Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar mazmuni
1-mavzu. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar (Ma’ruza, amaliy mashg’ulot)
Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar. Xavfsizlikning asosiy yo’nalishlari. Axborot xavfsizligi. Iqtisodiy xavfsizlik. Mudofaa xavfsizligi. Ijtimoiy xavfsizlik. Ekologik xavfsizlik. Hozirda ruxsatsiz foydalanishga yoki axborotni modifikatsiyalashga, yolg’on axborotning muomalaga kirishi imkonining jiddiy oshishi.
2-mavzu. Tarmoqdagi axborotga bo’ladigan na`munaviy hujumlar. Axborot xavfsizligi modellari (Ma’ruza, amaliy mashg’ulot)
Sabablar, maqsadlar va usullarga bog’liq holda axborot xavfsizligini buzuvchilarni to’rtta kategoriyaga ajratish mumkin: sarguzasht qidiruvchilar, g’oyaviy xakerlar, xakerlar-professionallar, ishonchsiz xodimlar. Professional xakerlar kategoriyasiga quyidagi shaxslar kiradi: siyosiy maqsadni ko’zlovchi jinoiy guruhlarga kiruvchilar, sanoat josuslik maqsadlarida axborotni olishga urinuvchilar, tekin daromadga intiluvchi xakerlar guruhi. Xakerlar xavf-xatarni kamaytirish maqsadi.
3-mavzu. Axborot xavfsizligini tahminlashning asosiy yo’llari. Axborot xavfsizligining huquqiy va tashkiliy tahminoti (Ma’ruza, amaliy mashg’ulot)
Kompyuter jinoyatchiligi statistikasi. Davlat va xususiy kompaniyalar faoliyatining sotsiologik tadqiqi. Kredit-moliya sohasidagi kompyuter jinoyatchiligi. "Virtual" o’g’ri. Bank xizmati va moliya amallari sohasidagi qalloblik. Kompyuter ishlatiladigan inson faoliyati. Xakerlar. Kompyuter qaroqchilari. Axborot xavfsizligining xizmatlari va mexanizmlari. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlar xavfsizligiga qo’yiladigan talablar. Xavfsizlikning fizik vositalari, Umumiy chegaraga yoki perimetrga ega bo’lgan binolar guruhini himoyalash.
4-mavzu. Axborotni himoyalashning kriptografik usullari. Elektron raqamli imzo. (Ma’ruza, amaliy mashg’ulot)
Kriptotizimlarga qo’yilgan talablar. Axborotni simmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari. Axborotni nosimmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari. Shifrlash standartlari. O’zbekistonning axborotni shifrlash standarti. Rossiyaning axborotni shifrlash standarti. AQSHning axborotni shifrlash standarti. Kriptografik kalitlarni boshqarish. Xeshlash funktsiyasi. Kriptografik kalitlarni boshqarish. Xeshlash funktsiyasi. Elektron raqamli imzo va uning zamonaviy turlari. Elektron raqamli imzo tizimining printsipial jihati. Elektron raqamli imzoning algoritmlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |