Kaftan bichimli libos.
Ustki kiyim – Bunday kiyimlar skifsimon kaftanlar va
yopinchiqlar bo’lgan. Kaftan bichimi tunikasimon bo’lib, shakli to’g’ri yoki gavdaga
yopishib turgan. Yengi tor va uzun bo’lgan. Ba’zan ko’ndalang taxlamlari ham
uchraydi. Kaftanlar tik yoki diagonal yo’nalishda qaviladi. Yoqasi va oldi to’qilgan
tasma bilan bezatiladi. Ko’ylak yoki kaftan ustidan yopinchoq kiyilardi. Ular bo’y
baravar to’g’ri to’rtburchak matodan qilinib, yelkaga tashlanadi. Old uchlari esa
to’g’nag’ich bilan biriktiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |