Ko’tarish mashinalarining elektr jihozlari Reja



Download 98,23 Kb.
Sana19.11.2022
Hajmi98,23 Kb.
#868420
Bog'liq
Ko\'tarish mash el jix


Ko’tarish mashinalarining elektr jihozlari
Reja:

  1. Ko’tarish mashinalaring elektr jihozlari haqida umumiy ma’lumot

  2. Ko’tarish mashinalaring elektr jihozlariga qo’yiladigan talablar

  3. Ko’tarish mashinalaring elektr jihozlari rivojlanish istiqbollari

Ko’tarish mashinalarini ishlab chikaradigan korxonalar mashina bilan birga, barcha kerakli elektr uskunalarni komplekt tayyorlaydi. SHu sababli, turli maolumotnomalarda, kerakli elektr uskunalarning turlari va ularning texnik kursatgichlari tula keltirilgan.
Ko’tarma mashinalarining elektr dvigatellarini ishlash rejimi – takrorlanma qisqa vaqtli, aylanma momentda o’zgaradigan va aylanish tezligi, tez takrorlanib turadigan ishga tushishlar, to’xtashlar va reversli.
Ko’tarma mashinalar uchun fazaviy rotorli uch fazali asinxron dvigatelli o’zgaruvchan tokdagi elektr yuritma qo’llaniladi, generator-dvigatel (G-D) sistemasi bo’yicha o’zgarmas tok elektryuritmasi va tiristorli o’zgartirgich – dvigatelь (TP-D)
O’zgarmas tok yuritmasi bilan taqqoslash bo’yicha qator ustunlikka ega bo’lgan o’zgaruvchan tokdagi elektr yuritma eng ko’p qo’llanilishga ega bo’lmoqda (dvigatel tuzilishining oddiyligi, yuqori f.i.k. nisbatan elektr mashinalar kam miqdori., kam maydonda joylashish ehtimoli va boshq.)
O’zgarmas tok yuritmasi katta quvvatdagi (1000 kVt dan yuqori) dvigatellar bilan ko’tarma mashinalar uchun qo’llaniladi yoki katta (10 m/s dan yuqori) ko’tarish tezligi (reduktorsiz yuritma).
Ko’tarma mashinalar dvigatelini boshqarish uchun oddiy boshqarish apparatidan tashqari (magnit kontaktorlar), himoyalash va boshqarish relesi, kontreller, va boshqaruv kontrolleri va shunga o’xshash xavo reversorlari, tezlikni cheklagichlar, reostat va boshqa boshqarish apparaturalari, nazorat va himoyalash qo’llaniladi.
Boshqarish pulьti va stantsiyalar montaj qilingan holda zavodda ishlab chiqariladi, shuning uchun montaj joyida qaytuvchi va mos keluvchi sim qisqichlari muvofiq birlashtiriladi va payvand qilinayotgan joyga o’rnatiladi.
Ko’tarma mashinalarni qo’lda, yarim avtomat, avtomat va masofadan turib boshqarilishi mumkin.
Berilgan diagramma tezligini qo’lda boshqarishni dvigatelning kuch zanjirida almashlab ulashni amalga oshiruvchi kontroller yordamida tщliы mashinist tomonidan bajariladi. Yarim avtomatda boshqarishda mashinist mashinani tormozlaydi va boshqarish apparati yordamida ko’tarma dvigatelni ulash uchun impulьs yuboradi. Berilgan ishga tushirish rejimi avtomatik tarzda maxsus rele-kontaktorli apparatura yordamida bajariladi.
Yuk ko’tarish qurilmalar turli xildagi bir necha elektromexanik uskunalardan iborat bulgan mukammal muxandislik majmuasidir. Ular konchilik korxonalrida foydali qazilma va tog’ jinslarini, ishchi va xodimlarni, uskunalar va materiallarni tik yoki qiya laxmlarda tashishda qo’llaniladi.
Yuk ko’tarish qurilma tarkibiga (1a,b-rasmlar) yuk idishlar-1,2, pulat arqon -4, yuk ko’tarish mashina-3, yunaltiruvchi shkivlar-5, minora-6, bushatish bunkeri-7, bushatish yuli-8, yuklash bunkeri-9, me’yorlash moslama (dozater)-10, ag’dargich (aprakivatel) -11, bino-12 va bunker -13 kabi uskunalar kiradi.
Yuk idishlar shaxta stvolida uning chuqurligi buylab urnatiladigan yunaltiruvchilarga xarakatlanadilar. Bu yo’naltiruvchilar xarakat davrida yuk idishlarini chayqalishdan asraydi.
Yuk ko’tarish pulat arqon soni kamida 2 ta bo’lib, ularning xar birini uchlari ulash moslama bilan yuk idishlarga ulanadi. Pulat arqonlar yo’naltiruvchi shkivlardan o’tkazilib ularning ikkinchi uchlari yuk ko’tarish mashina barabaniga ulanadi.
Yuk ko’tarish mashina ishga tushirilganda pulat arqonlardan biri baraban sirtiga uraladi va unga ulangan yuk idish tepaga (yer satxiga) qarab ko’tariladi. SHu vaqtni uzida ikkinchi pulat arqon baraban sirtidan chiqadi va unga ulangan idish pastga (shaxtaga) qarab xarakat qiladi.
Kletli yuk ko’tarish qurilmalarida foydali qazilma, tog’ jinslari va materiallar vaganetkalarda tashiladi. Buning uchun ular uzunligi klet uzunligiga teng bo’lgan relslar bilan jixozlangan relslar oralig’idagi masofa shaxtada qabul qilingan temir yo’li oralig’iga teng.
Yuklash va bushatish jarayonlarida kletga o’rnatilgan va tashish laxmidagi relslarni bosh qismlarini banlandliklari bir xil bo’lishi maxsus moslama-tirgamlar (posadochnie kulaki) yoki tebranuvchi maydoncha (kachayushie ploshadki) bilan ta’minlanadi.
Yer ostida yuklangan vagonetkaga kletka turtqich (tolkatel) bilan turtib kiritiladi. U uz navbatida kletga vagonetkani turtib chiqaradi va uning joyini uzi egallaydi. Sung klet yuklangan vagonetka bilan birgalikda yer satxiga ko’tariladi. Yuklangan klet shaxta stvoli tepasidagi bushatish maydonchasigacha ko’tariladi. Kletni bo’shatish jarayoni bush vagonetka yordamida bajariladi. Buning uchun bo’sh vagonetka ma’lum qiyalikdagi balandlikdan tushirib yuboriladi. Qiyalikdan tushib keladigan bo’sh kletning inertsiya kuchi yordamida yuklangan idish kletdan chiqariladi va uning o’rnini o’zi egallaydi. Keyin klet bo’sh vagonetka bilan pastga ya’ni shaxtaga tushiriladi.
Foydali qazilma yoki tog’ jinslari ag’dariladigan kletlarda tashiladigan xollarda ularni yuklash jarayoni oddiy (ag’darilmaydigan) kletlardagi yuklash jarayoni bilan o’xshash bo’ladi.
Ag’dariladigan kletlarda bushatish jarayoni minoraga urnatilgan bushatish yo’lida bajariladi. Kletning bo’shatish yo’lidagi xarakati davomida u 135 gradus og’adi va yuklangan vagonetka kletdan chiqadi.








1 –rasm. Yuk ko’tarish qurilmalari: a-kletli; b-skipli
Skipli yuk ko’tarish qurilmalari yuklash jarayoni ag’dargich (aprokidovatel)-6, yuklash bunkeri -7, yuklash moslama -4 kabi moslamalar yordamida bajariladi. Dastlabki yuklangan vagonetka ag’dargich -6 ga kiritiladi. So’ng ag’dargich 360 gradusga aylantiriladi. Uning aylanish jarayonida yuk yuklash bunkeri -7 ga to’kiladi. Undan keyin yuk yuklash moslama -8 orqali skip-1 ga to’kiladi. Skipga to’kiladigan yuk miqdori yuklash moslamada me’yorlanadi. Yuk miqdorini me’yorlash skipning xajmini yoki uning yuk ko’tarish qobilyati bo’yicha belgilanadi.
Yer satxiga ko’tarilgan skip -2 bo’shatish yo’li -9 ga kiradi va yuk bunker -7 ga to’kiladi.
Skipli yuk ko’tarish qurilmalarda yuk idishlarini yuklash va bushatish ishlari bilan bir vaqtda bajariladi.
SHuning uchun ularning unumdorligi kletli yuk ko’tarish qurilmalariga qaraganda yuqori.
Yuk ko’tarish qurilma bilan yuklarni tik yoki qiya laxmlarda tashishni qulayligi ularni chuqur ochiq qiyalarda xam qo’llash mumkinligidan dalolat beradi.
Hozirgi davrda 40 dan ortiq ochiq konlarda yuk ko’tarish qurilma o’rnatilgan va ular muvofaqqiyatli ishlab turibdilar. Bu qurilmalarda yuklar maxsus yuk idishlarda yer satxiga ko’tariladi.
Yuk ko’tarish qurilma (1a-rasm) yuk ko’tarish mashina -3, pulat arqonlar-4, yo’naltiruvchi shkivlar-5, minora -2, yuk idishlar-1, (klet platforma yoki skip) kabi mexanik uskunalardan va yuklash xamda bo’shatish ishlarini bajaruvchi moslamalar o’rnatilgan. Yuklash va bo’shatish maydonchalardan iborat. Yuk idishlar ma’lum qiyalikdagi va temir yo’l-6 bo’ylab xarakatlanadi. Idishlar yuk ko’tarish mashina barabani sirtida paydo bo’ladigan va po’lat arqonlar orqali ularga uzatiladigan tortish kuchi ta’sirida temir izlar o’rnatilgan qiya yo’lda xarakatlanadilar. Yuklangan idishni ko’tarish va bo’sh idishni tushirish ishlari bir vaqtda bajariladi.
Klet platforma bilan jixozlanganda qurilmalarda yuk transport vositasi (vagon yoki avtosamasual) da ko’tariladi. Bo’shatish maydonchasigacha ko’tarilgan klet platforma bo’shatiladi.
Yuk klet-platforma bilan tashilgan xollarda karyer transporti bilan yuk ko’tarish qurilma ishi o’zaro belgilangan bo’ladi. Bu esa qurilmaning imkoniyatidan to’liq foydalanishga salbiy ta’sir etadi.
Kletli yuk ko’tarish qurilma bilan ishchi va xodimlarni xam tashishga ruxsat etiladi. Bu xollarda odamlar maxsus jixozlangan vagonetkalarda tashiladi.
Skipli yuk ko’tarish qurilmalarida yuk skiplarda ko’tariladi. Ularni yuklash ikki usulda bajarilishi mumkin. Yuklash jarayoni birinchi usulda bajarilganda avtosamasvalda tashib kelingan yuk to’g’ri skipga to’kiladi. Ikkinchi usulda esa yuk avval oraliq bunkerga to’kiladi keyin ma’dan oraliq bunkeriga to’kiladi. Yuklash jarayonini bu usulda transport vositasi bilan ko’rilma ishining o’zaro bog’liqligi ma’lum vaqtgacha bo’linadi. Bu esa yuk ko’tarish qurilma imkoniyatidan to’liq foydalanish sharoitini yaratadi.
Download 98,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish