Mehnat resurslarining aksariyat qismini mehnat Qilishga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Shuning uchun ham mehnat resurslarining dinamikasiga xos xususiyatlar ko’proq darajada mehnatga layoqatli yoshdagi aholi bilan bog’liqdir. Butun aholining va uning mehnatkash qismidagi dinamikaning xilma-xil yo’nalishda yaqqol ifodalangan o’zgarishi voqyealarning normal borishdan chetga chiqish deb qaraladi. Ana shu sababli normal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun noqulay shart-sharoit yaratadi. Mehnat resurslarini shakllantirish omillarining eng asosiylaridan biri – mintaqalardagi ishlab chiqarish va iqtisodiy konyunktura tuzilmasining xususiyatlari (mehnat unumdorligining o’sishi)ni ko’rsatib o’tish mumkin

3, Korxonalarda mexnat resurslari tarkibi va kadrlar salohiyati

“Hamma narsani kadrlar hal qiladi” qoidasi iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi kunlarda ham o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Prezident I.Karimov aytganidek: “Bugungi kunda biz oldimizga qanday vazifalarni qo’ymaylik, bizning oldimizda qanday muammolar mavjud bo’lmasin, ularning barchasi pirovardida kadrlar va faqat kadrlarga borib taqaladi.” Zamonaviy korxonalar faoliyatida mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan tashqari kadrlar ham katta ahamiyatiga ega. Aynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradilar hamda ishlab chiqarish vositalarini foydalanishga kiritadilar. Kadrlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo’lsa, korxonalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko’rsatkichlari shunchalik yaxshi bo’ladi