2.4. Eskiz shablonini yaratish
O’ylamasdan , mеxanik ravishda chiziq va tuslarni aks ettirib va nigoxidan
uzoq yoki yaqinda joylashgan jismlarning na konstruktsion shakli va uning
fazodagi o’rnini his qilmagan holda chizilgan tasvirlarni tеz-tеz uchratish mumkin.
Bunda barcha ko’z ilg’agan narsalar bir maromda, bir hil e'tibor bilan tasvirlanadi,
boshqacha qilib aytganda asosiy narsaga urg’u bеrilmaydi.
Buning sababi tasvirlovchining yaxlit ko’ra olish, bir dеtalni boshqa katta shaklga
bog’lay olmaslik , asosiy ichki qurilmaga bo’ysundirolmaslik qobiliyatini
yo’qligidir. Ko’pincha tasvirlovchining ko’rganni eslab qolish xotirasining
rivojlanmaganligi, shu bilan birga, tasvir yuzasini tashkil qila olmaslik ,
mutaxassislar tili bilan aytganda komponovka qila olmaslik tasviriy san’atda aqlga
sig’maydigan holat. Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish yo’li bu
nabroskadir (qalam chizgilardir).
Nabroska nima va u nimasi bilan oddiy chizmatasvirdan farq qiladi?
Nabroska deb qisqa, boshqacha qilib aytganda tezkor 3-5 daqiqa davomida
bajariladigan tasvirlarga aytiladi. Lekin bu uning asosiy hususiyati emas. Uni qisqa
va uzoq davom etadigan jarayonni solishtirish orqali tushunish mumkin. Xarakter
jihatdan uzoq davom etadigan tasvir analitik tasvirlarga kiradi, bu jarayon
bajarilishida shakl va uning fazodagi joylashuvi, qurilmasi, plastik birligi va b.
o’rganiladi. Uzoq davom etadigan tasvirlar yaxlitlikdan –xususiylikka qadar,
aniqrog’i, katta shakldan mayda detalgacha, alohida bo’laklar va detallarni yaxlitga
bo’ysunishi sxemasi bo’yicha bajariladi. Bunda boshi, o’rtasi va oxiri kuzatiladi.
Nabroskada esa hammasi boshqacha. Hammasini baravar qilish, bir laxzada
qurish, chizish, tasvirni biror bir yechimgabajariladigan vositalar tanloviga olib
kelish kerak. Nabroskani shiori “Minimum vosita- maksimum ifoda”.
Nabroskaning maqsadi- xarakter va xarakat. Asosiysi ham shunda. Detallar
bartaraf qilinadi. Bor e’tibor tasvirlanuvchiga qaratiladi. Uzoq davom
etadigananalitik tasvirlarda kuzatiladigan davomiylik yo’q.Tasvirni mazmunini
53
tashkil etadigan barcha elementlar,ortiqcha tayyorgarliksiz darhol bajariladi.
Shuning uchun nabroskani ko’p hollarda sintetik tasvirlash ham deb atashadi.
Nabroskalar ko’rganni eslab qolish hotirasini haddan ziyod rivojlantiradi,
ayniqsa xarakatdagi modellarni( zooparkda, ko’chada, stadionda va.h.),ko’rish
hotirasisiz yuqorida ta’kidlanganidek tasvir ishlash nihoyatda qiyin, mumkin ham
emas.
Agar davomiy chizmatasvirda har-hil kam-ko’stlarni to’g’rilash mumkin
bo’lsa, nabroskada ular mumkin emas. Muvaffaqiyatsiz hollarda esa, o’sha
modelni birinchi nabroskasidagi xatolarini to’g’rilab yangi nabroskalarini ishlash
mumkin.
Shunday ekan, barcha aytilganlardan quyidagi hulosaga kelish mumkin,
nabroska ishlash natijasida ko’rishdagi barcha muammolarni erta yo kech bartaraf
etish, yoki minimumga tushirish mumkin.
Nabroskalar ikki hil tuda bo’ladi: birinchisi- aslida nabroskalar xarakterli
hususiyatlari bilan va ikkinchisi- nabroskalardan keskin farq qiluvchi homaki
rasmlar. Ularni bo’lajak kompozitsion asarlarga hoh u grafik ish bo’ladimi yoki
matodagi tasvir, illyustratsiya, plakat, teatr dekoratsiyasigami va shunga o’xshash
narsalarga bo’lajak material sifatida yaratishadi. Homaki suratlarga nabroskalarga
qaraganda ko’proq va batafsilroq model holatini imkon qadar o’rganib ishlab
chiqiladi.
Homaki suratlar kompozitsion asarga tayyorgarlik ko’rishning ahamiyatli
qismidir. Ularni hamma yerda har qachon, rassomni taqdiri qayerga boshlasa ham
ishlash kerak, hatto ular o’ylangan g’oya uchun material bo’lmasa ham.
Amaliyot shuni ko'rsatadiki har qanday ijodiy kompozitsiya tasavvurdan,
hayoldan va hotiradan ishlash mahoratini talab etadi. Bu talab barcha sohada
faoliyat yurituvchi rassomlarga va shu jumladan texnolog rassomlarga ham
tegishli.
Ma’lumki to’qimachilik maxsulotining yaratilishiga kurs , diplom va ishlab
chiqarish loyixalarining ishlanmalari sabab bo’ladi. So’ngi holatdagina eskiz qismi
asosiy bo’ladi. Chunki oxirdagi holatda mahsulotni ishlab chiqish muallif
54
faoliyatiga kirmaydi. Ishlab chiqarishda, teatr va kinoda rassomning vazifasi
eskizni ishlab berish bilan chegaralanadi. Lyihani materialda ishlab chiqish
jarayonida rassomga maslahatchi nazoratchi vazifasi yuklatilishi mumkin. Shu
sababli hotiradan, taasurotdan va hayoldan rasm ishlash muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bular chizmatasvirning qanday turlari? Professor M. N. Aleksich “Xotiradan
rasm ishlash” maqolasida yozadi: “O’ylashimcha, asl hayoldan ishlangan
chizmatasvir deb shunday chizmatasvirga aytiladiki, rassom tomonidan o’z oldiga
qo’ygan vazifani aniqroq bajarishda kuzatilgan, o’rganilgan yoki avval naturadan
ishlangan ishlar yordamida bajarilgan ishlarga aytiladi.
Shuni ham aytish lozimki korganni eslab qolish qobiliyati bevosita naturadan
chizmatasvir bajarishda muhim ahamiyatga ega. Agarda tasvirlovchi
tasvirlanayotgan muhitni yetarli darajada aniq ko’rmasa, u muvaffaqiyatsizlikka
uchraydi yoki vazifani bajarishga keragidan ko’p mehnat va vaqt sarflaydi.
Naturadan chizmatasvir ishlash, hayoldan rasm ishlashdan shunisi bilan farq
qiladiki, unda model tasvirlovchining ko’z o’ngida turadi. Ko’rganni eslab qolish
qobiliyati kam uchraydigan holat bo’lib, u buyuk ne’mat belgilaridan hisoblanadi.
Biroq uni masq qilish orqali rivojlantirish mumkin. O’zidan ishlashning murakkab
turlaridan yana biri xayoldan rasm ishlash hisoblanadi.
Korganni eslab qolish qobiliyatini rivojlantirish uchun doimiy nabroskalar
ayniqsa xarakatdagi model (hayvonot bog’ida, stadionda va .h.)tasvirini ishlash
seanslarini o’tkazish maqsadga muvofiq. Tasavvurdan rasm ishlashning eng yaxshi
usuli avval ishlangan modelni boshqacha ko’rinishini bajarish hisoblanadi.
Masalan ro’paradan chizilgan boshning to’rdan uch qismi ko’rinib turgan tasvirini
ishlash. Modelni oynada aks etgan tasvirini ishlash ham yaxshi natija beradi.
Bo’lajak modelerlar uchun grafikadan “Zamondosh obrazi” vazifasini bajarish
o’ta muhim. Bunday tasvirlarni bajarish o’zidan qarab rasm ishlashni o’rganishda
stimul bo’la oladi. Natura materiallarini yeg’ish va umumlash va ular yordamida
zamondosh obrazini yaratish mazmun jihatidan ham hotiradan ham tasavvurdan va
hayoldan rasm ishlash hisoblanadi.
55
Teatr saxnalari uchun yaratilgan liboslarni tasavvurdan ishlangan eskizlari juda
ham yorqin. Bunday tasvirlar modeler rassomlar ishiga yaqindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |