1.2. Vagon oqimlari jadvalini hisoblash va bo‘sh vagon oqimlari sxemasini tuzish MTU va stansiyalar o‘rtasidagi vagon oqimlarini tashkil etish va ishlarni bajarishda qulaylik yaratish uchun rejali vagon oqimlari jadval ko‘rinishiga keltiriladi (1.1-jadval). U quyidagi 4 qismdan tashkil topgan:
Mahalliy aloqa – 2-MTU stansiyalaridan, 2-MTU stansiyalari manziliga yuk yuklash;
Boshqa MTUlarga jo‘natish – 2-MTU stansiyalaridan, ya’ni 2-MTU chegarasidan tashqariga boshqa MTU stansiyalari manziliga yuk yuklash;
Boshqa MTUlardan qabul qilish – boshqa MTU stansiyalaridan 2-MTU stansiyalari manziliga vagonlarni qabul qilish;
Tranzit – 2-MTUdan tashqari, boshqa MTUlardan, boshqa barcha MTUlar manziliga vagonlarni qabul qilish, jumladan bu vagonlar 2-MTUdan tranzit sifatida o‘tib ketadi.
2 - MTU dagi tashish ishlari hajmi 1.1- jadvalda keltirilgan.
Vagon oqimlari jadvalini hisoblash, jadvalni ustunlar va qatorlar bo‘yicha hisoblab, ularning umumiy hisobini chiqarishdan iborat. Har bir qator yig‘indisi jo‘natilgan vagonlar sonini (ortish), ustunlar yig‘indisi esa, tushirishga kelgan vagonlar sonini bildiradi. Stansiyalarda tushirilgan vagonlar sonini yuklangan vagonlar soniga taqqoslash orqali har bir stansiya uchun ortiqcha yoki yetishmayotgan bo‘sh vagonlar soni aniqlanadi. Agar yuk tushirilgan vagonlar soni yuk yuklash uchun talab etilayotgan vagonlar sonidan ko‘p bo‘lsa, stansiya uchun ortiqcha bo‘sh vagonlar soni kelib chiqadi. Agar yuk tushirilgan vagonlar soni yuk yuklash uchun talab etilayotgan vagonlar sonidan kam bo‘lsa stansiya uchun yetishmayotgan bo‘sh vagonlar soni kelib chiqadi. Barcha stansiyalardagi ortiqcha bo‘sh vagonlar yuk yuklash uchun vagonlar yetishmayotgan stansiyalarga jo’natiladi.
Stansiyalardagi bo‘sh vagonlar masofani inobatga olgan holda tarqatiladi. Yuk ortish uchun vagonlar yetishmayotgan stansiyalarga bo‘sh vagonlarni tarqatish 1.1-jadvalning “Bo‘sh vagonlar balansi” ustunlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda “+” belgisi bilan mazkur stansiyadagi ortiqcha vagonlar soni, “-“ belgisi bilan mazkur stansiyaga yetishmaydigan vagonlar soni ifodalanadi.
Misol: “G” stansiyasida 71 ta bo‘sh (ortiqcha) vagon mavjud, ularni yuk ortish uchun bo‘sh vagonlar yetishmayotgan stansiyalarga tarqatish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
“G” dan “D” ga 69 ta;
“G” dan “a” ga 2 ta.
“v” stansiyasidagi 5 ta bo‘sh (ortiqcha) vagonlarni tarqatish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi (yo‘nalish bo‘yicha eng yaqin stansiyaning bo‘sh vagonlarga bo‘lgan ehtiyoji birinchi qondiriladi):
“v” dan “b” ga 4 ta;
“v” dan “a” ga 1 ta.
“B” stansiyasidagi 23 ta bo‘sh (ortiqcha) vagonlarni tarqatish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
“B” dan “A” ga 12 ta;
“B” dan “a” ga 11 ta.
Qolgan barcha stansiyalardagi bo‘sh vagonlar “a” stansiyasiga olib kelinadi. Bunda bir xil turdagi bo‘sh vagonlarni qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha tarqatish taqiqlanadi.
Bo‘sh vagonlarni tarqatish sxemasi 1.2-rasmda keltirilgan. Ushbu sxema orqali topilgan ma’lumotlar vagon oqimlari jadvalida (1.1- jadval) ko‘rsatiladi.