Moddiy resurslar deganda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan turli hil xom ashe va materiallar qiymatlarining yig’indisi tushuniladi..
Moddiy resurslar bilan ta’minlanish darajasi qanday aniqlanadi? Mavjud bo’lgan moddiy resurslarning haqiqiy miqdorini (hajmin)me’yor bo’yicha talab qilinadigan miqdoriga (hajmiga) bo’lish orqali aniqlanadi. Ushbu ko’rsatkich xo’jalik bo’yicha ham, ularning har bir turi bo’yicha ham aniqlanadi.
Hisobot yilidagi ta’minlanish darajasini me’yordagi darajasiga yoki bazis yilidagi darajasiga solishtirib, o’zgarish aniqlanadi. So’ngra ushbu o’zgarishga omillar tasiri hisoblanib, baho beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |