Korxona qudratini boshqarish


Korxona qudratidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash



Download 41,16 Kb.
bet3/4
Sana23.07.2022
Hajmi41,16 Kb.
#841971
1   2   3   4
Bog'liq
KORXONA QUDRATINI BOSHQARISH

2. Korxona qudratidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash

Hozirgi vaqtda indikatorli usul xorijiy biznesda raqobatbardoshlikni baholash uchun keng qo’llaniladi. Masalan, g’arbiy biznesmenlar ishlab chiqarishning muvofiq joylashgan yerini va unga sarmoyalar kiritishni belgilash uchun hammadan avval u yoki bu mamlakat salohiyatining raqobatbardoshligini o’rganadilar. Ushbu maqsadlar uchun “Boshqaruv muammolari bo’yicha Yevropa forumi” (Jenevadagi markazi bilan) xalqaro tashkiloti har yili rivojlangan mamlakat salohiyatlari raqobatbardoshligi darajasii belgilaydi. Bunda 340 dan ortiq ko’rsatkichlar va 100 dan ortiq iqtisodchi-ekspertlar baholaridan iborat bo’lgan indikatorlar tizimidan foydalaniladi. Ushbu tahlil 10 asosiy omillar kabi guruhdashtiriladi:



  • iqtisodiyot(iqtisodiy salohiyat)ning dinamikasi;

  • sanoatning ishlab chiqarish quvvati;

  • bozorning dinamikasi;

  • kishilik kapitali;

  • davlatning obro’si;

  • xom ashyo bilan ta’minlanganlik;

  • tashqi bozorga qaratilganlik;

  • innavatsion salohiyat;

  • ijtimoiy barqarorlik.

Bu 10 omillardan har biri 20-40 yakka indikatorlardan vujudga keladi. Bu turli tumanlik menejerning ist’edodidan ishlab chiqarishga to’g’ridan to’g’ri sarmoya kiritishlargacha, ilmiy tadqiqotlarga xarajatlardan o’g’itlarga xarajatlargacha, soliqqa tortishdan davlat qarzlarigacha, mahsulotlarning sifatidan ishchi kuchining qiymatigacha, tsement ishlab chiqarishdan bo’sh vaqtni rejalashtirishgacha yoziladi. Bunda keltirilgan 10 omillardan har birini baholash uchun eng ahamiyatli indikatorlarni tanlab olish bo’yicha murakkab vazifa vujudga keladi. SHveytsariyali mutaxassislar, masalan, “kishilik kapitali”ni ta’riflash uchun quyidagi indikator- lardan foydalanishni taklif qiladilar ( 2 - jadval).
80 – yillarda AQSH, Yaponiya, GFR, Kanada va SHveytsariya hamisha yuqori raqobatbardoshlik bilan ajralib turganlar. Bunda nafaqat iqtisodiy tashkil qiluvchi, balki eng asosiysi – ularning raqobatbardoshligining tuzilishi bilan ham. CHunonchi: iqtisodiyotni jahon talabi o’zgarishlariga moslashganligi darajasi, ichki imkoniyatlarga mos keluvchi milliy ixtisos- lashishni to’g’ri tanlanishi, qat’iy va ba’zida ma’nosiz raqobatdan epchillik bilan qocha bilishlik, yangi tovarlarni ishlab chiqarishga o’ta olishlik, yangi bozorlarni o’zlashtirish va h.k. bilan. Yetakchi g’arbiy mamlakatlar va firmalarning muvaffaqiyatlarining sababi xuddi safarbarlikda, ya’ni jahon talabi evolyutsiyasiga moslasha olish va o’z salohiyatini tarkibiy qayta qurish yo’li bilan unga o’z vaqtida javob qaytarish va uni kerakli yo’nalishlarda rivojlantirishdadir.
Mutaxassislarni ta’kidlashlaricha, zamonaviy raqobat kurashida “shtik bilan” hujumga boruvchi emas, balki to’g’ri holatni tanlab, undan qochishni biluvchi kishi g’alaba qozonadi.
Matritsa usuli. Uning asosida raqobat jarayonini ularni dinamika bilan bog’liqlikda ko’rib chiquvchi g’oya yotadi. Tovarning egri chiziqli yashash davri ushbu usulning metodologik asosi bo’ladi.
70 –yillarning o’rtalarida “Boston konsalting grupp” marketing firmasi o’zining yetarlicha oddiy holatlariga asoslangan holda har xil tovarlarning raqobatbardoshligini baholashning matritsa usulini ishlab chiqqan bo’lib, hozir u har xil korxonalar va sohalarning raqobat- bardoshligini tadqiqot qilishda qo’llaniladi. Tadqiqotning asosiy quroli ikkita ko’rsatkichlar asosida qurilgan matritsadir. Vertikal bo’yicha bozor sig’imining to’g’ri chiziqli ko’lamdagi o’sishi sur’atlari ko’rsatiladi. Gorizontal bo’yicha esa – tadbirkor yoki korxonaning bozordagi logarifmli ko’lamdagi ulushi. Barcha kompaniyalar, korporatsiyalar, firmalar va biznesning boshqa birliklari bu matritsada o’zlarining parametlari va bozor sharoitlariga ko’ra joylashadilar. Bozorda eng katta ulushga ega bo’lganlar raqobatbardoshroq hisoblanadilar.
Matritsa usulidan foydalangan holda, menejer va biznesmen nafaqat o’z korxonasining, balki raqibining salohiyati raqobatbardoshligi darajasini ham baholashi va keyin esa bozordagi hulqining strategiyasini ishlab chiqishi mumkin . Matritsa usuli amarikali maslahat firmalarida keng qo’llaniladi, bizning tadbirkorlarimiz uchun ham salohiyatning raqobatbardoshligini baholash uchun ishonchli qurol bo’ladi.
Korxonaning salohiyati har xil turdagi bozorlardagi raqobat kurashida amalga oshiriladi. Uni amalga oshirilishining muvaffaqiyati ko’proq menejerlarning san’ati, ularning bilimlari, tajribasi va kasbiy maho- ratiga bog’liq. Biznesning murakkab dunyosida bunday o’zini o’zi baholash yetarli emas. Ammo muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarning sabablariga mustaqil ekspertlar, maslahatchilar va raqiblarning ko’zlari bilan qarash va solishtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan standartlardan, ya’ni etalon uchun qabul qilingan har xil korxonalar, sohalar va boshqalar salohiyatilari raqobatbardoshligining baholaridan foydalanish foydali- dir. Bu holda yutuqlarni o’zi tomonidan baholashga aniqlik, tuzatishlar kiritiladi va u endi korxonaning bozor tizimidagi haqiqiy holatiga mos keladi.
Qadimgilarni aytishlaricha, dunyoni boshlanishida so’z yotadi. Muvaffaqiyatli biznesning asosida esa nima yotadi? Biznes strategiya (uzoq muddatli maqsadlar)ni belgilashdan, ya’ni jamiyatda qabul qilingan va mustahkamlangan qonunlar, ahloqiy me’yorlar, iste’molchilarning ruhiy qarashlari, milliy an’analar va h.k. ko’rinishidagi huquqiy, iqtisodiy, sotsial, ekologik va boshqa standartlarni hisobga olish bilan kattaroq daromad olishga imkon beruvchi resurslar(xodimlar, moddiy-ashyoviy va boshqalar) ni muvofiq tanlab olishdan boshlanadi va uning asosida taktika ishlab chiqiladi. Muvaffaqiyatli biznesning strategiyasini umumiy ko’rinishda quydagicha aks ettirish mumkin:
Ebft = DNt + Dpo + Dpb + Dpf
Pht Pa yoki Pprim shartida max
bu Ebft >Ebnt, agar Ebft Ebnt, unda biznes: yo umuman, yoki korxona uchun , yoki faqat jamiyat uchun samarali bo’ladi.
Evf* va Ebi* belgilanishlar tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi biznes samaradorligining haqiqiy va me’yoriy darajasi:
Dnr va Rnt tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi korxonaning yig’ma daromadlari va resurslari;
Dpo – soliqlar va sotsial fondlarga ixtiyoriy to’lovlar to’langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan daromadlar;
Dpb – korxonaning respublika va mahalliy byudjetga topshirilgan daromadlari;
Dpf – korxonaning sotsial fondlarga ixtyoriy ajratmalar shaklida topshirilgan daromadlari;
Ra – korxona tomonidan avanslashtirilgan resurslar (korxonaning qiymatiy baholanishdagi barcha mavjud resurslari, shu jumladan rezerv qilingan ish joylari, xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, o’rnatilmagan uskunalar, sug’urta va tavakkalchilik fondlari);
Rprim – korxona tomonidan qo’llanilgan resurslar (avanslashtirilgan resurslar minus foydalanilmagan resurslar, ya’ni rezervli ish joylari, xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, o’rnatilmagan uskunalar, sug’urta va tavakkalchilik fondlari);
Ushbu formula umuman jamiyat nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli biznesni aks ettiradi. CHunki u soliqli byudjet tushumlari va sotsial fondlarni shakllantirishda faol ishtirok etish, hamda daromadlar va xarajatlarning faol balansi bilan raqobat qilishga qaratilgan. Bunday strategiyani amalga oshiruvchi korxonalar nafaqat raqobatbardosh salohiyatga egalar, balki davlatning iqtisodiy qudratini oshiradilar. G’arbda ular o’zlarini o’stirgan mamlakatlaring faxri bo’ladilar, ularning menejerlari esa – eng mashhur va nomi chiqqan kishilardir.
Jahon amaliyotida korxona faoliyatining asosiy natijalari daromadlar kategoriyasi bilan belgilanadilar. Iqtisodiyot tilida bu – sof foyda (soliqlar va sotsial fondlarga ihtiyoriy to’lovlar to’langanidan keyin korxona ixtiyorida qoladigan foyda), ishlab chiqish bilan qo’shilgan qiymat ( sotilgan tovarlar qiymati minus xarid qilingan tovarlar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (sotsial to’lovlarni o’z ichiga oluvchi ish haqi fondi va plyus – balansli foyda). Barcha daromadlar korxona ixtiyorida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar, to’lovlar, subsidiyalar, badallar, hayriyalar, hamda raqobat natijasida (narxdagi yon berishlar, holatiy yo’qotishlar va h.k.) ko’rinishida undirib olinadigan daromadlarga bo’linadilar. Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy fondlar va moddiy aylanma mablag’lar, avans qilib berilgan yoki qo’llanilgan sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi. Daromadlar va xarajatlar(sarmoyalar, mehnat, vaqt, bozor sig’imining o’zlashtirilgan ulushi)ning har xil nisbatlarini ekspert yo’li bilan aniqlangan xuddi shunday standartlar bilan solishtirishda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini baholashga imkon beradi. Bunday baho bir qator ko’rsatkichlar va standartlar (normativlar)dan foydalanish bilan beriladi, unga erisha turib, korxona raqobatbardosh bo’ladi. Standartlarni ishlab chiqish usullari g’oyatda turli tumanligi bilan ajralib turadi. CHunki rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliyoti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular orasidan ekspertli balli baholarga afzallik berilmoqda.



Download 41,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish