Korxona va tarmoqda ixtisoslashuvning qanday turlarini bilasiz?
Korxonalarni tasis etish va ro’ixatga olish tartibi
Korxona, odatda, mulk egasi yoki uning vakili bo’lgan tashkilot, korxona, muassasa qarori
bilan, yo bo’lmasa, jamoa qarori bilan tasis etiladi. Korxona mulki egasi rozi bo’lgan holda va
korxona tomonidan avval olingan majburiyatlarini bajargan holda, tashkilotlarning bir yoki bir
necha bo’linmasi shu bo’linma jamoasi qarori bilan ajralib chiqishi mumkin. Korxonani tasis etish
va uning faoliyat yuritishi uchun er maydoni ajratish, zarur bo’lgan holda tabiiy resurslardan
foydalanish uchun ruxsat tuman yoki shahar hokimligi tomonidan beriladi. Korxona davlat
ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab tasis etilgan va yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan xisoblanadi.
Davlat ro’yxatidan o’tish tuman, shahar hokimiyatlarida amalga oshiriladi. Korxona davlat
ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida o’n kun muddat ichida moliya vazirligiga yagona davlat
ro’yxatiga kiritish maqsadida axborot beriladi.
Korxona davlat ro’yxatidan o’tishi uchun hokimiyatga uni tasis etish to’g’risida qaror,
korxona nizomi va boshqa hujjatlar taqdim etiladi. Agar korxona uch kun muddatda ro’yxatdan
o’tkazilmasa, yoki ro’yxatdan o’tish rad qilingan taqdirda, tasischi rad etish asoslanmagan deb
hisoblagan holda u sudga murojaat etishi mumkin. Korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun
qonunda ko’rsatilgan miqdorda badal olinadi. To’plangan mablag’lar korxona ro’yxatdan o’tgan
shahar, tuman byudjetiga o’tkaziladi.
Yangi tasis etilgan korxona yuridik shaxs hisoblanadi, o’z shohobchasini ochish, shuningdek
joriy hisob raqamiga ega bo’lgan boshqa tashkiliy birliklar tasis etish huquqiga ega bo’ladi.
Bunday bo’linmalar va korxonalarni joylashtirish masalasi mahalliy hokimiyatlar bilan
belgilangan tartibda hal etiladi. Korxona o’z tasischisi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida
Faoliyat yuritadi. Korxona nizomida korxona nomi, manzili, Faoliyat maqsadi, boshqaruv va
nazorat tashkilotlari, ularning vakolatlari, korxona mulki shakllanishi va foyda (daromad)ni
taqsimlash tartibi, korxonani qayta tashkil etish yoki faoliyatini to’xtatish shartlari ko’rsatiladi.
Nizomda shuningdek, korxona faoliyati bilan bog’liq, qonunga zid bo’lmagan boshqa qoidalar ham
ko’rsatilishi mumkin.
Ixtisoslashuvning qanday iqtisodiy ko‘rsatkichlari mavjud?
Iqtisodiy ko'rsatkich shunchaki har qanday iqtisodiy statistik ko'rsatkichlar, masalan, ishsizlik darajasi, YaIM yoki inflyatsiya darajasi, bu iqtisodiyotning qay darajada rivojlanayotganligini va kelajakda iqtisodiyotning qanchalik yaxshilanishini ko'rsatadi. "Bozorlar narxlarni belgilash uchun ma'lumotlardan qanday foydalanadi" maqolasida ko'rsatilgandek, sarmoyadorlar qaror qabul qilish uchun barcha ma'lumotlardan foydalanadilar. Agar iqtisodiy ko'rsatkichlar to'plami iqtisodiyot kelajakda kutilganidan yaxshiroq yoki yomonroq bo'lishini taxmin qilsa, ular investitsiya strategiyasini o'zgartirishga qaror qilishlari mumkin.
Iqtisodiy ko'rsatkichlarni tushunish uchun biz iqtisodiy ko'rsatkichlarning farqlanishini tushunishimiz kerak. Har bir iqtisodiy ko'rsatkich uchta asosiy xususiyatga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |