Valyuta mablag’lari harakatini tahlili
Bizga ma’lumki, korxonalarda “Pul oqimlari to’g’risidagi” hisobot shakli bilan birga ushbu shaklga ilova qilinib, “Valyuta mablag’lari harakati to’g’risidagi ma’lumotnoma” ham beriladi. Ushbu ma’lumotda asosan korxonaning valyuta mablag’larini harakati aks ettiriladi. Ya’ni, korxonada mavjud bo’lgan valyuta mablag’larining yil boshiga qoldig’i; jami valyuta tushumlari; shulardan, sotishdan tushgan valyuta tushumi, konvertatsiya hisobiga tushgan tushum, valyuta hisobida olingan kreditlar, va boshqa manbalar hisobiga kelib tushgan tushumlar; jami sarflangan valyuta mablag’lari; shulardan, ishlab chiqarish sarflariga qo’shiladigan xarajatlar, ishlab chiqarishni rivojlantirish xarajatlari, mol yetkazib beruvchilarga to’langan valyuta to’lovlari, valyuta hisobiga olingan kredit uchun to’lovlar va ularning foizlari hamda boshqa maqsadlar uchun to’langan valyuta mablag’lari bo’lishi mumkin va nihoyat hisobot davri oxiridagi valyuta qoldig’i aks ettiriladi.
Pul mablag’lari oqimi koeffitsiyentining birdan pastligi pul mablag’lari sarfi kelib tushishiga nisbatan ko’proq bo’lganligidan, hisobot davri oxirida pul va valyuta mablag’lari qoldig’i kamayganligidan dalolat beradi.
Mazkur koeffitsiyent korxona hisobot davri boshida muayan pul qoldiq summasiga ega bo’lganida birdan past bo’lishi mumkin.
Pul mablag’lari oqimi o’zgarishining moyilligini, ularning korxona moliyaviy ahvoliga ta’sirini aniqlash, pul mablag’lari oqimini prognozlash uchun pul mablag’lari oqimining so’nggi bir necha yil ichidagi summasi, tuzilmasi va koeffitsiyentining o’zgarishini tahlil qilish lozim bo’ladi.
Pul mablag’larining manbalari va foydalanish yo’nalishlarini baholash, ham shu asosda ular bo’yicha xulosa qilish va tavsiyalar berish maqsadida tahlil qiluvchi quyidagi savollarga javob topishi kerak:
Korxona bundan keyin ham asosiy vositalarni hisobdan chiqarishni korxonaning o’zida to’plangan pul mablag’lari hisobiga moliyalashtira oladimi?
Ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi korxonalar sotib olish qay yo’sinda moliya bilan ta’minlangan?
Tashqi manbalardan moliyaviy ta’minlanishiga bog’liqlik qay darajada?
Dividend siyosati yuritish, ya’ni aksiyalar, qimmatli qog’ozlar va qarz berishga pul joylash hisobiga daromad olish qay darajada?
Bir necha yillik pul oqimlarining tahlili ishlab chiqarishni kengaytirishga pul mablag’larini jalb qilish istiqbolini va bo’lg’usi kutilmagan noxush holatlarning oldini olish imkoniyatlarini, ya’ni rahbariyatga korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash bo’yicha uslubiyat va taktikani belgilab olish imkonini beradi.
Xulosa:
Pul mablag`lari - bu korxonaning asosiy tulov vositalaridan biri hisoblanadi. Korxonalarning pul mablag`lari asosan hisob-kitob schyotida, kassada, valyuta schyotida va maxsus schyotlarda saklanadi. Pul mablag`lari hisobi kassa kitobi, kassa kirim-chiqim orderlari, hisob-kitob schyotidan ko`chirmalar va boshqa hujjatlar yordamida yuritiladi.
Naqd va naqd pulsiz shaklidagi hisob-kitob operatsiyalari mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Karimov I.A. Uzbekiston iqtisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yulida. - T. Uzbekiston, 1995.
Kodirxonov S.B. Sanoat korxonalarida buxgalteriya hisobi T.: Ukituvchi1993yil.
Umarova M. Eshboyev U. Axmadjonov K. Buxgalteriya hisobi 1999yil
Kondrakov N.P. Buxgalterskiy uchet. M.: "INFRA M". 1998.
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |