Mamlakatimizda tadbirkorlik boshlash va yuritish uchun qulayliklarni yaratish bilan bilan qatorda uni tugatish jarayonlarini soddalashtirishga ham katta eʼtibor qaratadi.
Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qator tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Jumladan, Hukumat tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
2020-yil 1-yanvargacha respublikamizda biznesni ixtiyoriy tugatish eski tartib boʻyicha amalga oshirilar edi. Buning uchun bir qator byurokratik toʻsiqlar mavjud boʻlib 8 ta turli “qogʻozlar”ni yigʻish kerak boʻlardi.
Masalan:
- bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi toʻgʻrisidagi eʼlonni;
- davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani;
- korxonaning barcha hisob raqamlari yopilganligi toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi banklarning maʼlumotnomalarini;
- agar mavjud boʻlsa, korxonaning muhr va shtamplari;
- vakolatli organning, agar mavjud boʻlsa, chiqarilgan qimmatli qogʻozlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini;
- davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosasini;
- tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati Byuro organlari ish yurituvida mavjud emasligi haqidagi Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi;
- korxona hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Yangi tartib boʻyicha esa tugatuvchi tijorat tashkilotini davlat reyestridan chiqarish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagilarni taqdim etadi:
- tijorat tashkilotining barcha hisobvaraqlari yopilganligi toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi banklarning maʼlumotnomalari;
- tijorat tashkilotining muhr va shtamplari (agar mavjud boʻlsa);
- vakolatli organ tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa);
- tijorat tashkiloti hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan tijorat tashkilotlari bundan mustasno).
Bu bilan firmani tugatish uchun taqdim etadigan hujjatlari soni roppa-rosa yarmiga, yaʼni 4 taga qisqartirildi.
Hujjatlar qisqartirish nimalar hisobiga amal oshirildi?
Davlat xizmatlari agentligi mutasaddi idoralar oʻzaro maʼlumot almashish boʻyicha tegishli ishlarni amalga oshirib, mazkur tashkilotlar Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga integratsiya qilindi.
Natijada, korxonani tugatish uchun kerakli maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlaridan emas, balki yuqoridagi davlat idoralari tomonidan tizimga kiritilgan maʼlumotlar asosida olinishi joriy etildi.
Bu bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatish va tugatish sohasida hujjatlar qogʻoz shaklda emas balki elektron shaklda amalga oshiriladi.