrot deb e’lon qilinishiga ya’ni korxonalari
faoliyatining tugatilishiga ta’sir koʻrsatuvchi omillarni shartli ravishda obyektiv va
obyektiv omillarga ajratib olish zarur boʻladi.
Obyektiv omillar sirasiga, xoʻjalik
yurituvchi obyektlarning hatti-harakati, faoliyat doirasi va shart-sharoitlaridan qat’iy
nazar, mavjud iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida vujudga keluvchi hamda
ta’sir koʻrsatuvchi omillar kiradi. Odatda obyektiv omillar ta’sirining oldini olish yoki
boshqarish imkoniyat darajasidan tashqarida boʻladi. Kichik tadbirkorlik faoliyatining
iqtisodiy tabiatini belgilab beruvchi oʻziga xos xususiyatlarning aksariyati ushbu soha
obyektlari faoliyatining tugatilishida obyektiv omillar sifatida namoyon boʻladi.
2
Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan bankrotlik darajasi juda yuqori va
yuqori boʻlgan korxonalar Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul
qilingan «Bankrotlik toʻgʻrisida»gi (2003 yil 23 aprelda oʻzgartirihsh kiritilgan)
Qonuniga muvofiq iqtisodiy nochor deb topildai va tugatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi «Bankrotlik toʻgʻrisida» gi
Yangi tahrirdagi Qonunda bankrotlik va asosiy
foydalaniladigan atamalarga
quyidagicha tarif berilgan: