relyativistik kosmologiya, adronlar asri, leptonlar asri, nurlanish asri, noyevklid
xususiyatlariga ta’sir ko’rsatishi xulosasiga olib keladi. Bizga ma’lum bo’lgan
Yevklid fazosi xususiyatlari (masalan, uchburchak ichidagi burchaklar yig’indisi,
parallel chiziqlar xususiyatlari) katta massalar oldida o’zgaradi, iborali qilib
aytganda katta massalar yaqinida fazo egrilanadi. Masalan, fazoning egrilanishi
14
Barcha galaktikalar to’dalarini gravitasion ta’sirini yig’indisi bir butun
koinotni egrilanishini hosil qilishi mumkin. Qayd qilish lozimki, nisbiylik
nazariyasi qonunlari asosida, massaning ixtiyoriy taqsimlanishida fazo va vaqt
xususiyatlarini aniqlash masalasi juda murakkabdir.
Hozirgi zamon relyativistik kosmologiya fani A.A.Fridman ishlaridan
boshlangan, u muhitni birjinsli izotrop koinotdagi harakatini hisoblab, koinot
nostasionar bo’lishligini, u doimo kengayishi yoki siqilishi kerakligini isbotladi.
Mos ravishda muhitni o’rtacha zichligi ham o’zgarib turishi kerak. Relyativistik
kosmologiyada ham koinotni nostasionarligi xuddi, klassik fizikadagidek, cheksiz
kengayuvchi yoki siqilish bilan almashinuvchi harakatdan iboratdir. Relyativistik
mexanikada aniqlangan kritik zichlikning qiymati (1.8)
formula yordamida
aniqlangan qiymatiga to’g’ri keladi. Relyativistik mexanikani klassik mexanikadan
farqi, undan fazoning egrilanishini kelib chiqishidir. Kritik qiymatga teng o’rtacha
zichlikda, kengayishni tezligi cheksiz nolga yaqinlashadi (sekinlashish), fazoning
egriligi nolga tengdir va Yevklidli geometriya xususiyatlariga egadir. Boshqa
barcha hollarda fazoning geometriyasi noyevkliddir. Kritik qiymatdan kichik
zichliklarda fazoning egrilanishi manfiy, katta zichliklarda esa musbatdir. Mos
ravishda birinchi holda, koinot hamma vaqt kengayadi, ikkinchi holda kengayish
biror asrda siqilishga almashinadi. Ikkinchi holda, noyevklid geometriya kuchi
asosida, fazo chekli bo’lishi kerak, ya’ni har qanday vaqt momentida chekli
hajmga va chekli massaga ega bo’lishi kerak, lekin koinotni chegarasi bo’lmasligi
kerak. Bunday chegaralangan uch o’lchamli fazoning modeli bo’lib, kengayuvchi
sfera sirti xizmat qiladi. Bunday modelda, galaktikalar tekis chizilgan figuralar
orqali, tasvirlanadi. Sfera yuzini cho’zilishida, uning sathi
va undagi figuralar orasidagi masofa oshadi. Bunday sfera
chiksiz kengaysa ham uning sathi istalgan vaqtda chekli
bo’lishi mumkin, bunday ikki o’lchamli fazoda chegara
mavjud emasdir.
Relyativistik kosmologiyada masshtabli faktor
t
R
-ning
xususiyatlari (1.4), (1.5), (1.6)
formulalar
yordamida
aniqlovchi faktor xususiyatlari
bilan
aniqlanadi.
Birinchi
rasmda
t
R
bog’lanish koinot
nostasionarligining har uch holi
uchun ko’rsatilgandir (rasm 1).
Do'stlaringiz bilan baham: