Statistik kuzatish quyidagi ikki shaklda tashkil qilinadi:
1.Statistik hisobot shaklida
2.Maxsus Statistik kuzatish shaklida
Statistik hisobot Statistik kuzatishning asosiy shakli bo’lib hisoblanadi.Uning malumotlari iqtisodiyotni boshqarishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi, yani xalq xo’jaligini va uning tarmoqlarini o’sish darajalarini aniqlashda va tahlil etishda hamda istiqbolli rejalar tuzishda asos bo’ladi. Ammo unda hayot uchun zarur bo’lgan ayrim malumotlar o’z aksini topmaydi. Masalan,aholining soni va tarkibi to’g’risidagi malumotlar, ishchi va xizmatchilarning,fermer va shirkat xo’jali azolarining daromadlari to’g’risidagi kabi malumotlar Statistik hisobotlarda ko’rsatilmaydi. Bunday malumotlarni olish uchun Maxsus Statistik kuzatish shakli tashkil qilinadi.
Hodisalarni qayd qilish vaqti bo’yicha statistik kuzatish 3 turga bo’linadi:
1.Joriy statistik kuzatish
2.Davriy statistik kuzatish
3.Bir yo’la kuzatish
Do'stlaringiz bilan baham: |