Personalga rahbarlik - personalni bevosita rahbarlar - bo’lim rahbarlari tomonidan boshqarish.
Personalni nazorat qilish - ishlab chiqarish nazorati tizimidan foydalangan holda rahbariyat qarorlari va ishlab chiqarish topshiriqlari ijrosi nazoratini amalga oshirish.
Personalni boshqarishning asosiy maqsadi korxona personalini shakllantirish, rivojlantirish va uning salohiyatidan eng samarali ravishda foydalanishdan iboratdir.
Personalni boshqarish konsepsiyasi korxona xodimlar salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish bilan o’zaro bog’liq bo’lib, quyidagicha tabaqalanadi:
Xodimlar salohiyatini shakllantirish - bu personal mehnat munosabatlarini personalni boshqarish xizmati tomonidan belgilangan tartib-qoidalar asosida tashkil etishdir.
Personalni markazlashtirilgan holda boshqarish alohida funktsiya hisoblanib, alohida bo’limlar tomonidan bajariladi.
Personalni markazlashtirilmagan holda boshqarish barcha bo’linmalar (bo’limlar, sexlar, xizmatlar, laboratoriyalar, sho’’balar) rahbarlari faoliyatidir.
Davlat eng avvalo, jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan bozor xo’jaligi ish yuritishi to’g’risida g’amxo’rlik qiladi.
Kredit beruvchilar jumladan, kredit ajratuvchi banklardir. Ular ajratayotgan kreditlari uchun iloji boricha ko’proq foiz olishdan manfaatdorlar.
Zarur tovarlarni etkazib beruvchilar firma bilan uzoqmuddatli va manfaatli aloqalar o’rnatishga, iloji boricha kamroq xarajat qilib, ko’proq daromad oladigan shartnomalarga erishishga harakat qiladilar.
Korxona menejerlari mustaqil guruh sifatida faqat menejerlar tashkilotida ahamiyat kasb etadilar. Ular prinsip jihatidan o’zlari manfaatlarini himoya qiladigan aksiyadorlarning manfaatlarini qondirish istagidalar. Menejerlar ishlab chiqarish manfaatlari b.ilan bir qatorda o’z manfaatlarini (mustaqillik, hokimiyat, e’tirof, kar’era) ham ko’zlaydilar.
Sarmoya egalari korxona mulkdorlari hisoblanadilar. Ular, bir tomondan, korxonaga qo’yilgan sarmoyani saklash va ko’paytirishdan, ikkinchi tomondan foyda (dividend) olishdan manfaatdorlar.
Personal (yollanma ishchilar) o’z ish joyi muqim bo’lishi, iloji boricha yuqori ish haqi olish, ijtimoiy kafolatlar, yaxshi mehnat sharoiti hamdao’z korxonasining nufuzidan manfaatdor.
Mijozlar (mehnat faoliyati natijasi, iste’molchilari) ular uchun zarur bo’lgan sifatli va arzon mahsulotlarni o’zlari uchun manfaatli shartlar bilan olishni xohlaydilar..
Jamoatchilik (masalan, ommaviy axborot vositalari, partiyalar, birlashmalar, fuqaro yig’inlari va hokazolar) guruhlararo manfaatlar himoyachilari sifatida maydonga chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |