Kostum va moda tarixi


 QADIMGI RIM KOSTUMI TARIXI



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

3.2. QADIMGI RIM KOSTUMI TARIXI
Qadimgi Rim tarixi eramizdan avvalgi VI asrdan boshlanib
yangi eraning V asrigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. 
Eramizdan avvalgi VI asrga kelib, Rim respublikaga aylandi. 
U Apenin yarim orolini zabt etib, O‘rta yer havzasida o‘z 
hukmdorligini o‘rnatgach, eramizdan avvalgi II asr o‘rtalariga 
kelib, shu yerdagi yirik davlatga aylandi. Bosib olingan yerlardan 
boyliklarning Rimga olib kelinishi uning ravnaqida muhim rol 
o‘ynadi, shu bilan birga, inqirozini ham tezlashtirdi. Mulkiy 
tengsizlik oshdi, ekspluatatsiyaning kuchayishi esa omma 
orasida norozilikni keltirib chiqardi. Ayniqsa, qullar qo‘zqoloni 
(bular ichida Spartak qo‘zg‘oloni mashhur) respublika davrining 
inqirozga yuz tuta boshlaganini bildirdi. Uning o‘rnini Rim 
imperatorlik davri egalladi. Bu davr eramizdan avvalgi I asr 
oxiridan yangi eraning 476-yiligacha davom etdi.
Imperator Oktavian Avgust hukmronlik qilgan yillar (mil. 
avv. 27-yil – yangi eraning 14-yillari) san’at va madaniyatning 
haqiqiy rivojlangan bosqichi bo‘ldi. Rim davlatining «oltin 
asri» hisoblangan bu davrda nazariyotchi me’mor Vitruviy, 
tarixchi Tit Liviy, shoirlardan Vergiliy va Goratsiolar yashab 
ijod etdilar. Me’morlik rivojlandi, shahar qurilishi avj oldi. 
Ijtimoiy va ma’muriy binolar ko‘plab qurildi. Ayniqsa, Rimda 
qurilish jiddiy bo‘ldi. Qadimgi Rimning eng katta binolaridan 
biri Kolizey amfiteatridir. Uni rimliklar – kolossey, ya’ni katta, 
ulug‘ deb atashgan. Gladiatorlar jangi uchun mo‘ljallangan 


34
bu inshootga bir vaqtning o‘zida 55 ming tomoshabin kira 
olgan. Rim memorligining yana muhim yodgorligi «hamma 
xudolarning qasri» – Panteon hisoblanadi.Me’mor Apollodor 
tomonidan 118–125-yillarda qurilgan bu bino antik dunyoning 
eng katta gumbazli binosi bo‘lib, unda Rim me’morligining 
novatorlik xususiyati ko‘zga tashlanadi. Shaharning markaziy 
maydonlari – forumlari, ayniqsa, go‘zal bo‘lgan. Italiyaning 
asosiy yo‘llari forumdan boshlangan, shaharning asosiy 
ko‘chalari shu forumga borib taqalgan. Imperator Troyan 
forumi juda hashamatli bo‘lgan. Me’mor Apollodor tomonidan 
qurilgan forum maydoni o‘rtasidagi 27 metrli Troyan ustuniga 
o‘rnatilgan bo‘lib, unda Troyanning daklarga qarshi olib borgan 
kurashini aks ettiruvchi bo‘rtma tasvir yuqoriga o‘ralib chiquvchi 
burama frizda ishlangan. Ustun tepasiga imperatorning bronza 
haykali o‘rnatilgan. 
Rim tasviriy san’atidan bizgacha ko‘pgina haykaltaroshlik 
namunalari (relyef, portret, tematik kompozitsiyalar) saqlanib 
qolgan. Rimliklarning portret san’atidagi yutuqlari ayniqsa 
kattadir. Respublika davrida realistik portret rivojlandi va antik 
dunyo san’atida yetakchi o‘rinni egalladi. Oktavian Avgust 
haykali haykaltaroshlikda tanqidiy realizm yetakchi o‘rinni 
egallay boshlaganini ko`rsatadi. 
Rangtasvir san’ati haqida Rimning gullagan shaharlari 
Pompey va Gerkulanumdagi boy va zodagonlarning 
uylari devorlariga ishlangan suratlar ma’lumot beradi. 
Devoriy suratlarda qadimgi grek ustalari ishlagan 
nusxalardan ko‘chirmalar, turli naqsh, gul va girlyandalar 
tasviri ham ko‘p uchraydi. Bu uylarning pollari mozaika 
bilan bezatilgan. Ularda sayyor aktyorlar, dengiz osti 
manzaralari, urushayotgan xo‘roz va shunga o‘xshash 
voqealar tasvirlangan. 

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish