2.Korxona qudratidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash.
Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha belgilaniladi:
- unda mavjud bo'lgan resurslarning hajmi va sifati bilan (asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarida band bo'lganlarning soni, aylanma fondlar va moddiy zaxiralar, moliyaviy va nomoddiy resurslar - patentlar, litsenziyalar, axborotlar, texnologiyalar bilan);
xodimlar (mutaxassislar, ishchilar, yordamchi xodimlar)ning qandaydir mahsulotni yaratishga qobiliyatlari, boshqacha qilib aytganda ularning ma'lumotli, malakali, psixo fiziologik va undovchilik salohiyatlari bilan;
menejerning korxonadagi mavjud resurslardan muvofiq foydalanishga qobiliyati (menejerning tayyorgarligi, ist'edodi va kasbiy moslashganligi, korxona tashkiliy tuzilmasini yaratish va yangilashni bilishi) bilan;
innavsion qobiliyatlari bilan (ya'ni korxonani ishlab chiqarishlarni yangilash, texnologiyalarni almashtirish va h.k.ga qobiliyatlari bilan);
axborotli qobiliyatlari bilan (ya'ni axborotlarni ulardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun ishlab chiqish va "qo'shimcha ishlov berish" usuli);
moliyaviy qobiliyatlari (korxonaning raqobatbardoshligi, moliya sohasidagi ichki va tashqi qarzdorligi) va boshqalar bilan.
Yig'ilgan holda ular korxonaning yig'ma (iqtisodiy va sotsial) qobiliyatini tashkil qiladilar, u xuddi shunday, masalan boshqa korxonaning qobiliyati bilan solishtirilganda uning raqobatbardoshligi darajasini aks ettiradi.
Shunday qilib, korxo na salohiyatining raqobatbardoshligi - uning muhim parametrlari holatinini qandaydir tanlab olingan standartlar (jahon, xalq xo'jaligi, soha, boshqa korxonaniki)ga nisbatan kompleks baholashdan iborat bo'lgan salohiyatining solishtirma ta'rifidir. Xorijiy biznesda korxona salohiyati raqobat bardoshligini baholash uchun har xil usullardan foydalaniladi.
Indikatorli usul. Uning asosiga indikatorlar tizimi qo'yilgan bo'lib, uning yordamida firma, kompaniya, korporatsiya, boshqa korxona va umuman milliy iqtisodiyot salohiyati raqobatbardoshligining bahosi beriladi. Xorijiy biznesda indikator ostida u yoki bu tadqiqot qilinayotgan ob'yektni shakllantirilgan ko'rinishda bayon qilishga imkon beruvchi ta'riflarning majmuasi va ular asosida uni faoliyat yuritishining performance (natijaviyligi)ni oshirish bo'yicha tavsiyalarni tanlab olish tushuniladi. Har bir indikator, o'z navbatida, enli tadqiqot qilinayotgan ob'yektning alohida elementlapi holatini aks ettiruvchi bir qator ko'rsatkichlarga bo'linadi. Boshqacha qilib aytganda, indikatorlar tizimi - u yoki bu korxonalar, mintaqalar, mamlakatlarning ahvoli va "salomatligi"ning holatini belgilashga imkon beruvchi o'ziga xos "gradusnik", "barometr"dir. Keyin sog'lomlashish va ularning holatini yaxshilash (ya'ni raqobatbardoshligini oshirish) uchun retseptlar taklif qilinadi. Va nihoyat, muvofiq rivojlanish va mavjud salohiyatdan foydalanish yo'llari bashoratlanadi, ularni boshqarishning yangi strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi.
Hozirgi vaqtda indikatorli usul xorijiy biznesda raqobatbardoshlikni baholash uchun keng qo'llaniladi. Masalan, g'arbiy biznesmenlar ishlab chiqarishning muvofiq joylashgan yerini va unga sarmoyalar kiritishni belgilash uchun hammadan avval u yoki bu mamlakat salohiyatining raqobatbardoshligini o'rganadilar. Ushbu maqsadlar uchun "Boshqaruv muammolari bo'yicha Yevropa forumi" (Jenevadagi markazi bilan) xalqaro tashkiloti har yili rivojlangan mamlakat salohiyatlari raqobatbardoshligi darajasii belgilaydi. Bunda 340 dan ortiq ko'rsatkichlar va 100 dan ortiq iqtisodchi-ekspertlar baholaridan iborat bo'lgan indikatorlar tizimidan foydalaniladi. Ushbu tahlil 10 asosiy omillar kabi guruhdashtiriladi:
iqtisodiyot(iqtisodiy salohiyat)ning dinamikasi;
sanoatning ishlab chiqarish quvvati;
bozorning dinamikasi;
kishilik kapitali;
davlatning obro'si;
xom ashyo bilan ta'minlanganlik;
tashqi bozorga qaratilganlik;
innavatsion salohiyat;
ijtimoiy barqarorlik.
Bu 10 omillardan har biri 20-40 yakka indikatorlardan vujudga keladi. Bu turli tumanlik menejerning ist'edodidan ishlab chiqarishga to'g'ridan to'g'ri sarmoya kiritishlargacha, ilmiy tadqiqotlarga xarajatlardan o'g'itlarga xarajatlargacha, soliqqa tortishdan davlat qarzlarigacha, mahsulotlarning sifatidan ishchi kuchining qiymatigacha, sement ishlab chiqarishdan bo'sh vaqtni rejalashtirishgacha yoziladi. Bunda keltirilgan 10 omillardan har birini baholash uchun eng ahamiyatli indikatorlarni tanlab olish bo'yicha murakkab vazifa vujudga keladi. Shveysariyali mutaxassislar, masalan, "kishilik kapitali"ni ta' riflash uchun quyidagi indikatorlardan foydalanishni taklif qiladilar (2 - jadval).
80 - yillarda AQSh, Yaponiya, GFR, Kanada va Shveysariya hamisha yuqori raqobatbardoshlik bilan ajralib turganlar. Bunda nafaqat iqtisodiy tashkil qiluvchi, balki eng asosiysi - ularning raqobatbardoshligining tuzilishi bilan ham. Chunonchi: iqtisodiyotni jahon talabi o'zgarishlariga moslashganligi darajasi, ichki imkoniyatlarga mos keluvchi milliy ixtisoslashishni to'g'ri tanlanishi, qat'iy va ba'zida ma'nosiz raqobatdan epchillik bilan qocha bilishlik, yangi tovarlarni ishlab chiqarishga o'ta olishlik, yangi bozorlarni o'zlashtirish va h.k. bilan. Yetakchi g'arbiy mamlakatlar va firmalarning muvaffaqiyatlarining sababi xuddi safarbarlikda, ya'ni jahon talabi evolyutsiyasiga moslasha olish va o'z salohiyatini tarkibiy qayta qurish yo'li bilan unga o'z vaqtida javob qaytarish va uni kerakli yo'nalishlarda rivojlantirishdadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |