Koshelek s dengami



Download 19 Kb.
Sana12.03.2020
Hajmi19 Kb.
#42279
Bog'liq
pul siyosati

2018 yil 24 noyabrda Oʻzbekiston Markaziy banki Boshqaruvining ochiq yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Monetar siyosatning 2019 yil va 2020-2021 yillar davriga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari koʻrib chiqildi va tasdiqlandi.

Koshelek s dengami

SPUTNIK

Ish haqi oʻzgarishi va yangi ish oʻrinlarini yaratish - Markaziy bank



Oʻrta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyatsiya darajasini pasaytirish va inflyatsion targetlash rejimiga oʻtish uchun asos yaratish, shu jumladan pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish kabi vazifalar belgilab olindi.

Pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlari dasturiy hujjat hisoblanib, u joriy makroiqtisodiy holat va tashqi iqtisodiy vaziyat tahlili, shuningdek tashqi va ichki sharoitlarning rivojlanish prognozlari asosida ishlab chiqilgan.

Mazkur hujjat oʻz ichiga, oʻrta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining maqsad va tamoyillari, pul-kredit sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlili va kutilayotgan natijalar, makroiqtisodiy rivojlanish stsenariylari hamda oʻrta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish choralarini qamrab olgan.

Avvalgi yillardan farqli ravishda joriy yilda asosiy yoʻnalishlar kelgusi 3 yillik davr uchun ishlab chiqilib, unda iqtisodiyotning rivojlanishi stsenariylar asosida koʻrib chiqildi. Asosiy stsenariyga koʻra kelgusi yillarda iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalarining davom etishi va tashqi sharoitlarning sezilarli darajada oʻzgarmasligi hamda soliq sohasida va tarkibiy islohotlar borasida bosqichma-bosqich kutilgan natijalarga erishilib borilishi nazarda tutilgan. Muqobil (xatarli) stsenariyda esa, tashqi iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi va amalga oshiriladigan tarkibiy islohotlarning sekinlashuvi taxmin qilingan.

Iqtisodiyot rivojlanishining asosiy stsenariysiga asosan YAIM oʻsish surʼati 2018 yil yakuniga koʻra 5,2 foiz, 2019 yilda esa 5,4 foiz boʻlishi prognoz qilinmoqda. Oʻtgan va joriy yillarda investitsion faollikning oshishi hamda iqtisodiyotning real sektorida olib borilayotgan islohotlar natijasida keyingi yillarda iqtisodiyotning oʻsish surʼatlarini yanada tezlashishi kutilmoqda.

Tsentralnыy bank Respubliki Uzbekistan

BAXODЫR MAMADJANOV

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi 16 %gacha oshdi

Asosiy stsenariydagi koʻra yillik inflyatsiya darajasining prognoz koʻrsatkichlari 2018 yilda 16-17 foizni, 2019 yilda 13,5-15,5 foizni va 2020 yilda 10-12 foizni tashkil etadi. 2021 yildan boshlab yillik inflyatsiya darajasi bir xonali koʻrsatkichgacha pasayishi kutilmoqda.

Oʻrta muddatli istiqbolda inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi boʻlishi kutilmoqda. Bunda, davlat korxonalarini isloh qilinishi (xususiylashtirishi) doirasida iqtisodiyotga kapital qoʻyilmalar hajmining oʻsishi keyingi yillarda investitsion faollikni ragʻbatlantiruvchi asosiy omil boʻladi.

Asosiy stsenariyda soliq islohotlarining samarali amalga oshirilishi, “byudjet qoidasi”ning amaliyotga joriy etilishi, fiskal va monetar siyosatlarning muvofiqligini takomillashtirilishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmining oʻsish surʼatlarining maqbullashtirilishi (2019 yilda 25 foiz) koʻzda tutilgan.

Muqobil stsenariyda esa, tashqi va ichki sharoitlarning yomonlashuvi hamda tarkibiy islohotlarning kutilgan natija bermasligi hisobiga 2019 yilda inflyatsiya darajasining 17-18 foizgacha oʻsishi kutilmoqda.



Ikkala stsenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qatʼiylashtirib borishni koʻzda tutmoqda. Bunda, muqobil stsenariyda yanada qatʼiyroq choralardan foydalaniladi.
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish