Maksimal narx o’rnatilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini maksimal narxda qoplay olmagani uchun) bozordan siqib chiqariladi va ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi Qe dan Q1 gacha kamayadi. Tovarni sotib olishni davom ettirayotgan iste’molchilar tovarni past narxda sotib oladilar va ularning iste’mol ortiqchaligi oshadi. Ushbu oshgan ortiqchalik grafikda qo’shshtrixlangan A to’rtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste’molchilar tovar hajmi qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning iste’mol ortiqchaligining qisqarganligi shtrixlangan V uchburchak yuziga teng. Demak, iste’molchi ortiqchaligining sof o’zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |