Kostyum tarixi


QADIMGI VA FEODAL DAVRI SHARQ KOSTYUMI



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/145
Sana03.02.2022
Hajmi6 Mb.
#426344
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   145
Bog'liq
kostyum tarixi

 
QADIMGI VA FEODAL DAVRI SHARQ KOSTYUMI.
Hindiston san’ati, uning harakterli xususiyatlari. 
 
 
Qadimgi Hindiston san’ati bir necha ming yillik tarixga ega. «Mahobxorat» va 
«Ramayana» dostonlari hindlarning e’tiqodi, urf-odati, madaniyati va san’ati haqida 
ma’lumot beruvchi eng qadimgi yozma manbalardan sanaladi. Miloddan avvalgi III 
ming yillikdan milodiy V asrga qadar bo’lgan ulkan davr qadimgi hind san’ati davri 
sanaladi.
Geografik jihatdan hind san’ati ikki qismga bo’linadi: janubiy va shimoliy. 
Shimoliy hududlar Hind va Ganga daryolari havzasini o’z ichiga olib, ilk hind 
madaniyati shu daryolar bo’yida shakllangan, uning ilk namunalari neolit davriga 
tegishli hisoblanadi. Miloddan avvalgi 2500–1500 yillarda Moxenjo-Daro va 
Xarappa hududlaridan qadimgi madaniyat o’choqlari topib o’rganilgan. Mil. avv. 
2000-yillar o’rtalar iga kelib oriylar qabilasining bostirib kelishi Moxenjo-Daro va 
Xarappa madaniyatini tanazzulga uchratib, vedalar davri madaniyatining 
rivojlanishiga yo’l ochdi. Mil. аvv. 1-ming yillikda temirning kashf etilishi 
dehqonchilik va mulkchil ikni vujudga keltirib, bu, o’z navbatida, davlatlarning 
paydo bo’lishiga olib keldi. Ganga vodiysini egallagan Magadxa davlati ana shunday 
davlatlarning dastlabkisi edi. Bu paytda braxmanlik dini davlat dini sifatida o’rnatildi 
va san’atning badiiy-falsafiy asosini tashkil qildi. Grek-makedon yurishlaridan so’ng 
Chandragupta (mil. avv. 322–320) boshchiligida Hindistonda markazlashgan davlat 
barpo etildi. Ashoka hukmronligi davri (mil. avv. 272–232)da iqtisodiy jihatdan 
o’sdi. San’at, madaniyat, shaharsozlik, haykaltaroshlik yuksak darajada rivojlandi.
Liboslari.
Hindiston qadimiy Sharq davlatlaridan biridir. Zero, Hindiston san’ati 
va madaniyati qadimiyligi bilan ajralib turishining boisi ham shundandir. Hindiston 
me’moriy obidalari, haqli ravishda, Osiyo durdonalaridan biri hisoblanadi. Bu haqda 
hozirgacha saqlanib qolgan me’moriy obidalar, ibodatxonalar, haykaltaroshl ik 
asarlari va qadimiy yodgorliklar dalolat beradi. Buyuk temuriylar (boburiylar) 
sulolasi davrida Shoh Jahon tomonidan suyukli rafiqasi Mumtozbegimga atalib, 


28
me’morchilikning ajoyib namunasi, muhabbatga qo’yilgan haykal, deb ta’riflanmish 
takrorlanmas san’at durdonasi «Toj-mahal» maqbarasi barpo etildi. «Toj-mahal» 
maqbarasi san’at asari sifatida jahonning yetti mo’’jizasidan biri, deb e’tirof etilishi 
ham bejiz emas. Hind san’at-madaniyati zamirida diniy aqidalar yotadi. Hindistonda 
bir qancha diniy oqimlar mavjud. Shular orasida eng qadimiy din vedaizmdir. Keyin 
braxmanizm, buddizm, induizm, islom dini va keyinchalik Yevropadan nasroniy dini 
kirib keladi. 
Hindistonda miniatyura tasviriy san’ati, xalq amaliy san’ati qadim-qadimdan 
rivojlangan. Hind hunarmand ustalari tomonidan yaratilgan buyumlarning nafisligi, 
go’zalligi hamon san’at muxlislarini hayratga solib kelmoqda.
Hindiston tarixida, xalqning hayot kechirishida Ind va Gang daryolari katta 
ahamiyat kasb etadi. Qadim zamonlarda hindlar Ind vodiysiga ko’chib kelgan, 
turmush kechirgan, odamlar, asosan, dehqonchilik bilan shug’ullangan. 

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish