- korxona va tashkilotlarni restrukturizatsiyalashda korxonalarga tashqi va ichki investitsiyalarni jalb qilishdir.
Korxona va tashkilotlarda qo’shimcha aktsiya chiqarish, yoki korxona egalarini o’zgartirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu masala hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
- korxonalarning boshqaruv tizimlarini restrukturizatsiyalash.
Korxalarning boshqaruv tizimlarini bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holda restrukturizatsiyalash, yangi tizimlar tashkil qilish va korxonalarda kompyuter informatsion sistemalarni joriy qilish nazarda tutiladi.
Xorijiy davlatlarda olib borilgan restrukturizatsiyalash ishlarini tahlil qilib ko’radigan bo’lsak, restrukturizatsiyalash jarayoni asosan biznesni yangi mavqelarga olib chiqish, qiymatini oshirish, yangi bozorlarni egallashga erishish va yangi texnologiyalarni joriy qilish yo’lida olib borilgan. Shu bilan birgalikda oxirgi yillarda yirik korxonalarda olib borilgan restrukturizatsiyalash jarayoni, ularning bozordagi monopol holatlarini kamaytirish maqsadida olib borilgan.
Iqtisodiyotning izchil va barqaror rivojlanishini ta’minlashda kelgusi davr uchun puxta va har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo’nalishlar, turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlarning ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ayni paytda, bosib o’tilgan yo’l – oldingi davrdagi erishilgan yutuq va natijalarni tanqidiy baholash orqali tegishli xulosalar chiqarish, ular asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini yanada takomillashtirib borish ham muhim printsipial ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi sharoitda korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, moliyaviy resurslar va moliyaviy munosabatlarni boshqarish hamda boshqa turdagi tadbirlarni amalga oshirishda korxona moliyaviy menejerlaridan yanada ko’proq ilmiy salohiyatni, amaliy ko’nikmalarni, tashqi muhitga tez moslasha olish va ushbu holatlarni oldindan bashorat qilib borish kabi xislatlarni talab etadi.
Korxona moliyaviy menejerlari inqirozga qarshi boshqaruvni samarali tashkil etishda korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini belgilovchi ko’rsatkichlarga alohida e’tibor berishlari lozim bo’ladi. Chunki ushbu ko’rsatkichlardan foydalanib korxonada inqiroz holatlarini oldindan bashorat qilish, xo’jalik moliyaviy faoliyatda yuzaga keladigan kamchiliklarning manbalarini aniqlash va bularni bartaraf etish bo’yicha aniq chora tadbirlar ishlab chiqishlari mumkin bo’ladi. Quyidagi rasmda biz korxonaning texnik-iqtisodiy jihatlarining kuchlik va kuchsiz tomonlarini belgilovchi (sifat) ko’rsatkichlarini ko’rsatib o’tishga harakat qilamiz ( 2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |