1-jadval Altman modeli uchun baholash shkalasi6
"Z" ko’rsatkichining qiymati
|
Bankrotlik xavfi
|
1,80 ga qadar
|
O’ta yuqori
|
1,81 – 2,70
|
Yuqori
|
2,71 – 2,99
|
Mumkin
|
3,00 va undan yuqori
|
Juda past
|
Xo’jalik faoliyatining tugatilishini tadqiq etish ustun darajada bu holatni keltirib chiqaruvchi sub’ektiv omillarga e’tibor qaratilishini taqozo etadi. Sub’ektiv omillar, ob’ektiv omillardan farqli o’laroq, turli alohida holat, shartsharoit va hatti-harakatlarning natijasi sifatida vujudga kelib, ma’lum choratadbirlarni qo’llash orqali ularning oldini olish yoki ta’sir darajasini boshqarish mumkin bo’ladi.
O’z navbatida, korxonalar faoliyatlarining tugatilishiga olib keluvchi sub’ektiv omillarni yanada chuqurroq o’rganish uchun, ularning kelib chiqish tavsifiga ko’ra turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunga ko’ra, bizning fikrimizcha, mamlakatimiz va boshqa xorijiy mamlakatlar tajribasida uchrab turuvchi ko’plab sub’ektiv omillarni shartli ravishda quyidagi 4 guruhga ajratish mumkin bo’ladi:
1-guruh - shaxsiy-ruhiy omillar;
2-guruh - tashkiliy omillar;
3-guruh - me’yoriy-huquqiy omillar; 4-guruh - iqtisodiy omillar.
Shaxsiy-ruhiy omillar guruhi o’z ichiga tadbirkorning bilimi, malaka va tajribasi, ruhiy va ma’naviy qiyofasi, ishni tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari borasida yuzaga keluvchi faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.
Tashkiliy omillar guruhi o’z ichiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy tuzilmasida o’z faoliyatini davom ettirishida vujudga keluvchi to’siqlarni bartaraf etish, uni o’zgartirish yoki yanada takomillashtirish maqsadida faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.
Me’yoriy-huquqiy omillar guruhi o’z ichiga korxona faoliyatini davom ettirishda ro’y beruvchi amaldagi qonunchilik, me’yoriy qoidalarning buzilishining oldini olish va mavjud tartibbuzarlik holatlarini bartaraf etish maqsadida faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi. Muassislarning korxonadagi ishning borishidan qoniqmasligi. Korxonani tashkil etishning keng tarqalgan shakllaridan biri sherikchilik hisoblanadi. O’z navbatida, tadbirkorlikning mazkur tashkiliy shakli korxonalarning muddatidan ilgari tugatilishiga sabab bo’ladi. Ya’ni, korxona tugatilishining yana bir sababi – bu bir necha yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelgan korxonaning ta’sischilari o’rtasida daromadning taqsimlanishidir. Tugatishning bu ko’rinishi ham qonuniyat doirasida bo’lib, statistik ma’lumotlariga ko’ra, bunday jarayon butun dunyoda yuz beradi.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, ba’zi hollarda bunday maqsad sifatida amaldagi qonunchilikka, halol biznes yuritishga mos tushmaydigan hattiharakatlar ham ilgari surilishi mumkin. Jumladan, iqtisodiy manbalarda yoritilishicha, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining miqdoriy ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatuvchi sabablardan biri bo’lib o’z faoliyatini ixtiyoriy to’xtatish hisoblanadi. Faoliyatni bunday tarzda to’xtatish rejali tugatish deb ataladi, ya’ni yaxshi faoliyat ko’rsatuvchi korxona soliq imtiyozlari qo’llaniluvchi davr, aytaylik dastlabki 2 yilda amal qiladi. Bunday imtiyozlar tugashi bilan tadbirkor yangi ishini boshlaydi, so’ngra yana «rejali tugatish» boshlanadi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, tadbirkorlikdagi bunday holat odatiy jarayon hisoblanadi7.
Diversifikatsiyalashgan kompaniya ishining mazkur yo’nalishini to’xtatish istagi. Bozor sharoitida barqaror holatga ega bo’lish, bozor kon’yunkturasining qaltis oqibatlariga dosh berish, keskin raqobatda g’olib chiqish istagi korxonalarni diversifikatsiya siyosatini qo’llashga, ya’ni o’z faoliyatini kelgusida samara keltirishi mumkin bo’lgan faoliyat yo’nalishlarini o’zlashtirish hisobiga kengaytirishga undaydi. Natijada ko’plab yirik kompaniyalar bir necha soha va yo’nalishlarda faoliyat olib boradilar. Biroq, bu siyosatning o’ziga xos salbiy tomoni ham mavjud bo’lib, kompaniya moliyaviy resurslarining turli tarmoqlarga «parchalanib» ketishi, har bir yo’nalish ustidan etarli darajada bir xil nazorat o’rnatish hamda hukmron mavqeni ushlab turish mumkin emasligi kabi holatlarni keltirib chiqaradi
Do'stlaringiz bilan baham: |