Muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida tuziladi. Xatlarning bu turi qoidaga ko‘ra bajarilgan ish uchun haq to‘lashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki alohida shaxslarga jo‘natiladi.
Hurmatli Hasan Abdullayevich!
«Algoritm» zavodi Sizga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratishga va o‘zaro shartnoma asosida haq to‘lashga kafolat beradi.
Zavod direktori (imzo) O.N. Vahobov
Bosh hisobchi (imzo) R.S. Karimov
Do'stlaringiz bilan baham: |