1.4.2. Poyezdlar harakati grafigida terma poyezdlarni joylashtirish sxemasini tanlash
Mahalliy vagonlarni uchastkadagi oraliq stansiyalarida turib qolishi, terma poyezdning poyezdlar harakati grafigida to‘g‘ri joylashtirilganligiga bog‘liq.
Poyezdlar harakati grafigiga terma poyezdlarni joylashtirishda ikkita asosiy sxema mavjud. Ushbu sxemalarni bir-biriga solishtirish yo‘li orqali eng kam vaqt sarflangan sxema tanlanadi (1.7-rasm).
I sxemada uchastkaga birinchi bo‘lib toq raqamli poyezd, keyin esa juft raqamli poyezd jo‘natiladi.
II sxemada uchastkaga birinchi bo‘lib juft raqamli poyezd, keyin esa toq raqamli poyezd jo‘natiladi.
1.7 - rasm. Terma poyezdlarni joylashtirish sxemalari
Poyezdlar harakati grafigida terma poyezdlarni samarali joylashtirishning eng qulay sxemalarini aniqlashda ikki xil usul mavjud bo‘lib, bular analitik va grafik usullaridir. Kurs loyihasida eng qulay sxemani tanlashda analitik usuldan foydalaniladi.
Analitik usulda quyidagi shart bo‘yicha grafikga terma poyezdlarni joylashtirishning eng qulay varianti tanlanadi
bu yerda uchastkaga jo‘natilayotgan vagonlar soni, mos ravishda toq va juft terma poyezdlar bilan;
uchastkadan kelayotgan vagonlar soni, mos ravishda toq va juft terma poyezdlar bilan;
Agar yuqoridagi shart bajarilsa, poyezdlar harakati grafikiga terma poyezdlar I sxema bo‘yicha aksincha bo‘lsa, II sxema bo‘yicha joylashtiriladi.
B-V uchastkasi
Shart bajarilmadi, demak 2-chi sxema bo‘yicha terma poyezdlar joylashtiriladi.
V-G uchastkasi
Shart bajarildi, demak 1-chi sxema bo‘yicha terma poyezdlar joylashtiriladi.
1.5. Yuk poyezdlarini tuzish rejasini hisoblash
Yuk poyezdlarini tuzish rejasi deganda, yuklangan va jo‘natishga tayyorlangan vagonlarni o‘z vaqtida poyezdlarga biriktirilishi va tezroq manziliga yetkazilishi tushiniladi.
Yuk poyezdlarini tuzish rejasini ishlab chiqishda quyidagi asosiy talablarga rioya etish kerak:
yuklarni yetkazishni va vagonlar aylanmasini sezilarli darajada tezlashtirish;
texnik stansiyalararo saralash ishlarini to‘g‘ri taqsimlash;
vagonlarni o‘z vaqtida poyezdlarga biriktirish;
qayta ishlanishlar sonini kamaytirish;
yig‘ilish va qayta ishlanishlar jarayonida turish vaqtini qisqartirish;
saralash va manyovr vositalaridan foydalanishni jadallashtirish.
Yuk poyezdlarini tuzish rejasi poyezdlar harakati grafigining amal qilish davriga ishlab chiqiladi.
Yuk poyezdlarini tuzish rejasida har bir poyezd tuzuvchi stansiya uchun jo‘natiluvchi poyezdlarning turlari, qabul qiluvchi stansiyalar manzili va tarkibdagi vagonlarning manzillari, bo‘sh vagonli poyezdlar uchun harakatdagi tarkibning turi ko‘rsatiladi.
Yuk poyezdlarini tuzish rejasi quyidagi asosiy ikki qismdan tashkil topgan:
yuklash joylarida jo‘natuvchi va pog‘onasimon marshrutlarni tashkil etish;
uchastka va saralash stansiyalarining poyezdlar tuzish rejasini ishlab chiqish.
Yuk poyezdlarini tuzish rejasi, poyezdlar harakati grafigini tuzish uchun asosiy ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Poyezdlar tuzish rejasidan poyezdlarni jo‘natish stansiyalarini, ular manzillarini, poyezdlar sonini va ularning tasniflanishi va boshqalarni aniqlash mumkin.
Poyezdlar tuzish rejasining sifati quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi:
a) umumiy tejalgan yoki sarflangan vagon-soatlar;
b) jo‘natish marshrutlari bilan qamrab olingan tashishlar foizi;
v) vagonlarni qayta ishlovga tushmasdan bosib o‘tgan o‘rtacha masofasi;
g) vagonlarning yig‘ilish jarayonida o‘rtacha turish vaqti.
Kurs loyihasida yuk poyezdlarini tuzish rejasini hisoblash quyidagi ketma -ketlikda bajariladi:
vagon oqimlari yiriklashtirilgan jadvalini tuzish;
jo‘natuvchi marshrutlar tuzish rejasini hisoblash;
bir guruhli poyezdlar tuzish rejasini hisoblash;
poyezdlar tuzish rejasining qulay variantini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |