KOVAKICHLILAR TIPI.
1.Gidraning harakatlanishida muhim rol o’ynovchi hujayralarni belgilang.
A)xivchini B)nerv C)teri-muskul D)oraliq E)otiluvchi
2.Gidrada jinsiy ko’payish qaysi vaqtda amalga oshadi?
A)erta bahorda B)yozda
C)voyaga yetgandan so’ng D)kuzda va bahorda E)nobud bo’lishidan oldin
3.Qaysi kovakichli hayvondan suv osti qo’riqxonalari tashkil etiladi?
A)butasimon meduza B)ildizog’iz meduza
C)marjon poliplar D)aurella meduza E)soyabansimon meduza
4.Gidraning endoderma qavatidagi hujayralar qanday vazifani bajaradi?
A)ayirish B)himoya C)nafas olish D)oziqni hazm qilish E)kislorodni tashish
5.Chuchuk suv gidrasining tashqi qavatiga qaysi hujayralar kiradi?
A)teri-muskul, nerv hujayralari B)muskul, otiluvchi hujayralari C)otiluvchi va teri-muskul hujayralari D)nerv, otiluvchi va teri-muskul
E)hujayralari teri-muskul va ovqat hazm qilish hujayralari
6.Gidraning regenerayiyalanish xususiyati qaysi hujayralarning faoliyatiga bog’liqligini belgilang.
A)teri-muskul hujayralari
nerv hujayralari C)otiluvchi hujayralari
D)qisqaruvchi muskul tola hujayrlari E)mayda oraliq hujayralar
7.Gidra qanday yo’l bilan nafas oladi?
A)og’iz orqali B)o’pka orqali
C)jabra orqali D) butun tana satxi bilan E)teri orqali
8.Gidra qanday yo’l bilan ko’payadi?
A)kurtaklanish, spora B)spora, bo’linish
C)jinsiy, bo’linish D)jinsiy, kurtaklanish E)jinsiy, spora
9.Hazm bo’lmagan ozuqa gidraning qaysi organi orqali chiqariladi?
A)anal teshigi B)kloaka
C)chiqarish teshiklari D)maxsus teshikcha E)og’iz
10.Quyida berilgan organizmlarning qaysi biri kurtaklanish yo’li bilan ko’payadi?
A)amyoba B)infuzoriya C)gidra
D)askarida E)ostritsa
11.Chuchuk suv gidrasining nerv sistemasi qanday tipda tuzilgan?
A)naychasimon B)zanjirsimon
C)diffuziyali-tugunchali D)to’rsimon E)tugunchali
12.Gidradagi yondosh nerv hujayralarining o’simtalari bir-biri bilan birikib, nima hosil qiladi?
A)nerv halqasi B)nerv tuguni
C)nerv to’ri D)nerv zanjiri E)nerv ustuni
13.Qaysi hayvonlar tanasining yo’qolgan qismini qayta tiklash xususiyatiga ega?
1)gidra; 2)foraminifera; 3)radiolyariya; 4)yomg’ir chuvalchangi; 5)askarida; 6)bitiniya; 7)tez kaltakesak A)2,3,1 B)3,5,6 C)1,5,6
D)7,4,1 E)7,6,5
14.Gidra paypaslagichlarining qaysi holatda joylashuvi o’ljani ovlash uchun qulay bo’ladi?
A)to’p bo’lib joylashuvi B)nursimon shaklda joylashuv chigal hosil qilishi D)to’rsimon holatda joylashuvi
E)bir-biri bilan tutashgan holatda bo’lishi
15.Yirtqichlik bilan hayot kechiradigan kovakichli hayvonni belgilang.
A)gidra B)aktiniya C)meduza
D)marjon poli E)barchasi
16.Gidraning otiluvchi hujayralari qanday vazifani bajaradi?
A)oziq topishda ishtirok etish B)oziqani nobud qilish, himoya C)ko’payishda ishtirok etish
D)gidraning harakatlanishiga yordam berish E)yorug’likdan ta’sirlanish
17.Gidra tanasidagi yirik yadroli mayda hujayrani aniqlang.
A)teri-muskul B)otiluvchi C)nerv D)entoderma E)oraliq
18.Gidra tanasidagi qaysi hujayralar sodda hayvonlarga o’xshaydi? 1)teri-muskul; 2)ovqat hazm qilish; 3)otiluvchi; 4)oraliq; 5)nerv; 6)tuxum; 7)urug’
A)1,2,7 B)2,5,4 C)4,6,1 D)2,3,6 E)2,6,7
19.Nursimon simmetriya qanday hayot kechiradigan hayvonlar uchun xos?
A)aktiv B)o’troq C)parazit
D)sudralib E)qon so’rib
20.Tanasi liqildoq moddadan iborat, shakli soyabonga o’xshash hayvonlar guruhini toping.
A)gidralar B)poliplar C)meduzalar
D)aktiniyalar E)mollyuskalar
21.Gidra tanasidagi suv va zararli mahsulotlar nima yordamida chiqarib yuboriladi?
A)qisqaruvchi muskul tolalari B)xivchinlar
C)oraliq hujayralar D)qisqaruvchi vakuolalar
E)xazm qilish vakuolasi
22.Regeneratsiya hodisasi yuz berganda, gidraning nerv hujayrasi qaysi hujayra hisobiga hosil bo’ladi?
A)tuxum B)teri-muskul
C)otiluvchi D)ovqat hazm qilish E)oraliq
23.Gidraning tuxum hujayrasi qaysi hujayralar hisobiga oqizlanib, tez o’sadi?
A)spermatozoid B)teri-muskul
C)yondosh D)ovqat-hazm qilish E)nerv
24.Qaysi kovakichli hayvon 2 ga bo’linish hamda jinsiy yo’l bilan ko’payadi?
A)gidra B)aktiniya C)marjon polip
D)meduza E)To’g’ri javob yo’q
25.Odam uchun zararsiz bo’lgan meduzani belgilang.
A)ildizog’iz B)butli C)aureliya
D)qutb E)To’g’ri javob berilamagan
26.Aktiniyalar qanday yo’l bilan ko’payadi? 1)jinsiy; 2)spora bilan; 3)teng ikkiga bo’linish; 4)kurtaklanish; 5)partenogenez
A)1,2 B)2,3 C)1,3
D)3,4 E)4,5
27.Meduzalarning gidra va marjon poliplardan farqini aniqlang.
1)tanasi shishasimon dildiroq moddali; 2)shakli soyabonga o’xshaydi; 3)tanasi 3 qavatli; 4)og’iz teshigi soyaboni ostki tomonida; 5)og’iz teshigi soyaboni ostki tomonida; 6)paypaslagilari soyabon chetida; 7)paypaslagichlari og’iz atrofida; 8)paypaslagichlari og’iz atrofida va soyabon chetida
A)1,2,4,8 B)2,3,4,7 C)1,2,5,6
D)1,2,5,7 E)2,3,4,6
28.Odam uchun xavfli bo’lgan kovakichli hayvonlar berilgan qatorni aniqlang.
A)aureliya, aktiniya B)korall polip, aktiniya
C)qutb va ildizog’iz meduza D)qutb va aureliya meduzasi
E)korall polip, qutb meduzasi
29.Qaysi hayvonlar guruhi mayda bo’laklarga bo’linganda ham, yan qaytadan tikalnishi mumkin? A)jigar qurti, oq planariya
oq planariya, exinokokk
gidra, yomg’ir chuvalchangi
jirar qurti, meduza E)gidra, oq planariya
30.Bo’shliqichlilar qaysi qadimgi koloniya bo’lib yashovchi hayvonlardan kelib chiqqan? A)amyobasimonlar B)infuzoriyalar
C)xivchinlilar D)nurlilardan E)foraminiferalar
31.Gidra tanasidagi quyidagi hujayralar qanday vazifani bajarishini belgilang.
1)teri- muskul; 2)otuvchi; 3)nerv; 4)oraliq; a)harakatlanish; b)regeneratsiya; c)ovqat hazm qilish; d)himoya; e)ta’sirlarni qabul qilish.
A)1-a, 2-d, 3-c, 4-e B)1-a, 2-d, 3-e, 4-b
C)1-b, 2-a, 3-c, 4-e D)1-c, 2-e, 3-b, 4-c E)1-c, 2-b, 3-d, 4-a
32.Qaysi hayvon koloniyasi doimo suv yuzasiga qarab o’sadi?
A)aktiniya B)gidra C)polip
D)aureliya E)ildizog’iz
33.Gidraning qaysi qavati amyobaga o’xshash soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega?
A)ektoderma B)endoderma
C)mezoderma D)tashqi qavat E)A,B,C
34.Meduzalar uchun xos belgini aniqlang.
A)tana devori ikki qavat, lekin oraliq moddasi juda kam B)tana devoir ikki qavat, lekin oraliq moddasi juda ko’p
C)tana devori uch qavat, oraliq modda, bir xil taqsimlangan
D)tana devori ikki qavat, lekin oraliq moddasi yo’q
E)tana devori qavatlarga ajralmagan, lekin hujayralar orasida oraliq modda ko’p
35.Gidrasimonlar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan? A)qadimgi koloniya bo’lib yashovchi xivchinlilardan B)qadimgi soxta yoqlilardan
C)poliplar va meduzalardan
D)qadimgi foraminiferalardan
E)qadimgi korall poliplar koloniyasidan
36.Gidra tana devorining ichki qavati qanday vazifani bajaradi?
A)himiya, hazm qilish
B)ayirish, oziqni parchalash
C)ta’sirlarni qabul qilish, himoya
D)hazm qilish, hazm shirasini ishlab chiqarish
E)hazm shirasini ishlab chiqarish, ayirish
37.Qaysi hayvon “o’mbaloq oshib” va “odimlab” harakatlanadi?
A)gidra B)polip C)aktiniya D)volvoks E)siklop
38.Gidraning tuxum va urug’ hujayralari qaysi paytda hosil bo’ladi?
A))kunlar isiganda, bahorda
B)bahor va yozda, suv iliq bo’lganda
C)qulay sharoitda, bahor va yozda
D)noqulay sharoitda, kuzda
E)hamma vaqat urug’ va tuxum hujayra bo’ladi
39.Qaysi hayvonlarning tanasi nursimon simmetriyali bo’ladi?
1)oq planariya; 2)gidra; 3)amyoba; 4)askarida; 5)ostritsa; 6)meduza
A)1,2 B)2,3 C)3,4
D)4,5 E)2,6
40.Qaysi hujayralardan gidraning boshqa hamma hujayralari hosil bo’lishi mumkin?
A)teri-muskul B)otiluvchi C)nerv D)oraliq E)hazm qiluvchi
41.Quyidagilardan qaysi birlarida nerv hujayralari tarqoq joylashgan?
A)aureliya meduzasi va aktiniya B)gidra va oq planariya
C)dengiz qisqichbaqasi va qutb meduzasi D)xlamidomonada va gidra E)tok shillig’i va asalari
42.Qaysi hujayralar juda kam sonli bo’lib, gidra tanasida siyrak bo’lib joylashgan?
A)muskul B)oraliq C)otuvchi D)nerv E)ovqat hazm qiluvchi
43.Gidra ektodermasidagi uzun o’simtali hujayrani toping.
A)muskul B)nerv C)teriD)otuvchi E)oraliq
44.Tanasi ta’sirlanganda yumaloqlanish xususiyatiga ega bo’lgan hayvonlarni aniqlang.
1)amyoba; 2)evglena; 3)tufelka; 4)gidra; 5)oq planariya; 6)volvoks.
A)1,2,4 B)1,2,3 C)3,5,6 D)2,5,6 E)1,3,5
45.Mezoderma qavati qaysi organizmlarda rivojlanmagan?
A)kovakichlilarda B)qisqichbaqasimonlarda C)yumaloq chuvalchanglarda
D)halqali chuvalchanglarga
E)yassi chuvalchanglarga
46.Gidra tanasidagi qaysi hujayralar amyoba hujayrasiga o’xshab soxta oyoqlar chiqaradi?
otiluvchi, nerv
teri-muskul, urug’ hujayrlari C)oraliq, tuxum hujayra
D)endoderma hujayralari, tuxum hujayra E)otiluvchi va urug’ hujayra
47.Gidraning ektoderma qavatida uchramaydigan hujayrani belgilang.
A)teri-muskul B)otuvchi C)jinsiy
D)hazm qiluvchi E)nerv
48.Gidra nerv hujayralarining o’simtalari …… hujayralar bilan tutashadi.
teri-muskul va otuvchi B)jinsiy va otuvchi C)hazm qiluvchi va otuvchi D)oraliq va hazm qiluvchi E)oraliq va yulduzsimon
49.Gidraning ichki qavatidagi hujayralar
………vazifasini bajaradi. A)ko’payish va qayta tiklanish B)harakat va oziqlanish
C)hazm qilish va hazm shirasi ishlab chiqarish D)hazm qilish va arivojlanish
E)himoya va ko’payish
50.Gidraning regeneratsiya qobiliyatini belgilovchi hujayralarni aniqlang.
A)teri-muskul B)otiluvchi C)oraliq D)xivchinli E)nerv
Do'stlaringiz bilan baham: |