X U L O S A
“Ma’naviyat – insonni ruhan poklash, qalban ulug‘lashga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘atadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”1
Bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, ma’naviyatli insongina o‘z oldiga qo‘ygan majburiyatlarini hech – qanday ko‘ngilsiz to‘siqlarga duch kelmagan holda amalga oshiradi.2
Huquqiy sohada amalga oshirilgan islohatlarning muhim jihati bozor iqtisodiyotini tartibga soladigan qonunchilik bazasini Yuzaga keltirish va uni izchil takomillashtirib borishda namoyon bo‘ladi.
Qabul qiningan yangi qonunlar asosida iqtisodiyotimizda vujudga kelgan yangi munosabatlar tartibga solina boshladi. Buning izchil mehanizmi yaratildi. Mana shu mexanizmda Yuridik javobgarlik instituti alohida o‘rinni egallaydi3. Bu mulkiy ya’ni fuqarolik - huquqiy javobgarliklarni vositasi bozor iqtisodiyoti sub’ektlari o‘rtasidagi munosabatlarni teng ta’minlanishida ishtirok etadi.
“Biz mulk va mulkdorlar masalasini echishda umume’tirof etilg an tamoyillar bilan birga o‘zimizga xos milliy hususiyat va hayot tarzini inobatga olganmiz. Ayni shunday yondoshuv va olib borayotgan siyosatimizda ijtimoiy – siyosiy barqarorlikni saqlashda, iqtisodiyotimizni ishonchli poydevori va tez sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlashda mustahkam omil bo‘lib kelmoqda”4.
Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash mamlakatni modernizatsiya va isloh etish sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishda mulkdor bo‘lish huquqining konstitututsiyaviy kafolatlari yaratilganligi asosiy huquqiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Konstitutsiya mulkdorlarining ishonchli huquqiy kafolati, davlatning Yuridik tayanchi, milliy huquqiy tizim o‘zagi, halq hohish-irodasining ramziy timsolidir. Konstitutsiya mustaqillikni mustahkamlash va ijtimoiy hayotimizni isloh qilish barobarida buYuk davlat kelajagini belgilaydigan, yorug‘ va charog‘on qiladigan baxt va iqbolimiz asosidir.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “Davlatning kelajagi, xalqimizning taqdiri ko‘p jihatdan Konstitutsiyamiz qanday bo‘lishiga bog‘liq”. Sub’ektlarning mulkiy vakolatlarini amalga oshirishda ularning huquq va majburiyatlarining himoyasini ta’minlashda Konstitutsiyaviy kafolatlar muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullaridan biri garovdir. Mol - mulkni himoyasi sifatida qo‘llaniladigan usuldir.
Temur tuzuklaridagi o‘zgalar mulkiga zarar etkazmaslik haqidagi qoidalar bizning mulkchilik qonunchiligimizda ham o‘z ifodasini topgan. “Xususan turli millatlar aholisiga munosabat, ularning aholidan habardor bo‘lishi asnosida ularning mol-mulkini, buYumlarini talon- tarojdan saqlansinlar. O‘sha mamlakatdan tushgan o‘lja mollarini egalariga qaytarib berilishini tekshirsinlar
Do'stlaringiz bilan baham: |