Korxonaning asosiy vositalar tarkibi va ularning tasnifi



Download 28,02 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi28,02 Kb.
#270581
Bog'liq
1.2 docx


1.2 Korxonaning asosiy vositalar tarkibi va ularning tasnifi.

Asosiy vositalar – ishlab chiqarishning moddiy sharoitlarini ta’minlaydigan vositalar (mehnat qurollari, bino, inshoot, qurilma va boshqalar). Buxgalteriya hisobi va rejalashtirishda asosiy vositalar tarkibiga xizmat muddati bir yildan ortiq va qiymati eng kam ish haqining 15 barobaridan arzon bo‘lmagan vositalar kiritiladi (2000). Asosiy vositalar buxgalteriya hisobida xo‘jalikka qabul qilingan boshlang‘ich bahoda aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlang‘ich bahosiga ularni sotib olish (bino va inshootlarni qurish) uchun qilingan haqiqiy harajat kiriti-ladi. Asosiy vositalar to‘liq xizmat muddati davomida boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Asosiy vositalarni qayta baholash faqat hukumat qarori bilan amalga oshiriladi.

Asosiy vositalarga quyidagilar kiradi:

  • qiymatidan qat’iy nazar bir yildan kam ishlatiladigan mehnat qurollari;

  • qiymatidan qat’iy nazar maxsus instrumentlar va maxsus moslamalar;

  • qiymatidan va foydalanish muddatidan qat’iy nazar maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyim va yotoq buyumlari.

Temir yo’l kompaniyalarining ishlab chiqarish asosiy vositalariga: temir yo’l inshootlari, yuk va yo’lovchi vagonlar, lokomotivlar, mashinalar, stanoklar, energotizimlar hamda ishlab chiqarish jarayoni uchun mo’ljallangan binolar, omborlar, rezervuarlar, transport vositalari kiradi. Noishlab chiqarish asosiy vositalariga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan vositalar kiradi. “O’TY” temir yo’l kompaniyasining ishlab chiqarish asosiy vositalari ularning umumiy qiymatining 90%ini tashkil etadi, asosiy vositalarning taxminan 10%i noishlab chiqarish asosiy vositalariga to’g’ri keladi.

Xo’jalik faoliyati jarayonida asosiy vositalardan foydalanish darajasiga qarab quyidagi gruppalarga bo’lish mumkin: ishlab chiqarish jarayonida ishlatilayotgan, zaxirada, konservatsiyada, ijarada turgan asosiy vositalar.

5-son BHMSga asosan asosiy vositalarni baholashning to’rttta turi mavjud: boshlang’ich, joriy, qoldiq va tugatish.

Boshlang’ich qiymat - asosiy vositalarni barpo etish (qurish va qurilishni oxiriga yetkazish) yoki sotib olish bo’yicha amalda qilingan arajatlar qiymatidir, bu qiymatga to’langan va o’rni qoplanmaydigan soliqlar (yig’imlar), shuningdek uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish xarajatlari va aktivdan ko’zda tutilgan maqsadda foydalanish uchun uni ishga yaroqlilik holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar ham kiradi.



Asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish-texnik asosini tashkil etadi, uning ishlab chiqarish salohiyatini va imkoniyatlarini ko’rsatadi, mahsulotning raqobatbardoshligiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Asosiy vositalarni samarali ishlatishning ahamiyati juda ham kattadir. Temir yo’l kompaniyasining, shu jumladan mablag’larni boshqarish, korxonalar va tuzilmaviy bo’linmalarning xo’jalik faoliyatini qanday boshqarishni tashkil etish vazifasi bo’lib qolmoqda. Ulardan maqsad:

  • birinchidan, tarmoqning asosiy vositalarini samarali ishlatish;

  • ikkinchidan, asosiy vositalarni qayta tiklashni ta’minlash uchun temir yo’l kompaniyasi yetarli miqdorlarda moliyaviy resurslarga ega bo’lish.

Asosiy vositalarni modernizatsiyalashni, ularni kapital ta’mirlashni, yangi harakatdagi tarkibni xarid qilishni, eskirganlarini almashtirishni, ularni samarali ishlatishni moliyaviy ta’minlash uchun temir yo’l kompaniyasiga kerakli moliyaviy resurslarni shakllantirishni tashkil etishda moddiy-texnika bazasini va mehnat jamoasining moddiy va madaniy hayot darajasini oshirishni ta’minlashda g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun, asosiy vositalarni qayta tiklashni moliyaviy ta’minlash uchun mo’ljallangan moliyaviy resurslarni shakllantirishga AJning ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyatini boshqarishning barcha pog’onalarida alohida ahamiyat berilmoqda.
Download 28,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish