Qozizoda Rumiy hayoti va ilmiy faoliyati (1360-1437 y)
Ulug’bek ilmiy maktabining asoschilaridan biri Salohiddin Muso ibn Qozizoda Rumiy 1360 yili kichik Osiyodagi (Rum) Bursa shahrida tug’ildi. U boshlang’ich ma’lumotini tug’ilgan joyida olib, o’z bilimini oshirish maqsadida
O’rta Osiyo mamlakatlariga jo’naydi. U bir necha mamlakatlarga borib, so’ng
Samarqandga keladi. Uning o’qituvchisi Temur saroyining astronomi mavlono
Ahmad edi. U o’zining ilmiy ishlari bilan tez orada Samarqand va Sharq mamlakatlarida katta obro’qozonadi. Rumiy fan sohasidagi ishlari tufayli olimlar
orasida «Aflotuni zamon» degan nom oladi.
Temur o’z nabirasi Ulug’bekni dars olish uchun Qozizoda Rumiyga topshirdi. U Rumiydan fan sirlarini o’rganib buyuk olim bo’lib yetishadi. Rumiy Ulug’bekning qurgan rasadxonasida faol qatnashib, madrasada mashg’ulotlar olib boradi va bir necha yil ilmiy ishlarga rahbarlik qiladi. Ali Qushchi va Mirim Chalabiylar Rumiyning eng iste’dodli shogirdlari hisoblanadi. Ali Qushchi «al-Muhammadiya» kitobining kirish qismida. Shuni bilish kerakki,- deb yozadi, har bir son musbat va manfiy bo’lishi mumkin.
«Musbat va manfiy» atamalarini kiritgandan keyin Qushchi quyidagi tengliklarning to’g’riligini ko’rsatadi.
«Al-Muhammadiya» kitobining ikkinchi qismida geometriya va trigonometriya bayon etilgan. Geometriya bo’limi kirish va 3 bobdan iborat bo’lib, unda uzunliklar (masofalar) kesmalar va yuzlarni o’lchash sirtlarning yuzlari va jismlarning hajmlarini hisoblash koidalari bayon etilgan.
Ali Qushchi uchburchak tomonlari va burchaklari orasida quyidagi munosabatlarni ko’rsatadi:
«Astronomiyaga oid risola» asarini 1437 yilda Samarqandda fors-tojik tilida
yozgan. Bunda Ulug’bek rasadxonasining kuzatishlariga asosan juda ko’p muhim
malumotlar bayon etilgan.
Ulug’bek ilmiy maktabi juda boy kutubxonaga ega bo’lgan. Tarixiy manbalarda yozilishicha Temur o’zining kichik Osiyoga qilgan yurishlarining birida Bursa shahrini egallagan, unda eng qadimiy va boy kutubxona bo’lgan. Temur kutubxonani yondirmagan va uni Samarqandga ko’chirishni buyurgan. Bu katta boylik-kutubxona Ulug’bek ilmiy maktabiga topshirilgan. Ulug’bek va Koshiylar o’limidan so’ng bu kutubxonanng takdiri noma’lum. Rumiy Hazrati Boymir qishlog’iga yashiringan. Kitoblarni esa Niyoz-tepa deb atashgan tepalikidagi g’orga yashirgan va so’ng Turkiyaga jo’nab ketgan. Qozizoda Rumiy 1437 yili vafot etdi. Ulug’bek o’zining ustoziga katta hurmat va ehtirom bilan qarab, uni Samarqanddagi Shohizinda maqbarasiga dafn ettiradi.
Rumiyning asarlari bilan tanishib o’tamiz:
1. «Arifmetika haqida risola» bu matematikaga doir asar bo’lib fors-tojik tilida yozilgan. Uning qo’lyozmalari Mashhad (Eron), Istambul (Turkiya)
kutubxonalarida saqlanmoqda.
2. «Sinus haqida risola». Bu asarda Rumiy bir gradusli burchakning sinusini
hisoblash usulini beradi.
3. «Asosiy jumlalar» kitobiga sharhlar. Bu asarda, XII asrda yashagan
Shamsiddin Samarqandiyning «Asosiy jumlalar» asariga sharhlar yozgan. Bunda
Rumiy Yevklidning beshinchi postulatini isbotlashga urinadi. (Tehron universiteti,
Leningad, Ayo-Sufiyo kutubxonalarida saqlanmoqda).
4.«Astronomiyaga doir» kitobga sharhlar. Bu asarda Rumiy Muhammad ibn
Umar Chog’miniy (1345 yilda vafot etgan) tomonidan astronomiyaga bag’ishlab
yozilgan kitobiga sharhlar yozgan (arab tilida). (Mashhad va Toshkent Sharqshunoslik instituti kutubxonalarida saqlanmoqda).
5.«Sinus choragi haqida risola». Bu asar algebra va trigonometriya masalalariga bag’ishlangan. Bunda trigonometrik funksiyalarning har bir to’rtdan bir daraja qiymatlari algebraik usul yordamida aniqlangan bo’lib, fors-tojik tilida yozilgan.
6. «Taftazoniy astronomik asariga sharhlar», XIV asrda Taftazoniy «Ilmlar
kaliti» nomi bilan astronomiyaga bag’ishlangan arabcha yozuv yozdi. Bu kitobda
unga sharhlar yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |