Narx – tovar qiymatining puldagi ifodasi ekanligini qayd qiladi.
Narx – bu tovar va xizmatlarning foydaliligini, ya’ni kishilarga naf keltirishini baholash vositasi bo‘lib, tovar birligi uchun to‘lanadigan pul miqdori bilan o‘lchanadi.
Narx tovar uchun olinadigan pul birligi miqdori sifatida aniqlanadi. Bunda ikki xil narxni ajratib ko‘rsatishadi.
a) talab narxi bu – narx har bir tovar birligining xaridorlarni o‘ziga jalb qila olish qobiliyatidir (ma’lum vaqtda), istaklar ko‘paysa u pasayadi.
b) taklif narxi – bu tovar sotuvga kelib tushgan narxdir.
Narx – talab va taklifning muayyan nisbatida, tovar (xizmati)ni ishlab chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari hamda uning nafliligining pul ko‘rinishida ifodalanishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |